Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
15900 - Telegram Web
Telegram Web
Dekabr kelaversin, Noyabrda ham hammasi bir navi...
Umid qilma, hech kim qutqarmaydi. Ular ham qutqarilishdan umidvor...
Kecha biri yo'q bo'lsa o'lib qolishi aniq ekanini aytganlar, bugun oson o'sha birisiz hamon yashamoqdalar... Bir tuyg'uga jon beradiganlar qolmadi, amalda... Endi bunday so'zlarga meni kulgim keladi.

O'zingizni o'ladigandek ko'rsatishni bas qiling!

© #BI14

- @ch_k_t
O'limdan qo'rqmaydiganlar allaqachon oramizda yo'q. Modomiki bu so'zlarni o'qiyotgan ekansiz, siz ham men ham o'limdan qo'rqamiz. Bu yaxshi!
To'yib ketish qanday bo'ladi, aniq bilmayman. Ammo undan keyini bo'lmaydi, shuni bilaman.

© #BI14

- @ch_k_t
"Cho'kib ketgan tiriklar" pinned «To'yib ketish qanday bo'ladi, aniq bilmayman. Ammo undan keyini bo'lmaydi, shuni bilaman. © #BI14 - @ch_k_t»
​​Yashasang dunyoda

Yashasang dunyoda yorug’ yuz bilan,
Hurmat ko’rguzsang va bo’lsa izzating!
Ketsang, eslasalar shirin so’z bilan,
Yaxshi noming qolsa, qolsa xizmating.

Ga’nim nafratingga kelolmasa bas,
Kulsang, sidqidildan yayrab kulolsang.
Dilda g’ashlik bo’lmay yashasang, xullas,
Baxtli odamlarday baxtli bo’lolsang.

1983 yil

© Abdulla Oripov

- @ch_k_t
Seni esladim, esnadim, uxladim...
Tushimga kir(ma)...
Yakshanba.
Bugun chegarani buzib,
kechroq tong otsa
Shunday erka uyg'onib,
zinaga chiqib
qo'llarni boricha yoysang...
Ozgina nimadir
istab pishirsang,
yarim choynak choy damlasang
o'zing uchun,
ozgina nimadir yeb olsang,
fikrlarga qo'shib,
hech kim mushugingga "pisht" demasa,
ajinalaring g'ashiga hech kim tegmasa...
Istagan kiyimingda,
kichik uy,
kichik yolg'iz uy ichra
istagan tomoningga qarab harakatlansang...
Tushliksifat ozgina nonushta sodir bo'lgan joyni
tartibsiz qoldirib,
ikki kishilik yotoqqa
shunday cho'zilsang...
Yopinchiq-yostiqqa
qarama-qarshi...
So'ngra
Eng muzdek suv seni
tushunsa...
O'zingni tomchiga tutib bersang,
qurinmasang
tabiiy qurinsang,
dardlaringni o'zi bilan olib tushsa o'sha tomchi...
Derazalarni yuzini yopsang,
zulmat
yana uxlasang
yakshanbani sen emas,
seni yakshanba yengsa...
Uyg'onmasang,
dushanba shoshilmay tursa...
Ozgina o'zing uchun kechga
nimadir pishirsang,
yashil chiroqlarni ohista yoqib...

© #BI14

- @ch_k_t
​​Agar telba desalar faqat haqni gapirar odamni...
Darvesh sifatida ko‘rsalar bolalardek samimiy kishini...
Xiyonat so‘zini hatto xayolidan ham chiqarib tashlagan odamni jinnidan farqi yo‘q desalar, biling-ki sog‘larga yashashlikdan ma’no yo‘q ekan...

Bechora sog‘lar...

© Xayrulla Hamidov

- @ch_k_t
​​Mayli

Xo‘p, mayli, siz meni unutgandirsiz,
Ammo unutmog‘im mumkinmi sizni?!
Xo‘p, mayli, siz kulib jim o‘tgandirsiz,
O‘chirolmagansiz ammo bir izni.

U izki, yurakka puflagan chandiq,
Osmonga sepkildek yulduzlar sochgan.
Majnunga tanish u, ilohiy sanchiq,
Shuni deb bechora sahroga qochgan.

Xo‘p, mayli, siz uchun men bir begona,
Ammo dil-dilimga tukkanman sizni.
Xo‘p, mayli, siz uchun tole dugona,
Ammo zo‘r tashvishlar tanlagan bizni.

Xayr, orzularim hadiya sizga,
Xayr, dudoqlarda taltaygan qahr.
Bahoriy tillarni otamiz kuzga,
Xazonlik qo‘ynida serobdir mehr!

© Xayrulla Hamidov

- @ch_k_t
Ammo hali to'liq sovuq emas... Baribir muzladim. Sensizlikni ahamiyati yo'q, baxtsizlikni ham. Baribir muzladim. Ammo...

- @ch_k_t
​​Xush kelibsiz, hayotda doim nimadir voqea birinchi marta sodir bo‘ladi...

© Pep Guardiola

- @ch_k_t
Bu hayot mag'lubiyatingni kutadi. Sen baribir yutqazasan. Hayot har g'alabangdan qo'rqadi. Garchi yakunda yutishini bilsa-da, har g'alabang hayot uchun daxshatli...
Eng zulmatli tunlarda, men bir xira yulduzni chiroq deb sensizlikda senga atab nimadirlar yozaman... Uni hech kim o'qimaydi. Na men va na sen...
Sen o'qilmaydigan maktublar egasi... Men esa ularni yozmasdan, qalbim ila yaratgan...
Ikki xil sevgi pozitsiyasidan bitta sevgi yaralmas ekan. Na iloj...
Vatan hissi

Nelar sodir bo'lmasin, tug'ilib o'sgan joy baribir o'zbek uchun boshqacha. Jasadimni ishonib topshiroladiganim shu yer, qayerdaligi kimlargadir umuman muhim bo'lmas, ammo o'lgim chirishi shu yerlarda sodir bo'lishini xohlayman.

Sodir bo'layotgan har ishga ta'sir berish odatini orttirib oldim. Bu qandaydir g'alati. Bir ukrain mening rus qo'shig'ini eshitayotganim uchun koyidi. O'chirishimni aytdi. Hech bo'lmasa u bilan uzoqlashgunimizcha... Vatan deb ichimda sekin pichirladim. Qo'shiqni o'chirdim.

Ming yomon deymiz, surish kerak deb, green cardlar to'ldiramiz, rivojlanmaydi deymiz, jamiyat va siyosatimizdan noliymiz. Ammo baribir jonimiz achiydi. Yaxshi ko'ramiz.

Ona sababsiz seviladi. Kim bo'lishidan qat'iy nazar. Xoh u farrosh, xoh u idish yuvuchi – farqi yo'q! Vatan ham ona.

Agar shu urushlar bir kun biz bilan sodir bo'lsa (bunday bo'lmasin avvalo) qochadiganlardan ko'ra jonini qurbon qiladiganlar ko'p chiqadi ichimizdan. Men shunga ishonaman!

Bir kun qaysidir o'zbek qishlog'ida sokin hayotim oxirini o'tkazsam, bog'lar qo'ynida... Kitob yakuni ajoyib bo'lardi. Mundarijamni o'rik gullaridan yozgim bor!

Ungacha aylanib kelishni inkor qilmayman...

Floridadan turib, Bojalar-Vatanim'ni eshitib yurish yoqimli bo'lardi...
O'zbek tilim va uning adabiyotini o'qiyotganim eng katta baxtim!
2024/11/14 08:55:19
Back to Top
HTML Embed Code: