#Farg‘ona_viloyati Kanalimizda tovuq tuxumlarini yeganlikda ayblanib, Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani, Kichik turk mahallasi, Kichik boykuchada yashab kelayotgan, 1993 yilda tug‘ilgan Barxaetjon Olimov qaramog‘ida bo‘lgan alabay zotli itning bolasini tuxum yeganlikda ayblab, doimiy ravishda kaltaklab, och holda saqlab kelgan.
Bundan tashqari, u tuxumlarni yeyishda mushuklarni ham aybdor deb bilib, ularni jazolash uchun maxsus qopqon o‘rnatgan. Ammo bu qopqonga mushuk emas, balki zag‘cha tushib qolgan. Ushbu fuqaro o‘z harakatlarini to‘g‘ri deb bilsada, aslida bu ochiq vahshiylikdir. Mazkur shaxs wahshilikni ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilmoqda. "Ekolog" jamoat birlashmasi mazkur fuqaroning shaxsini aniqlab, Farg‘ona viloyati Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi AX rahbari G. Tuxtasinova va ekoinspektorlar ko‘magida B.Olimovdan itni bolasini olishdi.
Ayni paytda it bolasi Farg‘ona zooko‘ngillilar qaromog‘ida. Unga mehribon ega izlanmoqda. Biz vahshiyona xatti-harakatlarni ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib etib, o‘z qaramog‘ida bo‘lgan va bo‘lmagan jonivorlarni azoblab kelayotgan B.Olimovning xatti -harakatlariga huquqiy baho berilishi uchun xarakatdamiz.
Itni zolim qo‘lidan qutqarishda va uni reabilitasiya qilishda qatnashgan va qatnashayotgan barcha mehribon insonlarga chuqur minnatdorchilik bildirib qolamiz. ☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring
Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.

Uchtepa tumanida yana bir yashil hudud yoʻq qilinmoqda
Toshkent shahrining Uchtepa tumani, 24-kvartalida joylashgan yashil maydonda yana daraxtlarni kesish xavfi paydo boʻldi. Ushbu hududda kamida 30 ta mevali daraxt oʻsayotgan bo‘lsa-da, uni yo‘q qilishga harakat qilinmoqda.
Bu yer auksion orqali sotilganmi yoki noqonuniy egallab olinganmi? Bu hali noma’lum. Bir tomonda daraxt ekib, yashil hududlarni kengaytirishga harakat qilsak, boshqa joylarda mavjud bog‘lar kesilmoqda. Bu qanchalik adolatli?
Mahalliy aholi ushbu masalaga e’tibor qaratishni va mutasaddi tashkilotlardan qonuniylikni ta’minlashni talab qilmoqda.
Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi albatta ushbu holat boʻyicha zudlik bilan zarur choralarni koʻrib ushbu hududdagi daraxtlarni saqlab qolishini talab qilamiz.
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
♻️Har bir inson o'zidan boshlab, chiqindilarni to'g'ri tartibga solishni o'rganmasa, muammolar nafaqat o'zimiz, balki butun dunyo miqyosida ham yanada kuchayishda davom etaveradi.
Shu o'rinda, ushbu jiddiy mavzuga e'tiborini qaratgan "Chumoli" jamoasiga minnatdorlik bildiramiz!
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring
Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chumchuqlarni iste’mol qilish – ekologik muammo va huquqiy javobgarlik
Toshkent viloyati Yangi yo‘l tumanida faoliyat yuritadigan “Ulfatlar choyxonasi”da chumchuqlar go‘shti iste’mol qilinayotgani haqida kanalimizga murojaat kelib tushdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir dona chumchuq narxi 60 000 so‘mni tashkil etmoqda. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda chumchuqlar kamayib ketayotgani haqidagi muhokamalar fonida yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Chumchuqlar nega yo‘qolib bormoqda?
Yaqinda e’lon qilingan maqolalarda maynalar sababli chumchuqlar soni kamayib borayotgani ta’kidlangan edi. Ammo asosiy muammo ularning insonlar tomonidan ovlanib, iste’mol qilinayotgani bilan bog‘liq. Chumchuqlarni ommaviy ravishda qirib tashlash ekologik muvozanatga jiddiy zarar yetkazadi. Ular ekotizimning ajralmas qismi bo‘lib, zararkunanda hasharotlarni nazorat qilishda va ekotizimni muvozanatda saqlashda muhim rol o‘ynaydi.
Inkubatorda chumchuq ko‘paytirish mumkinmi?
Ba’zi tadbirkorlar chumchuqlarni inkubatorda ko‘paytirayotganini da’vo qilmoqda. Ammo bu yolg‘on. Chumchuqlar polaponlarini tumshug‘i bilan oziqlantiradi, ya’ni ularga yarim hazm bo‘lgan ovqat yoki hasharotlar beriladi. Sun’iy sharoitda bunday jarayonni tashkil qilish imkonsiz. Shunday ekan, inkubatorda chumchuq yetishtirish haqidagi da’volar odamlarni chalg‘itishdan boshqa narsa emas.
Chumchuqlarni iste’mol qilish inson salomatligiga qanday ta’sir qiladi?
Ilmiy jihatdan chumchuq go‘shti erkaklar uchun foydali bo‘lishi yoki testosteronni oshirishi isbotlanmagan. Bu oddiygina noto‘g‘ri tushuncha bo‘lib, inson salomatligi uchun hech qanday ilmiy asosga ega emas. Aksincha, chumchuqlarning ommaviy ravishda ovlanishi ularning butunlay yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Chumchuqlar nafaqat hasharotlarni nazorat qilishda, balki ekotizimdagi oziq zanjiri davomiyligini ta’minlashda ham katta rol o‘ynaydi. Ularning kamayishi natijasida yirtqich qushlar va boshqa hayvonlar ochlikka duch kelishi mumkin.
Biz Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasidan mazkur holatga huquqiy baho berib, jazo choralari ko‘rishini so‘raymiz. Ekotizim barqarorligini saqlash va chumchuqlarni noqonuniy ovlashga chek qo‘yish uchun tegishli davlat idoralari bu masalaga e’tibor qaratishi lozim.
Tabiatni asrash har birimizning burchimiz! Chumchuqlarni himoya qilish esa atrof-muhit muhofazasiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ladi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yirtqich qushning noqonuniy savdosi to‘xtatildi
Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqaro Sh.M. ijtimoiy tarmoqlar orqali ovchi qush noqonuniy sotilayotganligi aniqlandi.
Boshqarma xodimlari holatga chek qo‘yish maqsadida fuqaro bilan "xaridor" sifatida bog‘lanishdi va qushni sotib olishga kelishishdi. Belgilangan joyda Sh.M. kelishilgan pulni sanab olib, xodimlarga qushni berayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Qush vaziyatga to‘liq oydinlik kiritilgunga qadar Shahrisabz shahridagi hayvonot bog‘iga vaqtincha topshirildi. Shuningdek, qushning turiga aniqlik kiritish uchun hujjatlar Fanlar akademiyasiga yuborildi.
Fanlar akademiyasining xulosasiga asosan zarar miqdori belgilanadi va huquqbuzarga tegishli chora ko‘riladi.