Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanov va Pokistonning "Ittihod" gazetasi bosh muharriri Tohir Faruk o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Tohir Faruk, markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy etilgan yangi elektron ovoz berish tendensiyalarini yuqori baholadi.

"Kecha O‘zbekistonning turli hududlarida ko‘plab saylovchilarning elektron ovoz berish imkonidan foydalanganiga guvoh bo‘ldim. Men Toshkent viloyatida bo‘ldim va bir necha saylov uchastkalarini ko‘zdan kechirdim. Saylovga kelgan odamlar bayramona kayfiyatda ovoz berishdi, jarayon shaffof bo‘ldi”— dedi u.

Shuningdek, Tohir Faruk O‘zbekistonda iqtisodiyot, savdo, tijorat va inson rivojlanishi sohalarida katta va ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilganini ta’kidlab o‘tdi.

"O‘zbekiston qo‘shni davlatlar va butun dunyoga namuna bo‘ladigan davlat. Men o‘zbek xalqiga va uning yoshlari baxt va taraqqiyot tilayman. Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasida, shuningdek, boshqa mintaqaviy davlatlar o‘rtasida hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan ko‘plab yo‘nalishlar bor" — dedi u.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Tashqi kuzatuvchilarning mustaqil nomzodlarning ishtirokini cheklash haqidagi tanqidlarga keladigan bo'lsak, aytishim mumkinki, saylovlar – bu siyosiy partiyalarning kurashi. Bu go'zallik tanlovi yoki sport musobaqasi emas. Siyosiy jarayonlarda asosan partiyalar qatnashadi. Bu tabiiy holat va boshqa davlatlar tajribasida ham kuzatiladi"– deya ta'kidladi Progressiv Islohotlar Markazi direktori.

"Saylov-2024: natijalar tahlili, yangi parlament shakllanishi"
ga bag'ishlangan Xalqaro Press Klubning jonli efirida Mirshohid Aslanov tashqi kuzatuvchilar tomonidan bildirilgan tanqidlarga nisbatan sharh berdi.

👉To‘liq efirni tomosha qilish

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
#Statistika

🏥 O'zbekistonning qaysi hududlarida sog'liqni saqlash ko'rsatkichlari eng yaxshi?

Fuqarolarning sog'lig'i davlat farovonligida muhim o‘rin tutadi, shuningdek, sog'liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish va jamoat salomatligi ko'rsatkichlari orqali bu jarayon baholanadi.

Progressiv Islohotlar Markazi sog'liqni saqlash xizmatidan foydalanish (4 ta indikator) va jamoat salomatligi (10 ta indikator) bo'yicha natijalarni tahlil qilib, hududlar reytingini tuzdi.

2023-yil ma'lumotlariga ko‘ra:

📍 Toshkent shahri reytingda 67.16 ball bilan yuqori o'rinni egallagan.

📍 Samarqand viloyati esa 61.75 ball bilan reytingda yuqori o‘rinlardan joy olgan.

📍Sirdaryo viloyati 51.71 ball bilan, Toshkent viloyati esa 53.12 ball bilan reytingning quyi qismida joylashgan.

👉Batafsil saytimizda oʻqing

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#CPRPodcast

🎙Progressiv islohotlar markazi "CPR Podcast"ning navbatdagi mehmoni mehmoni — AQShdagi Caspian Policy Center (CPC) bosh direktori, energetika xavfsizligi, siyosiy iqtisodiyot va Markaziy Osiyo hamda Kavkaz mintaqasi xalqaro munosabatlari bo‘yicha yetakchi mutaxassis Efgan Nifti bo‘ldi.

Podkast davomida Efgan Nifti bilan O‘zbekistondagi 2024-yilgi parlament saylovlaridagi o‘zgarishlar, Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya jarayonlari va AQShning mintaqaga nisbatan siyosati haqida qizg‘in suhbat qurdik.

P/S: Suhbat ingliz tilida olib borildi.

👉🏼To‘liq suhbatni tomosha qilish

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
#Iqtisodiyot

📊 O’zbekistonning qaysi hududlarida iqtisodiy rivojlanish dinamikasi yuqori?

Har bir hududdagi iqtisodiy o‘sish davlat farovonligi uchun muhim o‘rin tutadi. Progressiv Islohotlar Markazi hududlarning biznes muhiti (2 ta indikator), mehnat bozori (5 ta indikator) va umumiy iqtisodiy o‘sish (2 ta indikator) bo‘yicha natijalarni tahlil qilib, 2023-yil natijalariga asoslangan reytingni e’lon qildi.

📍 Reytingda Toshkent shahri 96.20 ball, Navoiy viloyati esa 78.34 ball bilan yetakchi o‘rinlarni egallagan.

📍 Andijon viloyati 61.65 ball, Surxondaryo viloyati esa 62.00 ball bilan reytingda oxirgi o‘rinlarda joylashgan.

👉Batafsil saytimizda oʻqing

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | YouTube
#Ta'lim

📊 Qaysi hududlar ta’lim sifatini rivojlantirishda yetakchilik qilmoqda?

Progressiv islohotlar markazi 2023-yil uchun hududlardagi oliy va oʻrta maxsus taʼlim (2 ta indikator) hamda maktab va maktabgacha taʼlim (5 ta indikator) bo‘yicha reytingni e’lon qildi.

Ushbu reyting ta’lim sifatini oshirish va jamiyat taraqqiyotiga erishishda qaysi hududlar yetakchi ekanligini ko‘rsatadi.

Reytingdagi yuqori o‘rinlar:
📍 Toshkent shahri — 94.53 ball
📍 Buxoro viloyati — 74.82 ball

Reytingdagi pastki o‘rinlar:
📍 Surxondaryo viloyati — 52.39 ball
📍 Qashqadaryo viloyati — 57.23 ball

👉Batafsil saytimizda oʻqing

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
#Infratuzilma

📊 Qaysi hududlar infratuzilma holati bo‘yicha yetakchi?

Progressiv islohotlar markazi 2023-yil uchun hududlardagi uy-joy fondi (4 ta ko‘rsatkich) va transport va aloqa (4 ta ko‘rsatkich) bo‘yicha infratuzilma reytingini e’lon qildi.

Ushbu reyting infratuzilma rivoji orqali aholining hayot sifatini yaxshilash va hududlar taraqqiyotini oshirishda qaysi hududlar yetakchi ekanligini ko‘rsatadi.

Reytingdagi yuqori o‘rinlar:
📍 Toshkent shahri — 93.52 ball
📍 Toshkent viloyati — 70.94 ball

Reytingdagi pastki o‘rinlar:
📍 Jizzax viloyati — 39.93 ball
📍 Surxondaryo viloyati — 39.55 ball

👉 Batafsil saytimizda oʻqing

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
#Qishloqxojaligi

📊 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida yalpi hududiy mahsulot tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi foizda qanday o‘zgarishlar bilan ajralib turadi?

Progressiv islohotlar markazi viloyatlardagi qishloq xo‘jaligi ulushini tahlil qilib, viloyatlar iqtisodiyotida ushbu sohaning tutgan o‘rnini aks ettiruvchi grafikni e’lon qildi.

Bu raqamlar viloyatlarning iqtisodiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilab beradi. Surxondaryo va Jizzax kabi viloyatlar qishloq xo‘jaligiga yuqori darajada bog‘liq bo‘lsa, Navoiy va Toshkent viloyatlari sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalariga ko‘proq e’tibor qaratadi.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
📈 O‘zbekistonda jinoyatlarning umumiy ko‘rsatkichlari qanday o‘zgarmoqda?

Progressiv islohotlar markazining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019−2023-yillarda mamlakatda ro‘yxatga olingan jinoyatlar soni 2,3 barobarga oshgan – 46 mingdan 104 mingtaga yetgan.

📊 2021-yildagi keskin ko‘tarilishdan so‘ng jinoyat darajasida pasayish kuzatilmoqda, ammo o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyatlar soni oshganligi xavotirli tendensiya sifatida ko‘rilmoqda.

Markaz tuzatishlar natijalari va jamoat xavfsizligini aks ettiruvchi indikatorlar bo‘yicha hududlar reytingini taqdim etdi.

Reytingdagi eng yaxshi ko'rsatkichlar:
📍 Qashqadaryo viloyati — 69.86 ball
📍 Xorazm viloyati — 67.53 ball

Reytingdagi pastki o‘rinlar:
📍 Toshkent shahri — 23.42 ball
📍 Toshkent viloyati — 22.31 ball

👉Batafsil saytimizda o'qing

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
O‘zbekiston JSTga qo‘shilish uchun AQSh bilan 21-muvaffaqiyatli kelishuvni imzoladi.

O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishiga olib keladigan muzokaralar jarayonida AQSH bilan ikki tomonlama muzokaralarning yakunlangani boshqa davlatlar bilan kelishuvlar tezlashishiga turtki bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi.

Urunov ta’kidlaganidek, muzokaralar qiyinchiliklari asosan rivojlangan davlatlarning rivojlanayotgan mamlakatlardan o‘zlariga teng talablarni qo‘yishi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, yaqinda JSTga a’zo bo‘lgan davlatlar bilan muzokaralar nisbatan tezroq o‘tmoqda.

Shu haftada, Azizbek Urunovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi 14 oylik faol muzokaralar yakunlandi. Ushbu natija O‘zbekiston uchun JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi 21-muvaffaqiyatli kelishuvni anglatadi.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Progressiv islohotlar markazi Toshkentda o‘tkazilgan "Yevropa iqtisodiy kunlari" doirasida boshqaruv, siyosiy islohotlar va barqarorlik tashabbuslarini muhokama qilishda ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekistonda boshqaruv tizimini yanada shaffof qilish, javobgarlikni oshirish va jamoatchilik ishonchini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga Yevropa hamkorlari bilan raqamli boshqaruv, barqaror rivojlanish va sanoat innovatsiyalari sohalaridagi hamkorlik aloqalari ta’kidlab o‘tildi.

Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanov reglamentlashtirish ta’sirini baholash va strategik advokatsiya bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

👉 Batafsil videorolikda

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
Progressiv islohotlar markazi hamda «BMT ayollar» tuzilmasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda «BMT ayollar» tuzilmasining O‘zbekiston bo‘yicha vakili Jeren Guven, markaz direktori Mirshohid Aslanov hamda tomonlarning boshqa vakillari ishtirok etdi.

Suhbat davomida tabdirkorlik va xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish muhokama qilindi. Jumladan, genderga asoslangan zo‘ravonlikni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar, ayollarni rahbarlikka tayyorlash dasturlari, ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tavsiyalar va ayollarni iqtisodiy mustaqillikka erishishlari uchun qo‘llab-quvvatlash quvvatlash yo’nalishlarida istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ayollarni rahbarlik va biznes sohalarida ko‘proq ishtirok etishini ta’minlash, davlat idoralarida gender tenglikni joriy etish va ushbu masalalarni ijtimoiy media va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
📈 O‘zbekistonda yashash sifat darajasi qanday?

Progressiv islohotlar markazi 2023-yildagi rivojlanish dinamikasi asosida hududlar reytingini e’lon qildi.

📌 Imkoniyatlar toifasi — bu eng yaxshi hududlarning umumiy reytingini aniqlaydigan yetti toifadan biri.

Progressiv islohotlar markazi hududlarning yashash imkoniyatlarini (3 ta ko‘rsatkich), iqtisodiy imkoniyatlarni (5 ta ko‘rsatkich) va gender tengligini (3 ta ko‘rsatkich) aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarni o‘rganib chiqdi.

Reytingdagi eng yaxshi ko'rsatkichlar:
📍 Toshkent shahri — 83.88 ball
📍 Navoiy viloyati — 82.11 ball

Reytingdagi pastki o‘rinlar:
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 63.09 ball
📍 Andijon viloyati — 60.64 ball

👉 Batafsil saytimizda oʻqing

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirishda nimalar o‘zgardi?

Davlat ko‘magi orqali turli loyihalarni rivojlantirish va moliyaviy manbalarga yo‘l ochishda imtiyozlar yaratildi.

Xo‘sh aynan nimalar o‘zgardi?

👉Navbatdagi videoroligimizda ushbu savolga javob topasiz!

Siyosiy jarayonlardan boxabar bo‘lish uchun bizni kuzatib boring!

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan tabriklaymiz.

Davlat bayrog‘i Vatanimizni dunyo arenalarida tanituvchi timsol bo‘lib, har birimizda ulkan faxr va mas’uliyat tuyg‘usini uyg‘otadi.

Shu kun munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni chin yurakdan tabriklab, mamlakatimizga tinchlik, taraqqiyot va doimo yuqori marralarni zabt etishini tilab qolamiz!

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Studiya 24 | Mirshohid Aslanov - Progressiv islohotlar markazi direktori bilan suhbat
#16nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
📈 O‘zbekistonda tabiiy muhit qanday ahvolda?

Progressiv islohotlar markazi 2023-yilda O‘zbekiston hududlaridagi ekologik holatni o‘rganib, reyting e’lon qildi. Bu reytingda hududlarning tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlari hisobga olingan.

📌 Tabiiy muhit — bu umumiy hududlar reytingini aniqlaydigan yetti muhim yo‘nalishdan biri.

Eng yaxshi ko'rsatkichga ega hududlar:
📍 Toshkent viloyati — 74.10 ball (eng yaxshi ekologik muhit)
📍 Surxondaryo viloyati — 70.97 ball

Eng past ko'rsatkichga ega hududlar:
📍 Jizzax viloyati — 41.75 ball
📍 Buxoro viloyati — 40.35 ball

Tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalarning ushlab qolingan darajasi ham hududlar bo‘yicha sezilarli farq qiladi. Masalan, Buxoro viloyati ifloslantiruvchi moddalarni atigi 1.1 foizga, Jizzax viloyati esa 10.4 foizga ushlab qolgan. Respublikada bu ko‘rsatkich o‘rtacha 36.3 foizni tashkil etadi.

Xulosa: Toshkent viloyatida ekologik muhit yaxshi, lekin Buxoro va Jizzax viloyatlarida tabiiy muhitni yaxshilash zarur.

👉 Batafsil saytimizda oʻqing

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/19 17:37:01
Back to Top
HTML Embed Code: