Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Ertaga TAF!
👍11🔥7💯3
Boshlanishi yomon emas)
🔥13
2-qavat 3-zal

Haqiqiy oʻzbekcha ma’ruzalar, kutamiz
👍11
Forwarded from Kopirayting
AI sizning ishingizni hech qachon olib qoʻya olmaydi

Ishingizni AI ishtaladigan boshqa mutaxassis olib qoʻyadi)
💯20😁16🔥12
TAF! 25 natijalari

605 Agency 🥇🥈🥈🥉🥉🥉🥉🥉🥉🥉(40)
Synthesis🥇🥈🥈🥈(24)
SEED🥇🥇🥈 (23)
Ma’no branding🥇🥇🥉 (21)
Aida Pioneer🥈🥈🥉🥉(16)
bvp.🥇🥉🥉(15)
proof.🥇🥉🥉(15)
RoRegroup🥇🥈(14)
REDKEDS🥈🥉🥉(11)
TDI Group🥈🥈(10)
Salmon🥈🥈(10)
DDVB 🥈🥈(10)
Contrapunt 🥇(9)
ENDY🥇(9)
360 Agency🥈🥉(8)
FCB Tashkent 🥈🥉(8)
NASP un Pr Rep. Uzb 🥉🥉(6)
wagon-wagon🥉🥉(6)
Depot 🥈(5)
Hate Agency 🥉(3)
Visual Monsters 🥉(3)
Naked Eye🥉(3)
Savr&Mubinov 🥉(3)
Simple-studio🥉(3)
PG Brand R. C.🥉(3)
Shoom Production🥉(3)
Abstract🥉(3)
Ohmybrand🥉(3)
We Digital🥉(3)

Yil agentligi: 605 Agency 🥇🥈🥈🥉🥉🥉🥉🥉🥉🥉

Yil mijozi: NASP un Pr Rep. Uzb 🥇🥈🥉🥉

GranPri: Synthesis (NASP under Pr Rep. Uzb)

Barchani tabriklayman!!!

*oltin uchun — 9, kumushga — 5, bronzaga — 3 balldan hisoblangan
**я считал так: золото — 9, серебро — 5, бронза — 3 очка


✅️@copirayt
🔥15👍8
TAF! bo'yicha tahlil yozamizmi?
💯27👍5
Forwarded from Kopirayting
Kopirayting PRO: Yangi bosqichga o‘tish

Ushbu kurs kopirayting, dizayn, SMM yoki tegishli sohalarda kamida 6 oy ishlab kelayotgan va shunchaki "chiroyli so‘zlar" uchun emas, balki strategiya uchun to‘lanadigan darajaga ko‘tarilishga tayyor bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan.

Kurs tarkibi:

6 ta modul | 25 ta dars | 3 oy

1-modul: So‘zning asosi va kuchi (4 ta dars)
Matn tuzilishidan tortib auditoriyani chuqur o‘rganishgacha - qolgan barcha narsalar quriladigan poydevor.

2-modul: SMM va sotuvchi matnlar (4 ta dars)
AIDA, BAB, ODC - ta’sir modellarini qo‘llashni va natijani metrikalarda (CTR, CR, A/B-testlar) o‘lchashni o‘rganasiz.

3-modul: PR, strategiya va kreativ (4 ta dars)
Press-relizlar, tadqiqotlar, bilbordlar, video-skriptlar, neyming - brendlar va agentliklar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar.

4-modul: • UX va texnik matnlar (5 ta dars)
Mikrokopy, mahsulotdagi ToV, matnli strategiya - SMMga qaraganda 2-3 baravar ko‘p to‘lanadigan yo‘nalishni o‘zlashtirasiz.

5-modul: Sun’iy intellekt — kopirayterning quroli (5 ta dars)
Strategiya va ekspertizani o‘zingizda qoldirib, tezlik (qoralamalar, g‘oyalar, tadqiqotlar) uchun sun’iy intellektdan foydalanishni o‘rganasiz.

6-modul: Karyera va yakuniy loyiha (3 ta dars)
Shaxsiy brend, narx belgilash, portfolio - xizmatlarni qimmatroq va ishonchliroq sotish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar.

Siz nimaga ega bo‘lasiz?

Yo‘nalishlar kesishmasidagi ko‘nikmalar
Ijtimoiy tarmoqlar uchun oddiy kopirayter emas - SMM, PR, UX uchun yozadigan va sun’iy intellektdan foydalanadigan mutaxassis

3-5 ta keysli portfolio
Yakuniy loyiha + kurs ishlari = mijozlar yoki ish beruvchilar uchun tayyor portfolio

Metrikalarni tushunish
Matnlar samaradorligini (CTR, CR, CPA) o‘lchash va A/B testlari orqali optimallashtirishni o‘rganasiz

Sun’iy intellekt bilan ishlash
Prompt-dizayn, gibrid jarayon (AI + inson), kundalik ishlarni avtomatlashtirish - 2 barobar tezroq ishlaysiz

ToV va matnli strategiyalar
Tone of Voice qo‘llanmasi va mahsulot uchun matn strategiyasini yaratasiz - bu mahorat uchun har bir loyihada 300-400 dollardan boshlab to‘lanadi

Hamjamiyatga kirish
Hamkasblar bilan tanishish, tajriba almashish, ehtimoliy hamkorliklar

Format: Onlayn, haftasiga 2 marta 50-70 daqiqadan
Boshlanish: 11-noyabr
Guruh: Maksimal 20 kishi (har bir ishtirokchiga sifatli fikr-mulohaza berish uchun)
Kimlarga mos: Kopirayting, dizayn, SMM yoki tegishli sohalarda kamida bir oylik tajribaga ega bo‘lganlar uchun

❗️ Kurs noldan boshlovchilar uchun MO‘LJALLANMAGAN - matnlar bilan ishlashda asosiy tajribaga ega bo‘lish kerak

Narx va shartlar:

Tariflar
$330 - agar 31-oktyabrgacha to‘lasangiz
$420 - agar 10-noyabrgacha to‘lasangiz
10-noyabrdan keyin qabul yopiladi

Bo‘lib to‘lash
3 oyga bo‘lish mumkin:
- Oyiga $110 (31-oktyabrgacha to‘lansa)
- Oyiga $140 (10-noyabrgacha to‘lansa)

Joy band qilish
$50 ni hozir to‘lang - keyinchalik to‘liq to‘lasangiz ham narxni $330 ga belgilaysiz

Nima uchun hozir yozilish kerak

1. Keyingi qabul tez orada bo‘lmaydi
Ushbu guruhdan so‘ng kurs kamida 5-6 oyga yopiladi. Hozir loyihalar orasidagi vaqt bo‘sh bo‘lgani uchungina qabul ochiq.

2. Narx oshib bormoqda
Qancha kech yozilsangiz, shuncha qimmat. Erta narx va kechki narx o‘rtasidagi farq $90-150 ni tashkil qiladi.

3. Joylar soni cheklangan
Har bir ishtirokchiga e’tibor berish va ishlarga sifatli fikr-mulohaza bildirish uchun atigi 20 kishi.

📝 Qanday yozilish mumkin
1-qadam: @matnchi_admin ga yozing
2-qadam: $50 oldindan to‘lovni amalga oshiring (joyingizni va $330 narxni kafolatlaydi)
3-qadam: Kurs boshlanishidan oldin qolgan summani to‘lang (bir martalik yoki bo‘lib-bo‘lib)

Savollar bormi?
@matnchi_admin ga yozing - dastur, sanalar va format haqida batafsil ma’lumot beramiz
👍5🔥4
Bugun 21:00 da ovozli chat boʻladi

*kurs boʻyicha savollarga ham javob beramiz

@copirayt
🔥3
Live stream scheduled for
Live stream started
Boshlandi
Savollarni shu post ostida qoldirsangiz bo'ladi
🔥3
Live stream finished (28 minutes)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kelin, muzlatgichda 5 ta pomidor bor edi…

BirBir'dan trendning kreativ davomi. Gʻoya zoʻr oʻylangan, PR menejer va kreativ menejerga qoyil

*shu aktyorni qanday topsak boʻladi?)

- Kelin, koʻrpani orasidagi pullarni koʻrmadingizmi?
- Dadajon, IMANga investitsiya qilgan edim. Yillik 27% gacha foyda olsak boʻlarkan
- Barakalla, oʻzimni investor kelinim)

@copirayt
🔥17😁11👍5
Direktda qoldirdik

Bir kuni bir gala marketolog/smm'chilarni jamlab, bir qafasga qamashibdi va instagramda sahifa yuritishga majburlashibdi.
Sahifaga turli mijozlar kelib mahsulot haqida maʼlumot soʻrashar, qafasdagilar esa javob yozar ekan. Kunlarning birida mahsulot ostida "Narxi qancha ekan?" degan izoh paydo boʻlibdi. Bir marketolog shoshib mahsulot narxini yozgan ekan, qafasdagi hamma marketologlar ustidan muzdek suv quyilibdi. Hamma shokda, nima boʻlganini tushunmay qolishibdi.

Birozdan keyin boshqa mahsulot ostida "Цена?" degan izoh chiqibdi, boshqa marketolog shoshib narxini yozgan ekan, yana avvalgi holat qaytarilib, qafasdagilar ustidan muzdek suv quyilibdi.
Marketologlar vaziyatni tushunishibdi va keyingi mijozlarga "Sizga directdan javob berdik" deb yoza boshlashibdi.

Keyin qafasdan bitta marketologni chiqarib, oʻrniga boshqasini tiqishibdi. Yangi marketolog ishtiyoq bilan ishga kirishib, mijozlarga javob bera boshlabdi va "Narhi qanchekan?" degan izohga koʻzi tushib qolib endi narxini yozaman deb turgan ekan, dab-durustdan qafasdagi boshqa marketologlar yangi kelganni doʻpposlab ketishibdi (muzdek suvdan charchagan-da). Yangi marketolog hayron, boshqa marketolog esa izoh ostiga "oka directga javob berdik" deb yozib qoʻyibdi.

Oz muddatdan keyin qafasdan yana bir marketologni chiqarib, oʻrniga yangisini olib kelishibdi. U ham narxini izoh ostida yozmoqchi boʻlgan ekan, yuqoridagi holat takrorlanibdi.

Oradan vaqt oʻtaveribdi, har kuni qafasdan bitta marketolog olib ketilib, oʻrniga yangisi kelar, yangi marketolog narx yozaman deganda qolganlar uni doʻpposlab, narxni directga yozish keragini oʻrgatishar ekan.

Qarangki, oradan uzoq muddat oʻtib ilk guruhdagi, ustiga muzdek suv quyilgan marketologlardan hech kim qolmapti. Nima uchun izoh ostiga narxini yozish mumkin emas, yozsa nima boʻladi hech biri bilmaydi, lekin yozmoqchi boʻlganlarni bundan qattiq qaytarishda davom etishar edi.

Shu-shu marketologlar narxni mahsulot oʻzida ham, izohlarda ham koʻrsatmas emish, nega bunday ekani esa ilk marketologlar oʻz gʻoriga olib ketgan sir emish.

Anvar Narzullayev. Mohirdev asoschisi


Yuqoridagi holat menga ham yoqmaydi. Bu trafik olib kelishi mumkin, lekin ko'p hollarda mijoz narxni izohdan topa olmasa, yozib ham o'tirmaydi

@copirayt
1😁32💯12👍3
Bugun 22-oktyabr
Til himoyasiga esa hali bir yil bor

Hammasi oldingidek davom etaveradi…
💯14😁12👍2
2025/10/25 05:16:01
Back to Top
HTML Embed Code: