🎄 Progressiv islohotlar markazi jamoasi hamyurtlarimizni, xorijdagi vatandoshlarimizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan tabriklaydi!
Yangi yil nafaqat bayram, balki kechagi kunga nazar solish va sarhisob qilish, shuningdek, yangi maqsadlar qoʻyish uchun ajoyib imkoniyatdir. Harakatda bo‘ling, intiling, ijod qiling: agar o‘zingizga ishonsangiz va boshqalarni ishontira olsangiz, eng yuqori cho‘qqilarni ham zabt etishingiz mumkin.
2025-yilning har bir kuni Sizga faqat ijobiy his-tuygʻular, yuqori kayfiyat va imkoniyatlar bersin! Xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik tilaymiz, shaxsiy rivojlanish va taraqqiyot yoʻlingizda kuch va omad doimiy hamrohingiz boʻlsin! Eng dadil g‘oyalar va tashabbuslar ro‘yobga chiqsin!
Yangi yil muborak bo‘lsin ✨
@cpr_uz
Instagram | Facebook | X | LinkedIn | Youtube

Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
«Boku Moskva bilan oldingi munosabatlarda qolmaydi» – ekspertlar Oqtovdagi fojia oqibatlari haqida
Fojiaga Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi sabab bo‘lgan. Aliyev Rossiyaga qo‘ygan talablar bu kabi hodisalar takrorlanmasligi uchun tizim yaratishga yordam beradi. Bu esa nafaqat Ozarboyjon, balki Rossiya havo hududidan foydalanayotgan O‘zbekiston uchun ham juda muhim.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 CPR Talks: Davlat tomonidan fuqarolik jamiyatlariga qanday ko‘maklar bor? Ularni moliyalashtirish qanday amalga oshiriladi?
Suhbatimizning ushbu sonida “Dugonalar” nogiron ayollar jamiyati rahbari Shahnoza Mustafayeva bo‘ldi. U bilan nodavlat notijorat tashkilotlarning jamiyat va davlat o‘rtasidagi ko‘prik sifatidagi roli hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi.
Shuningdek, suhbat chog‘ida davlat tomonidan taqdim etilayotgan yordam, qo‘llab-quvvatlash choralari, xalqaro loyihalar va moliyalashtirish masalalari yuzasidan suhbatlashildi.
👉 Suhbatni to‘liq ko‘rish

#infografika
📊 O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlarni rivojlantirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va NNT faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun keng ko‘lamli tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi.
📌 Bugungi kunda 9650 ta fuqarolik jamiyati instituti faoliyat yuritmoqda, ularning aksariyati ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash va inson huquqlari sohalariga yo‘naltirilgan.
Mazkur ishlar ijtimoiy muammolarni hal qilishda yangi yondashuvlarni joriy etish va fuqarolik jamiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yuqoridagi suratda amalga oshirilgan ish natijalarini raqamlarda ko‘rishingiz mumkin.

🎙 CPR Talks: O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘rni qanday?
Suhbatimizning ushbu sonida "Yuksalish" harakati Islоhotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i – rais maslahatchisi Umid Rajabov ishtirok etdi.
U O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat bilan hamkorlikdagi yangi imkoniyatlari hamda ijtimoiy muammolarni hal qilishdagi ahamiyati haqida fikr yuritdi.
Suhbat davomida, xalqaro grantlarning o‘sib borayotgan ulushi va ijtimoiy sheriklikning rivojlanishi kabi masalalar ham muhokama qilindi.
👉 Suhbatni to‘liq ko‘rish
@cpr_uz
Instagram | Facebook | X | LinkedIn | Youtube
Suhbatimizning ushbu sonida "Yuksalish" harakati Islоhotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i – rais maslahatchisi Umid Rajabov ishtirok etdi.
U O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat bilan hamkorlikdagi yangi imkoniyatlari hamda ijtimoiy muammolarni hal qilishdagi ahamiyati haqida fikr yuritdi.
Suhbat davomida, xalqaro grantlarning o‘sib borayotgan ulushi va ijtimoiy sheriklikning rivojlanishi kabi masalalar ham muhokama qilindi.
👉 Suhbatni to‘liq ko‘rish
@cpr_uz
Instagram | Facebook | X | LinkedIn | Youtube
#infografika
📉 Nodavlat notijorat tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qanday imtiyozlar taqdim etilmoqda?
O‘zbekistonda NNTlarni rivojlantirish uchun yangi, zamonaviy qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tizimda nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini soddalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu tizimga ko'ra quyidagilar amalga oshirildi:
🔹 Fond mablag‘lari hisobidan qilinadigan davlat grantlari va ijtimoiy buyurtma loyihalari doirasida daromad solig‘i va ijtimoiy soliq stavkalari 50% ga kamaytirildi.
🔹 2025-yil 1-yanvardan nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, ayollar va bolalar tashkilotlarini ro‘yxatga olish uchun davlat boji 2 baravarga kamaytiriladi.
🔹 Xayriya faoliyatiga oid soliq solinmaydigan miqdor 37,5 million so‘mga oshirildi (ilgari 15 million so‘m edi).

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun qanday soliq imtiyozlari berildi?
🔹 Fond mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalari loyihalari doirasida daromad solig‘i va ijtimoiy soliq stavkalari 50% ga kamaytirildi
🔹Davlat boji nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, ayollar va bolalar tashkilotlarini ro‘yxatga olish uchun 2 baravarga kamaytiriladi.
🔹Xayriya puli uchun soliq solinmaydigan miqdor 37,5 million so‘mga (BHMning 100 baravari) oshiriladi, ilgari bu 15 million so‘m edi.

Progressiv islohotlar markazi hamda Hindistonning elchixonasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Hindiston elchixonasi vakillari Hindistondagi aql markazlarning ahamiyati, ularning innovatsion tashabbuslari va ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi muvaffaqiyatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Tomonlar ilmiy tadqiqotlar, texnologik innovatsiyalar va kadrlar almashinuvi yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish imkoniyati yuzasidan fikr almashdilar.
@cpr_uz
Instagram | Facebook | X | LinkedIn | Youtube
Uchrashuv davomida Hindiston elchixonasi vakillari Hindistondagi aql markazlarning ahamiyati, ularning innovatsion tashabbuslari va ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi muvaffaqiyatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Tomonlar ilmiy tadqiqotlar, texnologik innovatsiyalar va kadrlar almashinuvi yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish imkoniyati yuzasidan fikr almashdilar.
@cpr_uz
Instagram | Facebook | X | LinkedIn | Youtube
Jamoatchilik kengashlari reytingi nima uchun kerak?
Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish doirasida jamoatchilik kengashlari faoliyatini baholash tizimi joriy etildi. Endilikda har yili kengashlar faoliyati reyting asosida baholanadi va natijalari ommaga e’lon qilinadi.
Ushbu reyting jamoatchilik nazoratini mustahkamlash va kengashlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Reyting tizimining muhim jihatlari:
🔹 Kengash a’zolari moddiy rag‘batlantiriladi;
🔹 Davlat organlari budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kengash faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi;
🔹 Kengashlarning faoliyati belgilangan mezonlarga moslashtiriladi.
Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilmoqda.

Forwarded from United Nations in Uzbekistan
BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatorini Sabine Mahl, “Progressiv islohotlar markazi” rahbariyati bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda barqaror rivojlanish va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotga birgalikda ko‘maklashish uchun innovatsion tadqiqotlar va tahlillarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

#statistika
Markaziy Osiyoda yong‘indan vafot etish ko‘rsatkichlari
📈 Bugungi kunda yong‘in xavfsizligi har bir mamlakat uchun dolzarb va strategik ahamiyatga ega masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. "World Health Rankings" ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har 100 000 kishi hisobida 1.70 darajada yong‘inlar sababli fuqarolar vafot etgani qayd etilgan.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida yong‘inlardan vafot etish bo‘yicha Tojikiston (3.37) eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib, Qirg‘iziston esa (1.15) eng past darajada qayd etilgan.
Yong‘inlarning kelib chiqishiga qishloq hududlarda xavfsizlik choralarining yetarli emasligi, elektr tarmoqlarining eskirganligi va xabardorlikning past darajada ekanligi asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Mazkur ko‘rsatkichlar Markaziy Osiyo davlatlarida yong‘in xavfsizligi sohasini yanada takomillashtirish hamda qo‘shimcha choralar ko‘rish kerakligiga ishora qiladi.
❕Qo‘shimcha ma’lumot o‘rnida, Washington Post xabariga ko‘ra, 2025-yil 7-yanvardan beri Los-Anjelesda uchta yirik yong‘in 40 000 akr maydonni vayron qilgan, 12 mingdan ortiq inshootni yo‘q qilgan va 150 mingdan ortiq odamni o‘z uyini tark etishga majbur qilgan.

Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi qanday ishlaydi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida Oliy Majlis huzurida Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi. Ushbu fondning vazifalari quyidagicha:
🔹 Mablag‘larni jamlash va taqsimlash;
🔹 Moddiy-texnik ta’minot va maslahat yordami;
🔹 Ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish;
🔹 Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash.
Fondning tashkil etilishi fuqarolik jamiyati tashkilotlariga samarali yordam ko‘rsatishni, hududiy hamkorlikni kuchaytirishni va xalqaro aloqalarni mustahkamlashni maqsad qiladi.
Ma'lumot uchun: Mazkur fond 45 shtat birligidan iborat bo‘lib, shundan 17 tasi ijro etuvchi devon, 28 tasi esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalar uchun mo‘ljallangan.

#CPRPodcast
20 yildan keyin 'O‘zbek kim?' degan savolga qanday javob bergan bo‘lardingiz?
🎙"CPR Podcast"ning navbatdagi mehmoni — Jahongir Azimov bo‘ldi. Podkast davomida Jahongir Azimov bilan milliy o‘zlik, uning o‘zgaruvchan jamiyatdagi roli va unga nisbatan qarashlar haqida qizg‘in suhbatlashdik.
Shu bilan birga "O‘zbekistonda yana bir kun" kitobi va undagi qahramonlar, milliy o‘zlikning shakllanishi va uning bugungi jamiyatdagi ahamiyati haqida gaplashdik.
👉🏼To‘liq suhbatni tomosha qilish
@cpr_uz
LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube

Markaziy Osiyo davlatlarining ta’limi jar yoqasidami?
2025-yil uchun xalqaro nufuzga ega reyting tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning quyidagi 3 ta universiteti 3004 ta oliy ta’lim muassasasi qamrab olingan reytingga kiritilgan.
Ushbu ro‘yxatdan joy olganlar:
🎓 Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Instituti (1727-o‘rinda)
🎓 Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti – Milliy Tadqiqot Universiteti (2345-o‘rinda)
🎓 O‘zbekiston Milliy Universiteti (2783-o‘rinda)
Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 13 ta universitet bilan reytingga kiritilgan bo‘lib, eng yuqori o‘rni 1547, eng past o‘rni 2976-o‘rinda qayd etilgan. Qirg‘izistonda 2 ta universitet bor, ular 2865 va 2912-o‘rinlarda joylashgan. Tojikiston va Turkmanistondan esa bironta ham universitet xalqaro reytingga kiritilmagan.
Bu natijalar O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining oliy ta’lim tizimini jahon miqyosida yanada mustahkamlash zaruriyatini ko‘rsatadi. Ushbu Quacquarelli Symonds Jahon universitetlari reytingi, Times Higher Education hamda Dunyodagi universitetlarning akademik reytingi kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan.

#ReformUzbekistan
Jamoatchilik kengashlari reytingi nega kerak?
Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish doirasida jamoatchilik kengashlari faoliyatini baholash tizimi joriy etildi. Endilikda har yili kengashlar faoliyati reyting asosida baholanadi va natijalari ommaga e’lon qilinadi.
Ushbu reyting jamoatchilik nazoratini mustahkamlash va kengashlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Bu bo’yicha batafsil videoda tomosha qilishingiz mumkin.

🖥 Zamonaviy dunyoda ayollarga qarshi dezinformatsiya keng tarqalgan. Misol uchun, Angela Merkelning siyosiy faoliyatida, uning rahbarlik qobiliyatlari emas, balki ayol ekanligi tanqidga uchradi.
❓ Nega ayollarning fikr va qobiliyatlari emas, balki jinsiyati asosida ularga qarshi noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatiladi? Bu qanday diskriminatsiyaga olib keladi?
Ushbu savollarga javobni navbatdagi videoroligimizda topasiz.
❕Eslatib o‘tamiz, ushbu video Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan. Uning mazmuni DW Akademie/MJDC/boshqa mualliflarning mutlaqo javobgarligi bo‘lib, Yevropa Ittifoqi nuqtai nazarini aks ettirishi shart emas.
@cpr_uz
LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
❓ Nega ayollarning fikr va qobiliyatlari emas, balki jinsiyati asosida ularga qarshi noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatiladi? Bu qanday diskriminatsiyaga olib keladi?
Ushbu savollarga javobni navbatdagi videoroligimizda topasiz.
❕Eslatib o‘tamiz, ushbu video Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan. Uning mazmuni DW Akademie/MJDC/boshqa mualliflarning mutlaqo javobgarligi bo‘lib, Yevropa Ittifoqi nuqtai nazarini aks ettirishi shart emas.
@cpr_uz
LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#CPRPodcast
O‘zbekistonliklarni nima birlashtiradi?
🎙 "CPR Podcast"ning navbatdagi mehmoni — nashriyotchi, fikr yetakchisi va o‘zbek kitobxonligi rivojiga hissa qo‘shayotgan mutaxassis Firuz Allayev bo‘ldi. U bilan milliy o‘zlik tushunchasi, o‘zbekistonliklik identifikatsiyasi va uning jamiyatimizdagi o‘rni haqida fikrlashdik.
Kitob yoki YouTube? Bugungi kunda yoshlar bilimni qayerdan oladi? Kitobxonlik madaniyati o‘zgarayaptimi? O‘zbek kitob bozorida qanday tendensiyalar bor? Shuningdek, Firuz Allayev o‘zbek tiliga qaysi jahon adabiyoti asarlarini tarjima qilish kerakligi haqida fikrlarini bildirdi.
Bundan tashqari, zamonaviy media, san’at va adabiyotda milliy qahramon qanday tasvirlanishi, yoshlarning qaysi shaxslarni o‘rnak sifatida ko‘rishi lozimligi haqida ham bahslashdik.