Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹1992 yil, 4 yanvar: Islom Karimov birinchi Prezident sifatida qabul qilgan ilk qasamyodi.

Library @centerasia_library

Kanalga ulanish
@centerasiastudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️Birinchi “killer”lar guruhi – Hashshoshiylar yoki Assasinlar aslida kim bo‘lgan?

Assasinlar deganda ko‘pchilikning xayoliga birinchi navbatda mobil telefon o‘yini keladi. Ammo ular to‘qima afsona emas. Assasinlar real hayotda mavjud bo‘lgan. XII-XIII asrlarda hozirgi Iroq va Eron hududlarida maxfiy qotillar guruhi paydo bo‘ldi. Ularni musulmon o‘lkalarda Hashshoshiylar, Yevropada esa Assasinlar deb atashgan. Hatto, Yevropa qirollari, baronlarini bosh egdirgan Rim Papasi ularning nomini eshitganda oyoq qo‘li qaltirab turgan ekan. Hashshoshiylar juda maxfiy va tezkor qotillar bo‘lgan. Bugungi maqolamizda, dunyodagi eng birinchi yollanma qotillar guruhi Hashshoshiylar yoki Assasinlar haqida so‘z yuritamiz.

👉batafsil o'qish uchun link👈

Markaziy Osiyo | Library | Science
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Хитойда тарқалаётган вирус Ўзбекистонда ҳам аниқланди

Айни вақтда республикада ўткир респиратор инфекцияларга чалиниш ҳолатларининг мавсумий кўтарилиши кузатилмоқда.

Санепидқўмитага кўра, ушбу респиратор инфекцияларнинг сўнгги лаборатория таҳлиллари натижасига кўра: 36,9 фоизида грипп вируси, 30,2 фоизида риновирус, 28,6 фоизида респиратор-синситиал вирус, 1,2 фоизида метапневмовирус ва 3,1 фоизида бошқа вируслар аниқланган

Markaziy Osiyo | Library | Science
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Эгил, ўзни пана қил,
Борлигингни билдирма.
Йўталганга ўн беш йил,
Аксирганга йигирма.
Кар бўл, кўр бўл, тишла тил,
Бошга бало келтирма.
Гапирганга ўн беш йил,
Эшитганга йигирма.
Қаламингни душман бил,
Қоғоз узра жилдирма,
Роман ёзсанг - ўн беш йил,
Достон ёзсанг - йигирма...

Эркин Воҳидов,Ўзбекистон халқ шоири

Library @centerasia_library

Каналга обуна бўлинг👇
@centerasiastudy
AQShning 245 yillik tarixi davomida oq uyning 45 egasidan 13 nafariga nisbatan 20dan ortiq suiqasdlar amalga oshirilgan. Ulardan 4 nafari vafot etgan. Ana shunday suiqasdlardan biri 7-prezident Endryu Jeksonning prezidentlik davrida (1829-1837) yuz bergan.

E.Jekson mahalliy aholiga nisbatan qattiqqo'l siyosati va ommaviy ishsizlikka sabab bo'lgan ishlari bilan mashhur bo'ldi. Ishsizlardan biri prezidentdan qasos olishga qaror qiladi.

30.01.1835 kuni ishsiz rassom Richard Lourens Kapitoliyga keladi. Prezident binodan chiqqach, unga orqadan yaqinlashadi (o'sha vaqtda prezidentlar deyarli qo'riqlanmasdi) va chaqmoqto'pli pistolet bilan otib tashlamoqchi bo'ladi. Baxtga qarshi, o'sha kuni yomg'ir yoqqani sababli, porox nam tortib qolgandi. Pistolet otilmaydi. Lourens yana bir bor urinib ko'rishga harakat qiladi, ammo, ovozdan orqaga o'girilgan Jekson hassasi bilan qurolni urib tushiradi.

Sud Lourensni aqldan ozgan deb topadi va uni ruhiy kasalxonaga yuboradi.

Kanalga ulanish
@centerasiastudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonning reytingi 62-o‘rindan 65-o‘ringa tushib, mamlakat Markaziy Osiyodagi yetakchi o‘rnini yo‘qotdi! Aslidachi?

Jahonning yetakchi Defense.Info nashrida Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanovning “Noaniqlik davrida Oʻzbekistonning harbiy salohiyati” (Uzbekistan’s Military Capabilities in an Age of Uncertainty) maqolasi chiqdi. Quyida maqoladan parchani keltiramiz:
 
Ukraina va Yaqin Sharqdagi davom etayotgan mojarolar sharoitida harbiy imkoniyatlar va tayyorgarlik masalalari butun dunyodagi davlatlar, ayniqsa, ushbu hududlarga yaqin joylashgan mamlakatlar uchun yanada dolzarb boʻlib bormoqda.

Markaziy Osiyoda strategik joylashuvga ega O‘zbekiston, global harbiy kuch reytinglarida, jumladan, Global Firepower Index (GFP), ko‘pincha cheklangan rasmiy va noto‘g‘ri ma’lumotlar tufayli e’tibordan chetda qolmoqda.
 
O‘zbekistonning harbiy qudratini qayta baholash

O‘zbekistonning harbiy imkoniyatlari va strategik resurslari yetarlicha o‘rganilmagan. GFP kabi reytinglar bir qator muhim omillarni hisobga olmasligi bunga sabab bo‘lmoqda. GFP mamlakatlarni ishchi kuchi, moliyaviy ko‘rsatkichlar, uskunalar, geografiya, resurslar, logistika va mudofaa budjeti kabi omillar asosida baholaydi. Ammo 2024-yilgi baholashda O‘zbekistonning reytingi 62-o‘rindan 65-o‘ringa tushib, mamlakat Markaziy Osiyodagi yetakchi o‘rnini yo‘qotdi.
Biroq, bu reyting O‘zbekistonning harbiy realliklarini to‘liq aks ettirmaydi, chunki ma’lumotlar orasida muvofiqlik yo‘q.
 
Zahira kuchlari: e’tibordan chetda qolgan strategik resurs

GFP bahosidagi eng katta kamchiliklardan biri O‘zbekistonning zahira kuchlarini mavjud emas deb hisoblashidir. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida zahirada xizmat qilish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, harbiy xizmatga yaroqli 18-35 yoshdagi barcha erkaklar zahirada xizmat qilishga majburdir. Ushbu demografik guruh qariyb 10 mln kishini tashkil etadi. Agar sog‘liq va bandlik cheklovlari hisobga olinsa ham, zahira kuchlari 5 mlndan ortiq shaxsni tashkil etadi. Bu ulkan zahira O‘zbekiston uchun kuchli strategik resurs bo‘lib, uzoq muddatli qarama-qarshiliklarga tayyorgarlikni ta’minlaydi.
 
Faol qoʻshinlar va Milliy gvardiya hissasi

GFP O‘zbekistonning faol qo‘shinlar sonini 48 ming deb baholaydi, qo‘shimcha ravishda 20 mingta harbiy sohaga yaqin xodim mavjudligi qayd etiladi. Biroq, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, faol qo‘shinlar soni 68 mingga yaqin. Bundan tashqari, Milliy gvardiya tarkibida 30 mingdan ortiq xodim mavjud bo‘lib, bu O‘zbekistonning operatsion salohiyatini sezilarli darajada kengaytiradi va milliy mudofaa uchun mustahkam asos yaratadi.
 
Mudofaa budjeti: past baholangan koʻrsatkich

GFP O‘zbekistonning mudofaa budjetini $796 mln deb qayd etadi, ammo haqiqiy raqam $3 mlrdga yaqin. Ushbu farq mamlakatning qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish va tayyorlashga bo‘lgan sodiqligini aks ettiradi. Shuningdek, GFP tomonidan O‘zbekistonning xarid qobiliyati pariteti (XQP) $270 mlrd deb baholangan, lekin haqiqiy ko‘rsatkich $319 mlrdni tashkil etadi. Bu kuchliroq iqtisodiy asos mudofaa salohiyatiga doimiy sarmoya kiritishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Strategic Focus: Central Asia

Kanalga ulanish
@centerasiastudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
«Хитойнинг сўнгги огоҳлантириши»

1960-70 йилларда Хитой ва АҚШ ўртасидаги муносабатлар жиддийлашади. Икки давлат ўртасидаги низо «Тайван масаласи»да вужудга келганди. Чунки бу даврда АҚШ ҳаво кучлари Тайванга бемалол учиб келар ҳамда Хитой ҳудуди бўйлаб разведка парвозларини амалга оширарди.

Ҳар гал хитойликлар ўзларининг ҳаво ҳудудларини АҚШ разведкачиси кириб келиши қайд этилганда, АҚШга «сўнгги огоҳлантириш» юборилган, аммо ҳеч қачон конкрет чоралар кўрилмаган.

Охир оқибат, юзлаб шундай огоҳлантиришлар тўпланиб қолади. Америкаликлар уларга эътибор бермай қўйишади. Тез орада Хитой ҳукуматининг ҳатти ҳаракатлари бутун дунёга ошкор бўлади ҳамда ҳеч бир оқибатларсиз огоҳлантиришлар «Хитойнинг сўнгги огоҳлантиришлари» ибораси юзага келишига сабаб бўлади.

Каналга уланиш
@centerasiastudy
#Таҳлил

ДЕКАБРИСТЛАР: ҲАММАСИ ЗЕРИКИШДАН БОШЛАНГАН ЭДИМИ?

Бородино жангида ғолиб чиққан Россия империясида ички емирилиш қандай бошланган эди? Тарихга назар соламиз.

👉 Батафсил: http://bit.ly/3Z7GVgN

Library @centerasia_library

Каналга обуна бўлинг👇
@centerasiastudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1. Hattoki o'ylama.
2. O'yladingmi, gapirma.
3. O'ylading, gapirdingmi- yozma.
4. O'ylading, gapirding, yozdingmi- qo'l qo'yma.
5. O'ylading, gapirding, yozding va qo'l qo'ydingmi... endi hayron bo'lma.

©️VCHK asoschisi Feliks Dzerjinskiy

SSSRning ilk xavfsizlik xizmati hisoblanuvchi VCHKning dahshatli qiynoq usullari haqida bu yerda o‘qing.

Library @centerasia_library

Kanalga ulanish
@centerasiastudy
Aмир Олимхон 1911-йил март ойида “Жуда исрофли тўйларни тугатиш тўғрисида” фармон чиқарган.

Унга кўра, тўйларда 6-7 хил овқат қилиш тақиқланиб, паловдан бошқа овқат берганларга 75 дарра уриш жазоси тайинланди, суннат ва никоҳ тўйларида ташкил қилинадиган улоқ чопиш ва пойга тадбирлари бекор қилинди. Ушбу тадбирни ташкил этган шахс ўлим жазосига маҳкум этилиши белгилаб қўйилди. Шунингдек, тўйга келган меҳмонларнинг ҳар бирига чопон бериш расми маън қилинди. 1916-йил 5-июнда эса Aмир тўйга келганларга қанд бериш одатини тақиқловчи яна бир фармонни имзолаган.

© Дилноза Жамалова, ЎзФA Тарих институти докторанти

Library @centerasia_library

Каналга уланиш
@centerasiastudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/01/16 03:02:18
Back to Top
HTML Embed Code: