Telegram Web
Deputatlar Orol dengizi tarixi bilan tanishdi

Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tomonidan Mo‘ynoq tumanida “Orol – Parlament nigohida” aksiyasi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Aksiya doirasida tadbir ishtirokchilari Orol dengizi tarixiy muzeyi bilan tanishdi. Deputatlar Orol dengizi bo‘yidagi eng katta port shahar bo‘lgan Mo‘ynoq shahri aholisining yashash tarzi, baliqchilik sanoati hamda o‘sha davrdagi flora va faunaning naqadar boy bo‘lganiga yana bir bor guvoh bo‘lishdi.

Shundan so‘ng “Kemalar qabristoni”da bo‘lib, dengizning qurishi natijasida yuzaga kelgan holatni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, aholining turmush darajasini yaxshilash borasida olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida fikr almashdi.

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ekologik xavfsizlik yo‘lida mustahkam hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ma’naviyat va ma’rifat markazida o‘tkazilgan “Mamlakatda ekologik xavfsizlikni barqarorlashtirish tendensiyalari: ekomuvozanatni mustahkamlashda istiqbolli yondashuvlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Bu tadbir nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilishdek dolzarb masalalarni muhokama qilish bilan birga davlat idoralari va nodavlat tashkilotlar o'rtasida mustahkam hamkorlik o'rnatish, vazifalarni belgilab olishga katta imkon bo'ldi.

Konferensiyada muhokama qilingan g‘oya va takliflar shuni ko‘rsatadiki, davlat tashkilotlari va jamoatchilikning birgalikdagi harakatlari natijasida mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasidagi ishlar samarasi sezilarli oshishi aniq.

Oybek Karimov,
O’zbekiston Ekologik partiyasi
Sirdaryo viloyat Kengashi raisi


Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/03/27 07:59:45
Back to Top
HTML Embed Code: