Telegram Web
⚡️"Raqamli avlod qizlari-2025" Respublika tanlovi g'olib qizlarining AQSH davlatiga "Ta'lim sayohati" Vashington shahridan boshlandi.

Ushbu safar davomida Oq Uy, Linkoln xotira majmuasi, Vashington monumenti, Kongress kutubxonasi va Kapitol binosi kabi shaharning siyosiy hamda ijtimoiy hayotida muhim o'rin tutadigan joylariga sayohat qilishdi.

Ta'lim sayohati ishtirokchilari ushbu davlatning tarixi, siyosati, turli sohalar bo'yicha o'ziga xosliklari haqida muhim ma'lumotlarga ega bo'lmoqdalar

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
30🔥10🤯4😍3👍1
#таълим_саёҳати
#Raqamli_avlod_qizlari

Ayni kunlarda ta’lim sayohati bilan AQSHda bo‘lib turgan "Raqamli avlod qizlari-2025" tanlovi g‘oliblari "Yoshlar forumi"da ishtirok etishdi.

Mazkur forum O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan.

📍 Forum davomida "Digital Generation Uzbekistan" NNT rahbari Azamat Djalalov spiker sifatida ishtirok etib, loyiha maqsadi, kelgusidagi vazifalar va rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.


Taqdimot qizg‘in muhokamalar, takliflar va savol-javoblarga boy holda o‘tdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
19👍8🔥7😍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DG girls in the USA🇺🇸🇺🇿

No comment…

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
27🔥16👍4👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌"Raqamli avlod qizlari-2025" g‘oliblarining  AQShga Ta’lim sayohati davom etadi...

Navbatdagi muhim manzilimiz Dunyoning Birinchi raqamli Massachusetts Institute of Technology (MIT) universiteti bo'ldi📍

Safarimiz MIT Media Lab tarkibidagi "Jerome Lemelson markazi" bilan boshlandi.

Ma'lumot uchun: Bu markaz — ilm-fan, dizayn va texnologiyani uyg‘unlashtirgan holda ijtimoiy ahamiyatga ega ixtirolar ustida ishlovchi laboratoriya hisoblanadi.

Aynan shu yerda mashhur "Scratch" dasturlash platformasi va birinchi interaktiv ijtimoiy robotlardan biri bo‘lgan "Jibo" yaratilgan.


Keyinchalik  MITning eng noodatiy binolaridan biri — arxitektor "Frank Gehry" tomonidan loyihalashtirilgan "Stata Center" bilan tanishishdi. Bu yerda Materialshunoslik va muhandislik bo‘limining zamonaviy laboratoriyalari, ma’ruzalar zallari va tadqiqot maydonlari joylashgan bo‘lib, binoning o‘zi ham MITdagi kross-dissiplinar yondashuvni ifodalaydi.

Tashrif yakunida MITning ramziy joylaridan biri — "Great Dome" gumbazi ostida joylashgan "Barker muhandislik kutubxonasi" ko‘zdan kechirildi.

🗣️Bu kutubxona — universitetdagi ilmiy izlanishlarga asos bo‘lib xizmat qiluvchi muhim ilmiy markazlardan biridir.

🌐 "Ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar markazi bo‘lgan MIT kelajakdagi orzulari sari qat’iyroq intilish, yangilik yaratish va global miqyosda fikrlashga ilhom bag‘ishladi"- deydi ishtirokchilardan biri Zohidabonu

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
13👍4🔥3😍1
"Raqamli avlod" jamoasi barcha yoshlarimizni 30 - iyun - Yoshlar kuni bilan tabriklaydi!

Aziz va g‘ayratli yoshlar!

🌟 Siz – yurtimiz kelajagi, ishonchli tayanchi va eng katta boyligisiz!
Bugungi kunda sizlarning bilimga chanqoqligingiz, tashabbuskorligingiz, yurt ravnaqi yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz barchamizga faxr bag‘ishlaydi.

📝 O‘z oldingizga katta marralarni qo‘ying, orzu qiling, izlaning, yangilik yarating!
Biz sizga ishona­miz va doimo qo‘llab-quvvatlaymiz!

🇺🇿 Har biringizning hayotingizda ezgu yutuqlar, porloq g‘alabalar va baxtli onlar bo‘lishini tilaymiz!
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
👏5🔥32👍2
Бугун, Ёшлар кунида Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар билан учрашув ўтказади ҳамда бир гуруҳ йигит-қизларга давлат мукофотларини топширади.

Тадбирда ёшларни қўллаб-қувватлаш, салоҳияти ва иқтидорини юзага чиқариш бўйича янги ташаббуслар илгари сурилади, илҳомлантирувчи мисоллар, мамлакатнинг эртанги кунини белгилашга қодир ғоялар ва ечимлар тақдим этилади.

Шунингдек, давлатимиз раҳбари иқтидорли ёшлар билан мулоқот қилиб, уларнинг инновация, "яшил" иқтисодиёт, креатив саноат, тадбиркорлик ва IT соҳаларидаги илғор ишланмалари ва ютуқлари билан танишади.  

Сегодня, в День молодежи Президент Шавкат Мирзиёев проведет встречу с молодежью и вручит государственные награды группе молодых людей.

На мероприятии будут выдвинуты новые инициативы по поддержке молодёжи, раскрытию её потенциала и способностей, а также представлены вдохновляющие примеры, идеи и решения, способные определить облик завтрашнего дня страны.

В рамках мероприятия глава нашего государства ознакомится с передовыми разработками и достижениями талантливой молодежи в области инноваций, "зеленой" экономики, креативной индустрии, предпринимательства и IT.

Facebook|Instagram|X
🔥21
2025/07/14 12:55:42
Back to Top
HTML Embed Code: