Telegram Web
🛰 “Oʼzbekkosmos” 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixonalarni aniqladi!

Joriy yilning bugungi kuniga qadar agentlik tomonidan ekologiya yo’nalishida olib borilgan kosmik monitoring natijalariga koʼra, Respublikaning qariyb 721 gektar maydonida 1 ming 928 ta noqonuniy chiqindixona mavjud ekanligi aniqlandi. Ulardan 123 tasi ya’ni 255,5 gektari chiqindi saqlash poligonlari chegarasidan tashqariga chiqish, 1 805 tasi 465,2 gektari esa noqonuniy chiqindi poligonlari sifatida qayd etilgan.

Xususan, Qoraqalpogʼiston Respublikasida 243 ta (63,2 gektar), Xorazm viloyatida 168 ta (22 gektar), Buxoro viloyatida 92 ta (91,7 gektar), Navoiy viloyatida 216 ta (112,4 gektar), Samarqand viloyatida 147 ta (41,2 gektar), Qashqadaryo viloyati 81 ta (79,3 gektar), Аndijon viloyati 180 ta (42 gektar), Namangan viloyatida 195 ta (65,2 gektar), Fargʼona viloyatida 164 ta (51 gektar), Toshkent viloyatida 363 ta (98,6 gektar), Jizzax viloyatida 39 ta (30,44 gektar) va Surxondaryo viloyatida 40 ta (20,11 gektar).

Qayd etish lozim, bu kabi noqonuniy chiqindi poligonlarining tashkil etilishi avvalo atrof muhit va ekologiyaga katta zarar keltirib, tuproq, suv va havo sifatiga salbiy taʼsir koʼrsatishi bilan xavflidir. Qolaversa, zararli hasharotlar koʼpayishi, infeksion kasalliklarning ortishi, insonlarda oʼpka saratoni va nafas olish nuqsonlarining rivojlanishiga olib keladi.

“Oʼzbekkosmos” agentligi Axborot xizmati

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suvga sho‘ng‘ish bo‘yicha men ustasi farangman😄🐧

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Mehr va Oqibat” Hayvonlarni himoya qilish jamiyatining 14 yilligi bilan tabriklaymiz!🥳🎉

Jonivorlarni himoya qilish yo'lidagi fidoyiligingizga barchamizni ilhomlantiradi. Siz tufayli minglab hayvonlar yaxshi kelajak sari umid topadi va dunyo mehribonroq bo’ladi.

Sizga barcha ezgu maqsadlarga erishishda, hayvonlarni himoya qilish yo'lida va yangi yutuqlarga erishishda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Kelajakda yana ko’p saqlab qolingan hayotlar va yangi g'alabalar bo'lsin!

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube
Jizzaxdagi eski plyaj chiqindixonaga aylanmoqda

Jizzax shahridagi eski plyaj hududi bir paytlar aholining hordiq chiqarish maskani bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda u noqonuniy chiqindixonaga aylanish xavfi ostida turibdi. Hudud aholisi tomonidan bildirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerlar avval kovlangan, endi esa turli joylardan olib kelingan qurilish va maishiy chiqindilar bilan to‘ldirilib, ustiga qum sepilmoqda.

Bu jarayon nafaqat plyajning asl qiyofasini yo‘q qilmoqda, balki atrof-muhitga ham jiddiy zarar yetkazmoqda. Plyaj hududi chiqindilar bilan to‘ldirilishi, sanitariya holatining buzilishi va ekologik muvozanatning izdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Holatni kuzatgan mahalliy aholi bunga qattiq norozilik bildirmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon hududning madaniy va ekologik ahamiyatini butunlay yo‘qotishiga sabab bo‘ladi. Hududda noqonuniy chiqindixona tashkil etilishi sog‘liq va hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ushbu muammo haqida xabar bergan kanalimiz kuzatuvchilari mas’ullarni zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirishmoqda.

Atrof-muhitni himoya qilish barchamizning vazifamizdir. Ushbu muammoga jamoatchilik va mutasaddi tashkilotlarning e’tiborini qaratish orqali bu hududni asrab qolaylik!

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube
Mirobodda noqonuniy chiqindixona muammosi hal etilmayapti

Mirobod tumanida ekologik muammolarni yuzaga keltirayotgan noqonuniy chiqindixona aholi hayot sifati va atrof-muhit holatiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Farg‘ona yo‘li ko‘chasining 2-tor ko‘chasidagi 119/17-uy yonida joylashgan bu chiqindixona dastlab barglarni saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan maishiy va qurilish chiqindilarini tashlash joyiga aylangan.

Hudud aholisi ushbu chiqindixonaning tugatilishi bo‘yicha Mirobod hokimligiga bir necha bor murojaat qilgan bo‘lsa-da, hozirgacha hech qanday chora ko‘rilmagan. Chiqindilarning to‘planishi nafaqat ko‘cha ko‘rinishini buzmoqda, balki sanitariya sharoitlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa atrof-muhitni ifloslantirish bilan birga, sog‘liq uchun xavf tug‘diradi.

Aholining so‘zlariga ko‘ra, axlatxona mustahkam o‘ra shaklida qurilgan va uning mavjudligi hududni noqonuniy chiqindi to‘plash markaziga aylantirgan. Mas’ullar tomonidan muammoning e’tiborsiz qoldirilishi aholining noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur muammoga yechim topish maqsadida ekologiya xizmati va tegishli tashkilotlardan zudlik bilan choralar ko‘rilishini so‘raymiz. Farg‘ona yo‘li ko‘chasining ushbu hududi nafaqat aholi uchun, balki atrof-muhit uchun ham xavfsiz va toza bo‘lishi zarur.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube
2024/12/25 07:14:09
Back to Top
HTML Embed Code: