Telegram Web
Hududlarda mavjud imkoniyatlarni aniqlash, istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish hamda ularni auksion savdolari orqali salohiyatli tadbirkorlarga ajratish ishlari izchil davom etmoqda. Bu orqali joylarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga erishilmoqda. Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on va Denov tumanlarida ishlab chiqilgan qator loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Xususan, Qumqo‘rg‘on tumanida temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish klasteri, turizm obyektlari va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil etish, Denov tumanida esa sug‘orish tizimi murakkab bo‘lgan ijara yer maydonlarini suv bilan ta’minlash uchun subsidiya ajratish, zarur uskunalar bilan ta’minlash, shuningdek, samarasiz 4,8 gektar yerda joylashgan istirohat bog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida qayta faoliyatga jalb etish bo‘yicha loyihalar taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari va iqtisodiy samaradorligi chuqur tahlil qilindi. Ularni takomillashtirish va aniq hisob-kitoblar asosida amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, Denov tumanida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" davlat dasturiga kiritilgan fuqarolarga "Mehnat farovon hayot" fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shagan yerlaridan oziq-ovqat ekinlari ekish uchun tayyor holda, urug‘lari bilan birga yer maydonlari ajratib berildi. Shuningdek, mazkur oilalarga un va go‘sht mahsulotlari tarqatildi. Tuman rahbarlariga ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahsulot yetishtirishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrifini "Ozod" mahallasida joylashgan "Xalilullox Baraka" fermer xo‘jaligining zamonaviy voyish usulida tashkil etilgan 10 gektarlik uzumzor bog‘ida davom ettirdi. Mazkur bog‘ eksportbop mahsulotlar yetishtirish va aholini sifatli uzum mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, "Gud Vil Bak" MCHJ tomonidan qiymati 13 milliard so‘mni tashkil etuvchi, 600 o‘rinli xususiy maktab loyihasi bilan ham tanishildi. Ushbu maktab ingliz tili, matematika, axborot texnologiyalari hamda mental arifmetika kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashgan bo‘lib, yoshlar uchun zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini yaratadi.

Keyingi manzilda "Speak Refine Language School" xususiy o‘quv markazi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Ushbu markaz ko‘p qavatli uy yerto‘lasidan samarali foydalanilgan holda tashkil etilgan bo‘lib, unda yoshlarga ingliz, nemis, koreys va boshqa xorijiy tillar o‘rgatiladi. Shuningdek, hokim o‘quv markazini tamomlab, bugungi kunda xorijda mehnat qilayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot qildi.

Viloyat rahbari loyihalarning ahamiyati, ular orqali yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari hamda yoshlarning zamonaviy bilim va kasblarga ega bo‘lishi uchun yaratilgan sharoitlarni alohida qayd etib, bu boradagi faoliyatlarni kengaytirish yuzasidan vazifalar belgilab berdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tizimli ravishda qabul qilish va ularning muammolarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida doimiy ravishda tadbirkorlar bilan onlayn muloqotlar tashkil etib borilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumani hokimligi studiyasidan videokonferensaloqa orqali onlayn shaklda navbatdagi tadbirkorlar qabulini o‘tkazdi. Qabul Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Hududiy studiyalar orqali 59 nafar tadbirkorning turli yo‘nalishlardagi jami 65 ta murojaati tinglandi. Ulardan 11 tasi joyida hal etildi, qolgan 54 ta murojaat mas’ul rahbarlarga aniq topshiriq va muddatlar bilan yo‘naltirildi.

Eslatma: Tadbirkorlar o‘z murojaatlarini quyidagi aloqa kanallari orqali yuborishlari mumkin:
Telefon raqami: (376) 228-69-74
Qisqa raqam: 1055
Telegram guruhi: @surxondaryo_qabul

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ёшлар куни муносабати билан юртимизнинг фаол ва ташаббускор ёш авлод вакилларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы активных и инициативных представителей молодого поколения страны в связи с Днем молодежи"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "«Мард ўғлон» давлат мукофоти билан тақдирлаш тўғрисида"ги Қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О присуждении Государственной премии «Мард ўғлон»"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бир оилага берилган кичик кўмакнинг самараси

Сурхондарё вилояти ҳокими Улуғбек Қосимов кеча Денов туманида "Камбағалликдан фаровонлик сари" дастури доирасида кам таъминланган оилаларга ер ажратиш тадбирида бир неча йиллар олдин ер берилган аёл билан суҳбатлашди. Фуқаро берилган имкониятдан фойдаланиб, эришган натижалари ҳақида сўзлаб берди.

Каналга уланиш: https://www.tgoop.com/murodbekdavlatov
2025/06/29 14:37:04
Back to Top
HTML Embed Code: