Telegram Web
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining “Kibermakonda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” bo‘yicha malakasi oshirildi

📍Bugun BMT Giyohvandlik vositalari va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Doha shahridagi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo'yicha mintaqaviy markazida Operatsiyalarni muvofiqlashtirish guruhi xodimlari hamda Idoralararo mobil guruhi vakillari uchun tashkil qilingan 5 kunlik o‘quv-seminari yakunlandi.

ℹ️Seminar ishtirokchilariga kibermakonda narkotiklar savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ishlashda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish shuningdek, targetlash hamda profayling tizimlari uchun indikatorlar yaratish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o’tkazildi.


💡O‘quv kursining yopilish marosimida delegatsiya vakillariga Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash markazi boshlig'ining o'rinbosari Jassim Yousuf Al-Kuwari va BMT Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining xalqaro dastur kordinatori Yusuf Kurbonovlar tomonidan “Kibermakonda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” mavzusidagi darslarni o’zlashtirganligi bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.

📝Shuningdek, ushbu seminarni tashkil qilishda ko’rsatgan ko’magi va hamkorligi uchun BMT NJBning Dohadagi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo'yicha mintaqaviy markazi boshlig‘i Mustafa Ertenga Milliy markaz direktorining minnatdorchilik maktubi yetkazildi.


🔖Mazkur treningda Milliy markaz, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda Bojxona qo'mitasida faoliyat olib borayotgan 22 nafar xodimning bilim va malakasi oshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring

🖥 Web-sayt | 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔈MXIK kodlari qo‘llanilishi bo‘yicha muhim ma’lumotlar

💻Amaliyotda MXIK (Milliy katalog - Mahsulot va xizmatlar identifikatsiyalash kodi) kodlarini qo‘llash bilan bog‘liq turli savollar va e’tirozlar kelib tushmoqda. Bojxona qo‘mitasi tomonidan eng ko‘p uchrayotgan savollardan kelib chiqib, quyidagilar ma’lum qilinadi:

1️⃣MXIK kodi BYuDning qaysi grafasida ko'rsatiladi?
🟢MXIK kod BYuDning 44-grafasi 875-bandida ko'rsatiladi.

2️⃣Qaysi bojxona rejimida MXIK kodlari to‘ldiriladi?
🟢MXIK kodlari “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimidagi BYUDlarda to‘ldiriladi.
🟢 Boshqa bojxona rejimlarida majburiy emas!

3️⃣Tovar birinchi marta import qilinayotgan bo‘lsa, MXIK kodi talab etiladimi?
🟢 Agar tovar Respublikaga birinchi bor import qilinayotgan bo‘lsa, ya’ni tasnif.soliq.uz saytida mavjud bo‘lmasa, yukni rasmiylashtirayotgan MED bojxona postiga murojaat qilib rasmiylashtirish mumkin.

4️⃣MXIK kodlarining asosiy maqsadi nima?
🟢 Xo‘jalik subyektlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlash,
🟢 Yashirin iqtisodiyotning qisqartirish,
🟢 Kontrafakt tovarlarga qarshi kurashish.
MXIK kodlari tahlil, monitoring va nazorat ishlarida foydalaniladi.

⚡️ BYuDda ko‘rsatilgan MXIK kodlari keyinchalik nimalarda qo‘llaniladi?
🟢 Import tovarlar harakatini yakuniy iste’molchigacha nazorat qilish va kuzatib borishda.

⚡️ MXIK kodini aniqlash yuzasidan kimga murojaat qilish kerak?
🟢 Soliq qo‘mitasi qoshidagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy axborot markazi — Milliy katalog operatori.
🟢 Murojaat uchun: tasnif.soliq.uz

📹 Video qo‘llanma:
📹MXIK kodlari bo‘yicha savol-javoblar

7️⃣ MXIK kodini topishning sodda usullari mavjudmi?
🟢 Ha, tasnif.soliq.uz sayti orqali 6 ta usulda qidirish mumkin:

🔎Qidiruv panelidan foydalanish
🔍TIF TN kodi (4 raqam) orqali
⌨️Maxsus so‘rovnoma orqali
⬇️Katalogni yuklab olish va boshqalar

▶️ Video qo‘llanma:
🔗 MXIK kodini izlash

8️⃣ MXIK kodlari bo‘yicha kimlar bilan bogʻlanish mumkin?
🟢“Yangi texnologiyalar” ilmiy axborot markazi — Tovar va xizmatlar klassifikatori bo‘limi
📞 Telefon: 71 202-32-32 (ichki: 513, 529, 423, 548, 469),
📞Qisqa raqam: 1198

Hozirgi kunda Bojxona qo‘mitasi tomonidan MXIK kodlariga asoslangan xavf indikatorlari, shu jumladan noqonuniy tovarlar aylanmasini hamda bojxona to‘lovlaridan qochishga qaratilgan urinishlarni oldini oluvchi mexanizmlar ishlab chiqilmoqda.

😔 Bojxona qo‘mitasi “Bojxona tadbirkorga ko‘makchi” shioriga sodiq qolib, qonuniy faoliyat yuritib kelayotgan TIF ishtirokchilariga doimo qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyor!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hududlardan xabarlar...

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh poytaxtimizdagi tadbirkorlarga "Bojxona hududida qayta ishlash" rejimining imkoniyatlari va afzalliklari yuzasidan ma’lumot berishdi.

Surxondaryo viloyatida xorijiy investitsiya loyihalarining muvofiqlashtirilishi faol davom etmoqda.

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi mas’ullari hududdagi tekstil korxonasida bo‘lib, tadbirkorning taklif va mulohazalarini tinglashdi.

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan qator sayyor uchrashuvlar tashkil qilindi.

Qashqadaryo hamda Farg‘ona viloyatlari bojxona boshqarmalari tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish maqsadida bojxona postlarida so‘rovnomalar o‘tkazildi.
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan


Odamzot oziga shukur qilish kerak. Hamma narsaga erishishning iloji yo‘q. Bitta yaxshi hikoya yozsang yoki o‘qisang, bir she’rdan ta’sirlansang shunga xursand bo‘l. Faqat badbin bo‘lmasang, hasadgo‘y bo‘lmasang – birovning bog‘i senikidan yaxshiroq, yashilroq tuyulmasa bo‘ldi.

Murod Muhammad Do'st
#kun_tarixi

BOJXONADA KUN TARIXI


1999-yil 12-iyul -
Hukumat qarori bilan 1999-yil 1 yanvardan boshlab “Bakri Investindo” (Indoneziya) kompaniyasining "Le Meridian” mehmonxona kompleksi mehmonxonani rekonstruksiya qilish va butlash uchun olib kelinadigan asbob-uskunalar va materiallar uchun 2000-yil 1 yanvargacha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etildi. Qaror 2021-yil 22 fevralga qadar amal qildi.

2002-yil 12-iyul – Hukumat qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar transport va transport-ekspeditorlik tashkilotlari orqali olib kelinganda yagona boj to‘lovi joriy qilindi.

2006-yil 12-iyul – Hukumat qarori bilan O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro safarlari haqida imzolangan Bitim tasdiqlandi.

2011-yil 12-iyul - Bojxona organlari tomonidan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi TIF TNga muvofiqligini tasniflash to‘g‘risidagi dastlabki qaror qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish kiritildi. Hujjat 2016-yil 2-mayga qadar amal qildi.

2017-yil 12-iyul - Xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibi tasdiqlandi. Hujjat 2022-yil 4-martga qadar amal qildi.

2022-yil 12-iyul - O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi bilan bog‘lovchi “Malik” va “Oqoltin” chegara bojxona punktlari faoliyati qayta tiklandi.
#bojxona_dunyo_buylab

BOJXONA DUNYO BO'YLAB

Jahon bojxona tashkilotining salohiyatni oshirishga qaratilgan yangi paradigmasi qabul qilindi.
Unda tashkilot salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash bo‘yicha yangicha yondashuvlar nazarda tutilgan.

Jahon bojxona tashkiloti Amerika va Karib dengizi mintaqasida intellektual mulk huquqlarining himoyasiga qaratilgan "FRONPIAS" operatsiyasini o‘tkazdi.
Operatsiya doirasida qariyb 14 million dona qalbakilashtirilgan yoki mualliflik huquqi buzilgan intellektual mulk, salomatlik va xavfsizlikka doir tovarlar musodara qilindi.

AQSH Chegara va bojxona xizmati vakillari Eagle Pass portida qora bozordagi qiymati 517 ming AQSH dollaridan ziyod bo‘lgan 12,2 kg. "geroin"ni avtomashinadagi qandolat mahsulotlari orasida olib kirishga urinishni fosh qilishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_intervyusi

KUN INTЕRVYUSI (27-son)

Bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarning samarasi yuzasidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘zlari so‘z yuritishadi.

Loyihaning navbatdagi mehmoni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegayli tumanida faoliyat olib boruvchi parrandachilik korxonasi rahbari  Shuxratbek Aliyev
2025/07/13 01:45:28
Back to Top
HTML Embed Code: