Telegram Web
Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida ommaviy yugurish marafoni bo'lib o'tdi

“Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasida “Eco-Save Aral-2025”, “Talaba-yugur”, “Oʻquvchi-yugur“, ”Inson uchun” shiorlari ostida o‘tkazilgan ushbu marafon sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, xalqaro xayriya va ekologik barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Unda viloyatdagi turli tashkilot vakillari, oliy taʼlim muassasalari talabalari, maktab oʻquvchilari, harbiylar, bojxona xodimlaridan iborat jami 5000 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.

Shu bilan birga, marafon doirasida 200 nafar nogironligi boʻlgan yurtdoshlarimiz ham faol ishtirok etib, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash hamda keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shishdi.

Marafon yakunida viloyat yengil atletika federatsiyasi raisi Y.Mirzarahimov gʻoliblarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, diplom, pul mukofotlari hamda esdalik sovgʻalarni tantanali topshirdi.
Bojxona qo‘mitasi Raisi huzurida bo‘lib o‘tgan navbatdagi xizmat yig‘ilishida bojxona organlarining 2025-yilning o‘tgan 4 oyi davomidagi faoliyati sarhisob qilindi, erishilgan natijalar bilan bir qatorda mavjud kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi.

Yig‘ilishda Bojxona qo‘mitasi Markaziy apparati, shuningdek videokonferensiya tarzida hududiy bojxona boshqarmalari, bojxona postlari va tarkibiy tuzilmalar boshliqlari va shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Asosiy e’tibor davlat budjetiga bojxona to‘lovlarni undirish bo‘yicha istiqbolli reja ijrosiga qaratildi, shuningdek qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlari va ularni undirish bo‘yicha ko‘rsatkichlar hududlar kesimida muhokama qilindi.

Aniqlangan bojxona qonunbuzilishlari va o‘tkazilgan bojxona ko‘riklarida raqamlar ketidan quvmasdan, aksincha samaradorlikni oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Joriy yilda respublikada bojxona hududida qayta ishlangan tovarlar eksportini 1,8 mlrd AQSH dollariga yetkazish nazarda tutilgan. Shu boisdan hududlarda bojxona hududida qayta ishlash rejimining afzalliklarini nafaqat keng targ‘ib qilish, balki tadbirkorlarga ushbu rejimda foydalanishlarida har tomonlama amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Qo‘mita Raisi tizimda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga ham batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Davlatimiz Rahbari tomonidan bojxona organlariga bildirilayotgan yuksak ishonch, bojxona xodimlariga ko‘rsatilayotgan chuqur e’tibor va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarga javoban har bir bojxona xodimi o‘z burchiga sadoqat va vatanparvarlik bilan yondashishi zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida unda ko‘rilgan masalalar yuzasidan hududiy bojxona boshqarmalari va postlari boshliqlarining axborotlari tinglandi.

Mas’ullarga mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas vazifa va topshiriqlar berildi.
"Кармелита" саройида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Венгрия Бош вазири Виктор Орбаннинг тор доирадаги ҳамда расмий делегациялар иштирокидаги музокаралари бўлиб ўтди.

Во Дворце «Кармелита» состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Премьер-министра Венгрии Виктора Орбана в узком формате и с участием официальных делегаций.

#Mirziyoyev #tashrif #Vengriya #muzokara

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/05/20 18:33:36
Back to Top
HTML Embed Code: