Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
2324 - Telegram Web
Telegram Web
Kim keldi? Kopirayterlar?! O'sha eshikni oldidan joy qilib, o'sha yerdan kuzatib yuboringlar!!

Oxirgi murojaatlarda bir o'xshashlik bor: Ertaga ertalabgacha ulguramizmi?

Loyiha menejerlari, biznes egalari yoki kopirayter bilan ishlaydigan boshqa kishilarga aytmoqchiman: kopiraytingda ham boshqa yo'nalishlar kabi aniq vazifalar bor. Ularni bajarish esa ma'lum bir muddat talab qiladi.

Agar ishingizda kopirayter xizmatigaehtiyoj bo'lsa, ertaroq murojaat qilavering. Shunda narxni eshitib, "Shugina ish shuncha bo'ladimi?!" demaysiz

Kopirayter sifatida har bir mijozga tanlov taqdim etmoqchiman:
- Narx
- Sifat
- Vaqt

Siz yuqoridagilarning faqat 2 tasini tanlashingiz mumkin. Ertaga tushlikkacha, sifatli ish kerakmi? Narxiga ham chidash kerak...

@copirayt
2🔥24👍8💯8😁5
tilmoch.ai degan sayt bor. Ishlatishni sogʻliqqa foydasi katta, asabni asraydi)
💯34😁19🔥6👍4
CV so'rashganida Linkedin profilni yuborish ham mumkin
M: https://www.linkedin.com/in/nurbekyuldoshev/
👍15😁4
Yuqorida Toshkent shahrida qurilish ishlari toʻxtatilgan firmalar roʻyxati

Neymingga maza qildim. Bunaqa nomlar faqat bizda uchrasa kerak. Klassik nomlar. Odatda ish boshida 50-100$ ni qizgʻanib, keyin minglab $ ga rebrending qilishadi. Hujjatlarni qayta qilish ham juda uzoq va mashaqqtli jarayon

Aytmoqchi boʻlganim, perfect, baraka, yangi, gold, strong, fayz, omad, … ota, sity (city emas))), grand soʻzlarini ishlatmasdan ham nom topish, qoʻyish mumkin))

“Aql manbai” MChJga nom uchun alohida sovrin berish kerak )

Manba: davtelovuz

@copirayt
😁39👍4
Oxirgi eng yaxshi keys: Sydney Sweeney bilan American Eagle))
😁20
Frilansda 111 kun

Toʻliq frions rejimda ishlashga oʻtganimga 111 kun boʻldi va bugun bu davr haqida qisqacha yozmoqchiman

+ lar
Vaqtni taqsimlash. Istalgan vaqtda istalgan joyga borish mumkin. Qishloqqa borgim kelsa, borib, bemalol ishlayveraman (ishladim ham)

Ishga kech qolish, kech ketish tushunchalari yoʻq. Xodimlarni kayfiyati sizga ta’sir qilmaydi (m: boshliq kimnidir soʻksa, menga ham yomon ta’sir qiladi)

- lari
Shoshilinch vazifalarni bajarish qiyin. M: qishloqda beda oʻryapman, shoshilinch vazifa chiqib qoladi

Jamoaviy kayfiyatni his qilmaysiz, jo'shqinlik bo'lmaydi.

Xullas, frilans yaxshi ham, yomon ham emas.

@copirayt
🔥30👍7💯1
Yaqinda oʻzbek tilidagi birinchi UX writing kursi chiqadi

*hozir sertifikatni Linkedin'da qoʻshish mumkin boʻlishi ustida ishlayapmiz
😁21🔥12👍6
Oxirgi paytda instagramda uchayotgan kontentlar "Nexel"niki
💯8
Kreativda AI

Oʻzbekistondagi eng kuchli IT universitet reklamasida AI'dan aktiv foydalanyapti

AI — qurol. Qurollangamlar esa qurolsizlardan yoki uni ishlatishni bilmaydiganlardan ancha kuchliroq. PDP University ham AI'dan yaxshi foydalanipti oxirgi reklamalarida.

AI qanday yordam beradi? Uning asosiy vazifasi budjetni tejash. AI yordamidan kichik sarmoya bilan ham yaxshigina roliklar, kreativlar qilish mumkin Bu videolar qanchalik ishlaganini keyinroq ulashib oʻtaman.

Shu 3 ta videoni tasvirga olish qanchaga tushushini prodakshnlar bilan ishlaganlar biladi))
Taxmin qiling-chi? Shu 3 ta rolikni budjeti qancha?)

*Aytgancha, PDP Oʻzbekistondagi eng kuchli IT universitet

@copirayt
1👍8🔥6👎1
Marketing va sotuv psixologiyasi

Yuqoridagi mavzuda maxsus dastur bo'lsa, unga kim mentorlik qilishi kerak?

Shu va shunga o'xshash mavzularda master-klass, darslarni ko'p ko'raman. Mentorlar esa ko'p hollarda faqat nazariyaga asoslangan materiallar bilan cheklanadi.

"Premier" texnika brendi marketing direktori Shohzod aka Po'latov esa men kuzatib boradigan amaliyotchilardan biri. "Premier" savdosining o'sishini hisobga olsak, Shohzod akadan ancha narsa o'rganish mumkin.

Kecha kanalida (@scaleupuz)e'lon ko'rib qoldim. 10 kishilik yopiq guruhda amaliyotga asoslangan 1 oylik maxsus dastur ochilayotgan ekan. Dasturga qo'shilish uchun https://forms.gle/JcNVB1vsCMhDrMkw8 formani to'ldirasiz. Keyin esa suhbat bo'ladi. Ana shundan keyin dasturga qo'shilasiz

"Bo'ladigan" marketingni o'rganmoqchi bo'lganlar, formani to'ldirib, suhbatga yoziling. 13-sentabrgacha oz muddat qoldi
https://forms.gle/JcNVB1vsCMhDrMkw8

@copirayt
🔥4👍1
Oʻzbek tilida sanoqli bloglarni kuzataman. Bugun ular soni yana bittaga koʻpaydi — @lokalsmedia
🔥9👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Noodatiy kreativ

Reklamalarni kuzatiiiib yuraman. Kreativ reklamalar birinchi Yevropa yoki Amerikada paydo boʻladi. Keyin biznikilar sekingina koʻchirib qoʻya qoladi. Eng kamida qozoq qardoshlardan koʻchiriladi

Lekin original reklamalar ham chiqib turadi. Masalan bugun shu reklamani koʻrib qoldim. Gʻoya ancha chuqur oʻylangan

Rahimov school kreativida nimani tushundingiz?
50🔥35👍12💯4😁3
Italiyada Domino‘s?
Aqldan ozgan Amerikaliklar hikoyasi

Pitsa ovqat emas, balki madaniyat bo‘lgan mamlakatda pitsa tarmoqlarini ochish qanchalik to‘g‘ri?

Italiyada har bir shahar, daha, ko‘cha, hatto oilaning o‘ziga xos xamir retsepti bor. Hatto istalgan italyan hovlisida o‘choqda pishirgan pitsasi milliardlik budjetga ega korporatsiyaning pitsasidan mazaliroq bo‘lgan vaziyatda muvaffaqiyat kutish mumkinmi?

Domino‘s esa shu xatoni qilishga urinib ko‘rgan

Ilk restoran 2015-yilda Milanda ochildi. Keyin Turin, Rim, Bolonya. Rejalar juda katta edi: 2030-yilgacha 880 ta nuqta. Bozorga kirish shiori esa: "Biz Amerika sur’ati, yetkazib berish tezligi va Pineapple Special bilan italyanlar qalbini zabt etamiz"

Natija: atigi 29 ta restoran ochildi. Hammasi yopildi. Franshiza sinib ketdi.

Sabablarni koʻrib chiqamiz
- An’ana bilan raqobatlashish behuda ish. Italyanlar o‘zganing pitsasiga muhtoj emas. Ularda 5 yevroga haqiqiy tarixga ega margarita taklif qiladigan trattoriyalar mavjud.
- Narx ham katta ahamiyatga ega. Domino‘s bu borada ham mag‘lub bo‘ldi - past sifat uchun ko‘proq to‘lashning nima keragi bor?
- Pandemiya so‘nggi zarbani berdi. Mahalliy pitseriyalar tezda yetkazib berishni yo‘lga qo‘yib, amerikaliklardagi oxirgi afzallikni yo‘qqa chiqardi.

Ular Neapolga hatto kira olishmadi. Chunki Neapolda amerikalik bo‘lib pitsa sotish fransuzlar Qashqadaryoda tandir sotishiga o‘xshaydi))

Xulosa: Domino‘s iqtisodiy sabablar tufayli emas, madaniyatni tushunmagani uchun uchun yutqazdi.
Asl nusxa mavjud joyda nusxani sotib bo‘lmaydi.
Ovqat milliylikning qismi bo‘lgan mamlakatga o‘z fast-fudingizni olib kirolmaysiz.

Italiyada pitsa — bu biznes emas. Bu — "e'tiqod"
Domino‘sga esa omad tilaymiz)

@copirayt
👍17😁10🔥2
⚡️ PM bo'lishni istaganlar uchun yaxshi imkoniyat!

"Yosh menejer" loyihasi bilan tanilgan Shiroq Business School PM'lik bo'yicha kurslariga "start" berdi!

Hozirda 3ta kursga qabul davom etmoqda:
1. "Sharqona Loyiha Boshqaruvi" oflayn kursi;
2. PM Foundation onlayn kursi.
3. PM in IT onlayn kursi.


🧠 Kurs orqali siz 0 dan boshlab:
- Loyihani to‘liq baholay oladigan;
- Strategik qaror qabul qila oladigan;
- Professional rejalashtiradigan;
- Ijro va jamoani boshqara oladigan;
- Nazorat va tahlil qila oladigan;
qisqacha qilib aytganda berilgan loyihani muvaffaqiyatli yakunlay oladigan PM lavozimida ishlay olasiz!


👨‍💻 Hozirda kurs bitiruvchilari soni 300 nafardan oshdi va 80 foizdan ortig‘i bozorda o‘z o‘nini topdi!

Kursga quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin:

🔗 Ro'yxatdan o'tish uchun havola

🌐 Shiroq Business School | ☎️ 901206810
1🔥10👎6
X va H ni bitta qilish kerak

Oxirgi yillarda shu mavzu juda koʻp koʻtarildi va shu haqida hech yozmagan ekanman. Yozay-chi men ham))

Aslida bu muammoni kim koʻtaradi yoki ma’qullaydi? Menimcha, ayni harflarni yozishda qiynaladiganlar. Chunki bu bilan faqat ularga oson boʻladi. Ularning orasida oʻzini “ma’rifatli” deb hisoblaydiganlar ham borligi hayron qoldiradi odamni

Ammo oʻsha “ma’rifatli”larni kuzatib, shunga amin boʻldim:
- ularga ingliz tilidagi “skeptic”soʻzida “c” ham, “k” ham “k” oʻqilishi qiyinchilik tugʻdirmaydi
- rus tilida Ш va Щ ning ahamiyati qanchalik kattaligini biladi
Nafaqat biladi, balki amal ham qiladi

Ulardan “Nega inglizlar C ning yarmini S ga, yarmini K ga boʻlib berib, oʻzini olib tashlamaydi?” deb soʻrasangiz, bu boshqa narsa ekanligini aytishadi))

Oʻzbek tiliga kelganda esa…

Ishonaman, “ma’rifatli” savodsizlarni kimdir eshitsa va X, H bitta qilinsa, keyin Oʻ va U ni, E va I ni bitta qilish tashabbusini olgʻa surishadi

Bu vaziyatda eng toʻgʻri yechim: savodli boʻlishga harakat qilish

@copirayt
5💯52👍20🔥10👎5
2025/10/18 06:13:54
Back to Top
HTML Embed Code: