Telegram Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ChatGPT 2024-yilning dekabr oyida O‘zbekistondagi eng ommabop veb-saytlar orasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rossiya Krivoy Rog shahridagi taʼlim muassasasi va turar-joy binolariga zarba berdi

Dnepropetrovsk viloyati politsiya boshqarmasiga ko‘ra, ballistik raketa zarbasi natijasida 4 kishi halok bo‘lgan.

@daryo_live
Putinning Ukrainaga hujumini tanqid qilgan tojikistonlik 7 yilga qamaldi

Novosibirskdagi sud Dalerjon Ochilovni umumiy tartibli koloniyaga jazo o‘tashga hukm qildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Ukrainadagi urush haqida “bila turib yolg‘on ma’lumot bergan, “Mudofaa vazirligi harbiylariga ochiqdan-ochiq hurmatsizlik bildirib”, rus ayollarini haqorat qilgan va Putinning Ukrainaga bostirib kirish qarorini qoralagan.

@daryo_live
Andijonda katta tezlikda harakatlangan Spark daraxtga borib urildi

Hodisa oqibatida vafot etgan va tan-jarohati olganlar bor.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Netanyaxu siyosiy sabablarga ko‘ra urushni uzaytirishga uringandi" — Alon Pinkas

Sobiq isroillik diplomat Alon Pinkasning CNN telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, Donald Tramp Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvning asosiy sababchisi bo‘lgan.

"O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga ancha avval erishish mumkin edi, ammo Netanyaxu takliflarni rad etgan. HAMAS ham bunday takliflarga yon bosmagan bo‘lishi mumkindir, lekin ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, o‘t ochishni to‘xtatish taklifini Netanyaxu qabul qilmagandi. U “siyosiy sabablarga ko‘ra” mojaroni uzaytirishga uringan deb hisoblayman", dedi Alon Pinkas.

@daryo_live
Xitoy raisi Si Szinpin AQSHning saylangan prezidenti Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda Sinxua nashri

@daryo_live
❗️Isroil hukumati HAMAS bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi

@daryo_live
Tramp amerikalik taniqli kino yulduzlar va o‘zining uzoq yillik tarafdorlari — Silvestr Stallone, Mel Gibson va Jon Voytni "gollivuddagi elchilari” etib tayinladi

Tramp ushbu g‘oyat iste’dodli shaxslar uning "ko‘zi va qulog‘i bo‘lishini, ular nimani taklif qilsa, shuni amalga oshirishi"ni aytdi.

@daryo_live
Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov lavozimidan ozod etildi

U 2022-yilning dekabr oyidan buyon ushbu lavozimga faoliyat olib borayotgandi.

@daryo_live
Farrux Rustamov “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi

@daryo_live
Bayden 2,5 mingga yaqin mahkumning hukmini yengillashtirdi

Uzoq muddat qamoq jazosiga hukm qilingan fuqarolar, shuningdek, endilikda amal qilmaydigan eski qonunlar bo‘yicha hukm qilinganlar ham afv etildi. Oq uy saytida ta’kidlanishicha, ushbu jinoyatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar zo‘ravonliksiz amalga oshirilgan.

@daryo_live
Tramp lavozimga kirishishi bilan keskin immigratsiya siyosatini qo‘llashi kutilmoqda

Saylangan prezident inauguratsiyadan keyin Amerika tarixidagi eng yirik noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish operatsiyasini o‘tkazish rejasini aytgan edi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAMAS birinchi garovga olinganlarni hafta oxirida ozod qiladi

Ushbu ro‘yxatga kibuslardan va “Nova” musiqiy festivalidan o‘g‘irlangan besh nafar fuqaro ayol, ikki nafar bola, Isroil mudofaa kuchlarida xizmat qilayotgan besh nafar ayol, 50 yoshdan oshgan o‘n nafar erkak va 50 yoshdan kichik o‘n bir nafar erkak kiritilgan.

Buning evaziga Isroil 2000 ga yaqin falastinlik mahbuslarni, shu jumladan, umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan 250 nafar mahbusni ozod qilishi kutilmoqda.

@daryo_live
Rossiya va Eron tajovuz holatlarida tomonlarning harakatlarini belgilab beruvchi shartnoma imzoladi

Hujjatda Moskva va Tehronning bir tomonlama, jumladan, eksterritorial xususiyatga ega bo‘lgan majburlov choralarining qo‘llanishiga birgalikda qarshi turishlari ham ko‘zda tutilgan.

@daryo_live
Rossiya Federatsiyasining Kaluga viloyati Lyudinovo shahridagi neft omboriga dron zarbalari berildi

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQSh Senati migrantlarni deportatsiya qilishni nazarda tutuvchi qonunni ma'qulladi

Leyken Rayli qonuni qotillikdan tortib do‘konlarni o‘g‘irlashgacha bo‘lgan jinoyatlarda ayblangan har qanday noqonuniy migrantni deportatsiya qilishni nazarda tutadi. Bu amnistiyaga tuzatishlar kiritilmagan holda qabul qilingan so‘nggi o‘n yilliklardagi birinchi immigratsiya qonuni hisoblanadi.

@daryo_live
2025/01/18 03:59:26
Back to Top
HTML Embed Code: