Telegram Web
"Dolzarb 90 kun" amalda

Yozgi ta’til — yoshlar uchun dam olish, qobiliyat va iqtidorini rivojlantirish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash uchun muhim davr. Prezidentimiz tashabbusi bilan 1 iyundan 30 avgustgacha amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi aynan shu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Bu loyiha doirasida tumandagi 37-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida "Uch avlod" uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig’ining maslahatchisi, isteʼfodagi faxriy polkovniklar Ashurboy Buriyev, Abduraim Ibodov, Qashqadaryo viloyati IIB Faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi polkovnik S.Islomovlar ishtirok etib yoshlarni qiziqishlari, orzu-intilishlarini suhbatlashib, ularga kelajakda ona-vatanimizga sadoqatli farzandlar bo‘lib yetishishlari uchun kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilashdi.

Tadbir so‘nggida faol ishtirok etgan oʻquvchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.


Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
Chiroqchi tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanish takroriy ekinlarni sifatli ekish, ishsiz fuqarolarni ish bilan ta'minlash va bozorlarni arzon, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida "Xoliqov O’tkir" fermer xo`jaligida Respublika Fermerlar kengashi ishchi guruhi a’zolari N.Mirabdullayev, M.Turdiyev hamda tuman fermerlar kengashi agronomi M.Maxammadiyevlar tomonidan g'alladan bo'shagan maydonlarda takroriy ekin ekish ishlari o'rganildi.

2025 yil hosili uchun g'alladan bo'shagan maydonlarga takroriy ekin ekish uchun tumanda jami 3500 gektar ekin maydonida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ekinlar joylashtiriladi:
•Sabzavot – 150 gektar
•Poliz ekini – 250 gektar
•Kartoshka – 430 gektar
•Moyli ekin – 216 gektar
•Dukkaklilar – 1001 gektar
•Ozuqa ekinlari – 1450 gektar
Paxtakor hududidagi “Eshmirza Yuldoshev” fermer xo‘jaligida hozirgi kunda takroriy ekinga tarvuz, mosh, sabzi ekinlari ekilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlanmoqda!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF–26-son Farmoni (“Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”) ijrosini taʼminlash maqsadida, 2025-yil uchun belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya xabarnomalarining foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar 2025-yil 10-iyul kuni soat 09:00 dan boshlab qabul qilinadi.

Hurmatli fuqarolar!
Siz subsidiya olish uchun quyidagi usullardan birini tanlagan holda ariza topshirishingiz mumkin:

Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish orqali
Elektron tarzda my.gov.uz portali orqali quyidagi havola orqali:
🔗 https://my.gov.uz/oz/service/325

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️"Tashabbusli budjet"ning 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanadi

"Tashabbusli budjet" jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanib, 31-avgust kun oxiriga qadar davom etadi.

Bunda:
1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
2️⃣ Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

🏆 Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1-sentyabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
FUQAROLAR QABULI: MUAMMO VA YECHIM

Aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullari joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov muammolariga yechim izlab kelgan fuqarolarning murojaatlarini tingladi.

Har bir murojaat diqqat bilan eshitilib, yechimi vaqt talab qiladigan muammolarni hal etish uchun tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
O‘zbekiston fermerlari kengashining mamlakatimiz fermer va dehqonlariga murojaati

Hurmatli va aziz fermerlar! Bugungi global iqtisodiy va ekologiyaviy sharoitda dunyoda oziq-ovqat yetishmovchiligi yuzaga kelish xavfi ortayotgan bir paytda, qishloq xo‘jaligida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yuqori hosil olish va oziq-ovqat ekinlarini ko‘paytirish muhim vazifaga aylanmoqda. Shu murakkab sharoitda dehqon va fermerlarimiz barchadan ko‘ra mas’uliyatli va fidokorona mehnat qilmoqda.

🔘Batafsil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
2025/07/05 18:44:53
Back to Top
HTML Embed Code: