Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Dehqonobod tumanida navbatdagi ochiq sud majlisi va fuqarolar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi

Maʼlumki, deyarli har hafta jinoyat ishlari boʻyicha Dehqonobod tuman sudi tomonidan oʻtkazib kelinayotgan sayyor sud majlislari ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borilmoqda. Biroq, bugungi sayyor sud majlisining taʼsirchanligi va natijadorligi oʻzgacha ahamiyatga ega boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasiga koʻra, imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanishi va ijtimoiy adolat printsiplariga mos boʻlishi shartligi haqida normalar mavjud. Soʻnggi yillarda oilaviy tadbirkorlikni, kichik biznesni rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish maqsadida bir qator davlat dasturlari qabul qilinib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda.
Bu boradagi asosiy maqsad esa, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasiga muvofiq, fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻrishdan iborat. Biroq, soʻnggi yillarda bu borada ajratilayotgan imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish va maqsadsiz foydalanish bilan bogʻliq holatlar uchrayotgani sir emas.

Bugungi ochiq sayyor sud majlisida, keng jamoatchilik, jumladan hokim yordamchilari, banklar, taʼminotchi korxonalar ishtirokida aynan shu kabi holat bilan bogʻliq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblangan Sh.D.ga oid jinoyat ishi koʻrib chiqildi. Bu borada hokim yordamchilari va banklar tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatoliklar, jinoyatning kelib chiqishiga sababchi boʻlgan omillar koʻrsatib berildi va kelgusida yoʻl qoʻymaslik borasida aniq misollar keltirilgan holda tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Jinoyat ishlari boʻyicha Dehqonobod tuman sudining tashabbusi bilan tuman hokimligi, prokuraturasi va DXX tuman boʻlimi hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurash va Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda keng jamoatchilik, faollar, tibbiyot, bank, xalq taʼlimi, “Inson” ijtimoiy markazi, mahalla va boshqa tuman tashkilotlari, korxonalar, muassasalar vakillari ishtirok etdi.

Xususan, tuman sudi raisi Sh.Baxtiyorov tomonidan 2025-yilning soʻnggi 6 oyi davomida tuman hududida sodir etilgan jinoyatlar tahlilidan kelib chiqib, har bir jinoyat va huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish imkonining boʻlgani, bu borada bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish lozimligi, shuningdek korrupsiyaviy jinoyatlar, ularning sodir boʻlishiga sababchi boʻlgan omillar, kelgusida bunday holatlarga chek qoʻyish uchun bajarilishi kerak boʻlgan vazifalar haqida toʻxtalindi.

Bundan tashqari, tuman prokurori O.Usanov va DXX tuman boʻlimi boshligʻi Sh.Sanaqulovlar bu borada yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, xususan befarqlik, eʼtiborsizlik, atrofdagi vaziyatga oʻz vaqtida baho bermaslik kabi illatlar jinoyat va huquqbuzarlik sodir boʻlishiga sabab boʻlganligini aniq misollar bilan keltirib, kelgusida har birimiz daxldorlik hissi bilan mehnat qilishimiz lozimligi haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Bunday sayyor sud majlislari va yigʻilishda bildirgan fikr-mulohazalar kelgusida oʻz samarasini berishiga, korrupsiyaga qarshi kurash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga muhim ahamiyat kasb etishiga shubha yoʻq.

Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining Dehqonobod kaliy zavodi yoshlari bilan Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

🔷Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Odil Temirov Dehqonobod kaliy zavodiga tashrif buyurib, korxonada mehnat qilayotgan yosh mutaxassislar bilan uchrashdi.

🔷Rahbar va yoshlar uchrashuvida korxonada faoliyat yuritayotgan 150 nafarga yaqin yosh mutaxassis ishtirok etdi.

🔷Shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Qarshi davlat texnika universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filiali, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining amaliyotchi talabalari qatnashishdi.

🔷Tadbir “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan boʻlib, ochiq va samimiy muloqot ruhida oʻtdi.

🔷Unda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berishdi hamda rahbariyat tomonidan batafsil javoblar olishdi.

🔷Tadbir doirasida “Yoshlar oyligi”da oʻtkazilgan sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual oʻyini gʻoliblari, shuningdek, korxona hayotida faol ishtirok etgan yoshlar tantanali taqdirlandi. Ularga diplom va sertifikatlar, shuningdek, qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.

🔷Uchrashuv davomida Odil Temirov yoshlarning tashabbuslari, ularni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari, ishlab chiqarishdagi oʻrni va yetuk mutaxassis sifatida kamol topishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida alohida taʼkidladi.

🔷“Oʻzkimyosanoat” AJ yosh kadrlar bilan ochiq muloqot va ularning shaxsiy hamda kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashishni oʻzining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab kelmoqda.

😄 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati

Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DEHQONOBOD TUMANI FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI OGOHLANTIRADI:

NEGA XAVFLI?
Geomembrana silliq va sirpanchiq bo‘lib, suvda harakatlanishni qiyinlashtiradi. Suvga tushgan odam sirpanib, chiqolmay qolishi mumkin. Havzalar chuqur va tik bo‘lgani sababli cho‘kish xavfi yuqori. Atrofda najot vositalari va kuzatuv tizimi mavjud emas. Bolalar va yoshlar uchun ayniqsa xavflidir!

💧 BU HAVZALAR NIMA UCHUN MO‘LJALLANGAN?
Mazkur suv havzalari qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari — sug‘orish, baliqchilik va suv zaxirasini saqlash uchun mo‘ljallangan.

‼️ SUZISH YOKI CHO‘MILISH UCHUN EMAS!
🚫 Havzaga tushmang. 🚫 Bolalarni nazoratsiz qoldirmang. 🚫 Belgilar va ogohlantirishlarga e’tibor bermaslik — hayot uchun xavfli!

🔎 NIMA QILISH KERAK?
☑️ Farzandlaringizga bu joylarning xavfli ekanini tushuntiring. ☑️ “Suzish mumkin emas” belgilariga amal qiling. ☑️ Xavfli holatni ko‘rsangiz — darhol FVVga xabar bering.

📞 Favqulodda vaziyatlar xizmati: 112

KANALGA ULANISH:
@DEHQONOBODPRESS
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Мўғулистонга тарихий давлат ташрифи икки томонлама муносабатларда мутлақо янги босқични бошлаб берди.

Исторический государственный визит Президента Шавката Мирзиёева в Монголию открыл совершенно новую веху в двусторонних отношениях.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banklari ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qaroriga asosan Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani O`zbekiston mahallasining batafsil rejalashtirish loyihasi hamda unga chegaradosh bo‘lgan Bo`ston, Oydin yo`l, Yashnobod , Dehqonobod va Paxtachi mahallalari hududlarini rivojlantirish sxemalari ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 38-moddasiga asosan “Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasi” talablariga asosan ishlab chiqilgan bosh reja loyihalari yuridik va jismoniy shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilish uchun havola qilinmoqda.

Qashqadaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi maʼlumotlariga asosan tayyorlandi.

Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress
#Tayinlov

Ernazarov Ulug‘bek Rahmatillayevich “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U.Ernazarov bunga qadar “Hududgaztaʼminot” AJ boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
2025/06/26 10:08:56
Back to Top
HTML Embed Code: