Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
20286 - Telegram Web
Telegram Web
Hurmatli matbuotimiz fidoyilari!
Qadrli ommaviy axborot vositalari xodimlari!


‼️ Siz aziz va qadrli jurnalistlarni, matbaa va nashriyot, televideniye, radio sohasining jonkuyar ijodkorlarini, soha faxriylarini 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan Oila va xotin-qizlar tizimi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Yaratuvchanlik va farovonlikni har qadamda ta’min etish uchun zarur bo‘lgan davlat boshqaruvi hamda xalq o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aynan Sizlardagi jonkuyarlik va fidoyilik timsolida namoyon bo‘ladi.
So‘nggi yillarda yurtimizda milliy matbuotimizni izchil rivojlantirish, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalari mustaqilligiga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlar sohani taraqqiy ettirishda yanada ulug‘vorlik kasb etmoqda. Bu jarayonda, albatta, Siz azizlarning munosib ishtirokingiz, muhim o‘rningiz bor!
Har qanday kasb ezgulikka xizmat qilar ekan, shubhasiz, xalq nazarida ulug‘vor, jamiyat hayotida qadrlidir. Shu ma’noda zimmangizdagi ulkan va zahmatli mehnatni ulug‘lab, shu kasbdan qadr va sharaf topib kelayotganingiz Sizga Yaratganning inoyatidir.
‼️ Qadrli soha fidoyilari!
Sizlarni yana bir bor bugungi qutlug‘ va sharafli kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklaymiz.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilangizga baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik va fayzu barakot, ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyat tilaymiz.


Hurmat bilan,

Ozoda Parpiboyeva, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube❗️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Studiya 24 | Saodat Boymirzayeva - II darajali “Sog`lom avlod uchun” ordeni sohibasi bilan suhbat
#27june #uzbekiston24

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube❗️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌Toshkent tumanida qaror ijrosi ta’minlanmoqda

Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi ijrochi direktori U.Ismoilov, Respublika xotin-qizlar tadbirkorlik markazi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi H.Siddiqova, Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari Z.Mirgaziyevalar Toshkent viloyatining Toshkent tumanida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 7-mart sanasidagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli Qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.

Batafsil

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube❗️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
Kogon tuman hokimligi binosida “Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish maqsadida kasb-hunarga o‘qib, sertifikat olgan, oilaviy daromadini oshirish istagi bo‘lgan
57 nafar xotin-qizlarga  subsidiya asosida tikuv mashinkasi jamlanmalari topshirildi.
Shuningdek, "Ayollar daftari"ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtojligi bor boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan, farzandlari nogiron xotin-qizlarimizning 125 nafariga "Ayollar daftari" jamg‘armasi hisobidan bir martalik moddiy yordamlar ajratildi.

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Studiya 24 tok shou | Nima uchun o'g'il va qizlarning ta'limiga bir xil e'tibor berish muhim?
#28june #uzbekiston24

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30 iyun – Yoshlar kuni oldidan:  
      Rahbar va yoshlar uchrashuvi


Viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida  "O‘zbekiston -2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida"gi mamlakatimiz rahbarining 37-sonli Farmoni 85-bandi ijrosini ta’minlash hamda 30 iyun – Yoshlar kuni oldidan Marg‘ilon shahri va Qo‘shtepa tumani yoshlari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

 🔴Uchrashuv oldidan  viloyat hokimi o‘rinbosari Komila Anvarovna yoshlarni, ularning ota-onalarini Prezidentimiz tashabbuslari bilan nishonlanib kelinayotgan Yoshlar kuni bilan qizg‘in muborakbod etdi hamda yoshlarning tizimga doir taklif va mulohazalari bilan qiziqdi.

Shundan so‘ng, uchrashuv davomida ishtirokchilar so‘zga olishib, davlatimiz va hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar haqida gapirib o‘tishdi.

O‘zlarining hunarmandchilik, tadbirkorlik, oliy ta’lim va turli sohalarda olib borayotgan amaliy ishlari, yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar.

🔴Bayramoldi tadbiriga shahar madaniyat Uyi san’atkorlarining musiqiy dasturlari va bolajonlarning sho‘x raqslari o‘zgacha fayz kiritdi.

🔴Uchrashuv so‘ngida bir guruh yoshlarga bayram sovg‘alari topshirildi.    
             
🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube❗️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 15:29:09
Back to Top
HTML Embed Code: