Telegram Web
Qoraqalpog‘istonda “prava”ni imtihonsiz olib bermoqchi bo‘lgan avto o‘rgatuvchi qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Beruniy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida “B.A.” MChJ o‘rgatuvchi ustasi N.N. fuqaro Z.N.ga va uning 3 nafar tanishiga avto o‘quv jarayonlariga umuman qatnashtirmasdan, imtihonlardan tanishlari orqali o‘tkazib, haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 800 AQSh dollari va 16 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
Rossiyada eng ko‘p YTHni o‘zbekistonlik haydovchilar sodir etgani ma’lum qilindi

2021 yilda Rossiyada xorijlik haydovchilar tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining asosiy qismi O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari aybi bilan sodir bo‘lgan. Bu haqda Rossiya IIV Yo‘l harakati xavfsizligi ilmiy markazi tomonidan tayyorlangan axborot tahlilida ma’lum qilingan.

Jumladan, O‘zbekiston fuqarolarining aybi bilan 1 290 ta, Qirg‘iziston fuqarolarining aybi bilan 1 092 ta va tojikistonliklar aybi bilan 894 ta yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan.

2021 yilda xorijliklar tomonidan sodir etilgan YTHlar oqibatida 431 kishi halok bo‘lgan, 6 ming 709 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
Namanganda o‘quv mashinasi ishtirokidagi YTHda haydovchi halok bo‘ldi

Namangan viloyati hududidan o‘tgan 4R-112 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Farg‘ona halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 93-kilometrida harakatlanib ketayotgan Gentra haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tarafdan harakatlanib kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashuv sodir etgan. Oqibatda Gentra haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Cobalt haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
Surxondaryoda 2 million so‘m evaziga evaziga fuqaroga haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, X.Muhiddin 2 million so‘m evaziga Hasan ismli tanishi orqali Jarqo‘rg‘on tumani Eskiqishloq mahallasida yashovchi fuqaro I.Rustamovaga imtihondan a’lo baholarga o‘tkazib, haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytgan.

Joriy yil 25 aprel kuni viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda X.Muhiddin I.Rustamovadan talab qilingan 2 million so‘mni sanab olgan vaqtida ushlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

X.Muhiddinga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
Surxondaryo avtomaktab
🔥 Surxondaryoda avtomaktablar o'quvchilarini imtihondan o'tkazish uchun 200 mingdan yig'ilayotgani aytilgan audio tarqaldi

👉 Haydovchilar uchun kanal!
Toshkentda KIA haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi M.N. KIA transport vositasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaro, 1996 yilda tug‘ilgan I.A.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda A.I. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. YTH sabablari o‘rganilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatida imtihonsiz «prava» olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko'ra, avtomaktab mas’ul xodimi bu ish uchun 3 million so‘m pora olgan.

"Prava"ni "sotib olish" azaldan juda ko'p uchraydigan hol bo'lgan. So'nggi vaqtlarda esa bunday holatlarning oldi olingani haqidagi xabarlar ancha ko'paygani quvonarli.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
Toshkentda «Lacetti»ni boshqargan 21 yoshli qiz YTH oqibatida vafot etdi

IIBB bergan ma'lumotga ko'ra, 2022 yilning 4 iyun kuni taxminan soat 00:25 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Oqqo‘rg‘on ko‘chasida «Lacetti» rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan 21 yoshli S.N. boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi yoritish ustuniga urilgan.

YTH natijasida «Lasetti» rusumli avtomashina haydovchisi S.N. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, biroq tibbiyot xodimlarining urinishlariga qaramay, u jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Toshkent shahrida haydovchilik imtihonlari bilan bog‘liq korrupsiya nolga tenglashtirildi” — Komil Allamjonov

👉 Haydovchilar uchun kanal!
Komil Allamjonov: Markaz ochilgandan buyon 70 foiz o'quvchi imtihondan yiqilgan

👉 Haydovchilar uchun kanal!
Andijonda deyarli 6 mln so'm evaziga "prava" olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab o‘qituvchisi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Izboskan tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, “A.M.Z.” MChJning Izboskan filiali o‘qituvchisi O.A. fuqaro P.ga boshqa avto maktabdagi tanishlari orqali o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmasdan, o‘quvchilar ro‘yxatiga kiritib qo‘yib, haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 5,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
⚡️⚡️ RASMAN. 1-iyuldan boshlab:

avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish to‘lovlari bekor qilinadi, ya’ni bepul bo‘ladi;
old va orqa yon oynalarni to‘liq qoraytirish to‘lovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi;
ishlab chiqarilganiga 10 yildan ko‘p bo‘lmagan yengil mashinalarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi bekor bo‘ladi.

Endi 10 yildan 15 yilgacha bo‘lgan yengil mashinalar – ikki yilda, 15 yildan ortiq bo‘lganlari esa bir yilda bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bular haqida Shavkat Mirziyoyev e’lon qildi.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
⚡️ Prezident qarori: Kirakashlik o‘z-o‘zini band qiluvchilar ro‘yxatiga qo‘shiladi

1-sentabrdan e’tiboran jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan kirakash sifatida ro‘yxatdan o‘tib, yengil avtomobilda qonuniy ravishda yo‘lovchi tashishi mumkin bo‘ladi. Majburiy tibbiy va texnik ko‘rik muddati 1 yilda 1 marta qilib belgilanadi.

Bundan tashqari:
• litsenziya varaqasini berishda avtomobilning 10 yillik ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi;
• majburiy tibbiy va texnik ko‘rik muddati 1 yilda 1 marta qilib belgilanadi;
• o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilardan, shu jumladan yuridik shaxslardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji miqdori 300 ming so‘m etib belgilanadi.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
⚡️ Prezident qarori: Endi avtomobilga ishonchnoma rasmiylashtirish uchun notariusga borish shart bo‘lmaydi

2022 yil 1 sentabrdan avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yiladi.

Elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.

Elektron ishonchnoma uchun davlat boji ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat boji (BHMning 3 baravari – 900 ming so‘m)ga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:

• bir oygacha bo‘lgan muddatga – 10 foiz (90 ming so‘m);
• olti oygacha bo‘lgan muddatga – 50 foiz (450 ming so‘m);
• uch yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 foiz (900 ming so‘m).

👉 Haydovchilar uchun kanal!
Iqtisodchi O‘zbekistonda benzin nega qimmatligini aytdi

⛽️ Otabek Bakirov jahonda neft narxi 100 dollardan pasayganiga qaramay, O‘zbekistonda benzin narxi o‘sishda davom etayotgani haqida gapirib, shunday dedi:

🗣 “Haddan tashqari monopollashgan va o‘ta tor manfaatlarga xizmat ko‘rsatuvchi neft qazib olish, benzin ishlab chiqarish, import qilish, taqsimlash va sotish tizimi xaridorlardan, ayniqsa xarid qobiliyati eng past iste’molchilardan maksimum narxni sug‘urib olishga asoslangan”.

☝️
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda neftning 80 foizini “Sanoat energetika guruhi” MChJ (sobiq Jizzakh Petroleum) qazib oladi, u bunday katta huquqni qanday qo‘lga kiritgani ma’lum emas. Kiprdagi ofshorga borib taqaladigan bu kompaniya mart oyida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini sotib olgandi.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
Jarimasini vaqtida to‘lamagan haydovchilar YPX postlarida ushlab qolinadi

🟢🔴 Hukumat qaroriga asosan, YPXning statsionar postlarida “yashil” va “qizil” yo‘laklar tashkil etiladi. Qaysi haydovchida to‘lash muddati o‘tib ketgan qarzdorligi bo‘lsa, u “qizil”ga o‘tkaziladi.

🚗 Qarzini shu joyning o‘zida to‘lasa, qo‘yib yuboriladi, aks holda mashina maxsus to‘xtash joyiga joylashtiriladi. (Haydovchi qoidabuzarlik bo‘yicha sudga shikoyat qilgan va jarayon davom etayotgan bo‘lsa, qo‘yib yuboriladi).

☝️ Eslatib o‘tamiz, jarimani 60 kun ichida to‘lamagan haydovchining mashinasini hibsga olish tartibi bungacha ham bor edi.

👉 Haydovchilar uchun kanal!
2025/01/06 15:42:07
Back to Top
HTML Embed Code: