Telegram Web
“Embraer 190 halokati haqidagi soxta ma’lumotlar tarqalishining oldini olish zarur” — To‘qayev

Qozog‘iston yetakchisi hukumat komissiyasi va bosh prokuraturaga aviahalokat sabablarini har tomonlama tekshirishni ta’minlashni topshirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/SBlWkCvQ

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Turkmaniston havo yo‘llari fevral oyiga qadar Moskvaga parvozlarni to‘xtatdi

Avvalroq Ozarbayjon havo yo‘llariga qarashli yo‘lovchi samolyoti halokatini tergov qilish fonida bir qancha xorijiy aviakompaniyalar Rossiyaga parvozlarni to‘xtatgan edi.

Batafsil — https://daryo.uz/SJSDXhUP

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Putin Aliyevdan Oqtovdagi aviahalokat uchun uzr so‘radi

Rossiya yetakchisi qurbonlarning oila aʼzolariga yana bir bor chuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Batafsil — https://daryo.uz/SJqLmHfx

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Magnus Karlsen jinsi shim kiygani uchun shaxmat bo‘yicha jahon chempionatidan chetlatildi

Norvegiyalik shaxmatchi norozilik belgisi sifatida blits bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etishdan ham voz kechdi.

Batafsil — https://daryo.uz/SWmA15oo

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Xelsinkida shahar tarixidagi eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Tabiiy ofat bir daqiqadan kamroq davom etgan.

Batafsil — https://daryo.uz/S6mA7Z2w

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Putin To‘qayev bilan AZAL samolyoti halokatiga bog‘liq vaziyatni muhokama qildi

Telefon orqali muloqot Moskva tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Batafsil — https://daryo.uz/S6i46OBs

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Kobul Afg‘onistonga zarbalarga javoban Pokistonning bir qator tumanlariga hujum uyushtirdi

Ikki mamlakat chegarasidagi janglar 27-dekabr oqshomidan beri davom etmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/SzdLytbl

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Ozarbayjon rossiyaliklarga nisbatan mamlakatda bo‘lish qoidalarini kuchaytiradi

Ushbu choralar Rossiyaning migratsiya siyosatidagi Ozarbayjon fuqarolariga ham ta’sir etuvchi o‘zgarishlarga javoban ishlab chiqilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/Szu5wL9M

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Janubiy Koreyada yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Samolyot bortida 175 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. 28 kishi halok bo‘lgani ma’lum .

Batafsil — https://daryo.uz/SStpQk7F

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Janubiy Koreyaning vaqtinchalik prezidenti aviahalokatda hech bo‘lmasa yana bir kishining jonini saqlab qolishga chaqirdi

Choy Sang Mok voqea yuz bergan joyga zudlik bilan yetib keldi va hukumat yig‘ilishini o‘tkazdi.

Batafsil — https://daryo.uz/SGUhYje3

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
“Samolyot Grozniy yaqinida tashqi ta’sir oqibatida shikastlangan va boshqaruvni yo‘qotgan” — Ilhom Aliyev

Ozarbayjon prezidenti aviahalokatning faktlarga asoslangan versiyasini ma’lum qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/SBuNSPFI

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
“Halok bo‘lganlardan omon qolganlar ko‘p” — shassi ochilmay qolishi oqibatida ro‘y bergan aviahalokatlar

29-dekabr kuni Tailanddan Janubiy Koreyaga uchib kelgan samolyot aeroportga shassisiz qo‘ngani tufayli avvaliga yonib, so‘ngra ikkiga bo‘linib ketdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bortda bo‘lgan 175 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosidan 179 kishi halok bo‘lgan. Faqatgina ikki kishi — bir yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan biri omon qolgan. Dunyo tarixida havo laynerlarining shassisi ochilmay qolishi tufayli ro‘y bergan aviahalokatlar talaygina. Raqamlarga ko‘ra, ularda qurbon bo‘lganlardan ko‘ra, omon qolganlar soni ko‘proq. “Daryo” ana shunday hodisalarning tafsilotlarini bitta maqolada jamladi.

Batafsil — https://daryo.uz/SJPAIMEW

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Ozarbayjon prezidenti aviahalokat yuzasidan Rossiyaga talablar qo‘ydi

“Bizni xafa qilgani va hayratga solgani shuki, Rossiya rasmiy tuzilmalari qandaydir gaz ballonining portlashi haqida taxminlarni ilgari surishdi”, dedi Aliyev.

Batafsil — https://daryo.uz/SJaUtH2d

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Kanadaning Galifaks aeroportida samolyot qo‘nish chog‘ida yonib ketdi

Yo‘lovchilarning so‘zlariga ko‘ra, qo‘nish paytida samolyot shassisining g‘ildiraklaridan biri ishlamay qolgan.

Batafsil — https://daryo.uz/SHUkQaGj

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Norvegiyada favqulodda qo‘nish chog‘ida yo‘lovchi samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi

Amsterdamga qarab uchayotgan Boeing 737-800 samolyoti bortida 176 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Batafsil — https://daryo.uz/SWuKmszs

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Janubiy Koreyada bir haftalik motam e’lon qilindi

Samolyot yonib ketishi oqibatida 179 kishi halok bo‘ldi, ikki kishi omon qoldi.

Batafsil — https://daryo.uz/SWtARuaV

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Yangi yil kechasi Yerni magnit bo‘roni qoplaydi

Quyoshda 29-dekabr kuni X sinfidagi kuchli chaqnash sodir bo‘ldi.

Batafsil — https://daryo.uz/S6hAKVUA

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
“Uchuvchilar omon qolmasliklarini bilgan” — Ozarbayjon prezidenti

Ilhom Aliyevga ko‘ra, samolyot to‘liq yonganida Rossiya uni o‘qqa tutganini aniqlash imkoni bo‘lmasdi.

Batafsil — https://daryo.uz/S6aAIv6S

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
BAAda ham samolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor

Bu samolyot bilan yuz bergan bir haftda ichidagi to‘rtinchi hodisadir .

Batafsil — https://daryo.uz/SzVLcp9E

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Polsha Belarus bilan chegarani yopish uchun devor quradi

Kelgusi oylarda Kaliningradga yetib boradigan yangi yo‘l ham qurish rejalashtirilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/SzhAQzYI

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
2025/06/29 23:35:39
Back to Top
HTML Embed Code: