#Surxondaryo_viloyat
Surxondaryo viloyati Uzun tumani O‘lanqul mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Kommunal xizmat ko‘rsatish kollejining hovlisidagi 25 tup archa daraxtlari boshqa yerga ko‘chirib o‘tkazilgan. Daraxtlar qachon, kim tomonidan, nima maqsadda ko‘chirib o‘tkazilgani bizga ma’lum emas. Daraxtlarning ko‘chirib o‘tkazilganidan keyingi ahvoli ham ma’lummas. Daraxtlar qanday texnikalar yordamida ko‘chirilgan? Daraxtlar ko‘chirib o‘tkazilayotgan yerlar o‘rganilganmi?
Xabar berishlaricha, hududda boshqa daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazishni boshlashibdi. Eng qizig‘i bu ishlar tunda amalga oshirilyabdi ekan. Biz tegishli tashkilotlar holatga e’tibor qaratishlarini so‘raymiz.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Surxondaryo viloyat boshqarmasidan mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat kutib qolamiz.
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!
Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mehrga muhtoj jonivorlar: nega ba’zi hayvonlar odamlar bilan muloqot qilmaydi?
Itlar tabiatan tajovuzkor bo‘ladimi? Ushbu savollarga javob berish maqsadida maxsus video tayyorlashibdi.
Ko‘pgina hayvonlar boshpanalarida odam bilan muloqot qilishdan qo‘rqadigan jonivorlar bor. Har birining ortida o‘ziga xos fojiali hikoya yotadi. Va har biri shu hikoya aytilishiga va eshitilishiga loyiq. Bizning asosiy maqsadimiz – tirik mavjudotlarga nisbatan mehribon bo‘lishga chaqirish. Chunki har bir harakatimiz ularning hayotiga ta’sir ko‘rsatadi.
Unutmang, tanlov sizniki: siz dunyoga yaxshilik olib kelasizmi yoki yomonlik?
Ko‘pchilik bunday itlar umrining oxirigacha boshpanada qoladi. Ularning taqdiri eng og‘ir kechdi. Ammo nega ular shunday ahvolga tushdi? Javob faqat bitta – inson.
Manba
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!
Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube
Itlar tabiatan tajovuzkor bo‘ladimi? Ushbu savollarga javob berish maqsadida maxsus video tayyorlashibdi.
Ko‘pgina hayvonlar boshpanalarida odam bilan muloqot qilishdan qo‘rqadigan jonivorlar bor. Har birining ortida o‘ziga xos fojiali hikoya yotadi. Va har biri shu hikoya aytilishiga va eshitilishiga loyiq. Bizning asosiy maqsadimiz – tirik mavjudotlarga nisbatan mehribon bo‘lishga chaqirish. Chunki har bir harakatimiz ularning hayotiga ta’sir ko‘rsatadi.
Unutmang, tanlov sizniki: siz dunyoga yaxshilik olib kelasizmi yoki yomonlik?
Ko‘pchilik bunday itlar umrining oxirigacha boshpanada qoladi. Ularning taqdiri eng og‘ir kechdi. Ammo nega ular shunday ahvolga tushdi? Javob faqat bitta – inson.
Manba
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!
Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube
#Mehr_darslari
Qoraqalpog‘istonda "Mehr darslari" haftaligi boshlandi.
Nukus shahridagi 4, 25-sonli umumta'lim maktablarida "Ekolog" jamoat birlashmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi volontyorlari tomonidan "Mehr darslari" tashkil etildi.
Dars davomida o'quvchilarga, tabiatni muhofaza qilish va boshpanasiz hayvonlarga mehr ko'rsatish bo'yicha ma'lumotlar berilib o'tildi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda va sayyoramizga g'amxo'rlik qilish muhimligini alohida ta'kidlab o'tildi. Eng asosiysi tabiatni asrash va hayvonlarga ham mehr bilan munosabatda bo'lishi va asrab-avaylash kerakligini aytib o'tildi.
Mehr darslari Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli ta'lim muassasalarida o‘tilmoqda.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_shahri
Biznes netvorking: Atrof-muhit muhofazasi va yashil iqtisod
O‘zbekiston energetiklar milliy assotsiatsiyasi Savdo-sanoat palatasi ko‘magida 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan biznes netvorking tashkil etdi. Tadbir biznes va energetika sohasi mutaxassislari uchun noyob platforma bo‘lib, tajriba almashish, biznes aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda global ekologiya va iqtisodiy muammolar fonida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun imkoniyat yaratdi.
Video lavha orqali biznes netvorking haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling!

#COP20 #Uzbekistan #Samarqand
Shveysariyada O‘zbekiston CITES COP20 rasmiy logotipini taqdim etdi
Oʻzbekiston hukumati Samarqand shahrida 2025-yil 24-noyabrdan 5-dekabrgacha boʻlib oʻtadigan Yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi konvensiya (CITES) Tomonlar konferensiyasining (COP20) boʻlajak 20-yigʻilishi rasmiy logotipini taqdim etdi.
3-fevral kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida CITES doimiy qo‘mitasining 78-yig‘ilishi doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan logotip taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
“COP20 logotipi O‘zbekistonning yovvoyi hayvonlarni asrab-avaylashga sodiqligi ramzi bo‘lib xizmat qiladi. Undagi har bir element mintaqamiz tabiati, madaniyati va tarixi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aks ettiruvchi alohida ma’noga ega, — dedi tadbirning ochilishida so‘zga chiqqan Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov. — O‘zbekiston biologik xilma-xillikni saqlash bilan bog‘liq global muammolarni muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lgan COP20 ga mezbonlik qilishdan faxrlanadi. Ishonchimiz komilki, bo‘lajak uchrashuv xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va yovvoyi tabiatni muhofaza qilishning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi”.
Taqdim etilgan logotipda O‘zbekiston milliy tabiiy va madaniy merosining bir qancha elementlari: arxar (tog‘ qo‘ylari) tasvirlangan qadimiy petroglif, rodiola semyonova (rhodiola semenovii) dorivor o‘simligi va CITES COP20 ko‘rgazmasi o‘tkaziladigan tarixiy Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari aks etgan. Oʻrta Osiyoning togʻli hududlarida uchraydigan CITES II ilovasiga kiruvchi arxarlarning qoyatosh oʻymakorligi noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlarni asrab-avaylash zarurligini eslatib turadi hamda tabiat va mintaqaning tarixiy merosi oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalaydi. Dorivor oʻsimlikning gullari oʻsimlik dunyosining ekotizimdagi muhim rolini va uning inson salomatligi uchun ahamiyatini taʼkidlaydi. Ayni paytda dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lgan Samarqandning diqqatga sazovor joylari O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati va mehmondo‘stligini aks ettiradi. Shahar nafaqat uchrashuv o‘tkaziladigan joy, balki o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lib, madaniy va ekologik merosning birligi ramzidir.
Uchrashuvda nutq so‘zlagan CITES Bosh kotibi Ivonn Iguero xonim esa O‘zbekiston hukumatini muvaffaqiyatli logotip bilan tabrikladi.
“O‘zbekistonning ajoyib hayvonot dunyosi aks etgan ushbu emblema CITESning 50 yillik tabiatni muhofaza qilish merosi ruhini ajoyib tarzda aks ettiradi va COP20 dan o‘rin olgan muhokamalar va qabul qilinadigan qarorlar muhim ekanligini ifodalaydi”, — dedi CITES Bosh kotibi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston CITESning 184 ta Tomoni (183 ta davlat + Yevropa Ittifoqi) hamda yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va savdo sohasidagi keng doiradagi manfaatdor tomonlarning uchrashuviga mezbonlik qiladigan Markaziy Osiyodagi birinchi davlatdir. "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili"da o‘tkaziladigan global tadbirga 4000 dan ortiq ishtirokchi va delegat tashrif buyurishi kutilmoqda.

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
#Toshkent_shahri Yaqinda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ulkan va noyob loyiha - Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan edi. Afsuski, ushbu tashrifdan keyin Islom sivilizatsiyasi markazi oldidagi sog‘lom daraxtlar kesib…
#Rasmiy_munosabat
Kanalimizda Islom sivilizatsiyasi markazi oldidagi sog‘lom daraxtlar kesib tashlangani haqida bizga kelib tushgan murojaatni e’lon qilgan edik.
Ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
- 2025-yil 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qaroriga muvofiq Olmazor TOB tomonidan Qorasaroy ko‘chasidagi 6 tup terak daraxtlarini kesishga ruxsatnoma olish uchun elektron tarzda ariza kelib tushgan.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2022-yil 22-avgustdagi 464-son qarorining 32-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Botanika bog‘iga daraxtlarning biologik holatini aniqlab berish bo‘yicha xodim ajratilgan va tegishli ilmiy xulosa olingan.
- O‘rganishlar natijasida hududdagi 6 tup terak daraxti biologik yashovchan holatda bo‘lib, daraxtlarning tanasi shahar mo‘ylovdori hashoratlari bilan zararlanganligi va ichki qismi yemirilib ketayotganligi aniqlangan. Daraxtlarning pastki va yuqori qismida teshiklar paydo bo‘lganligi sababli, kelgusida shamol yoki yog‘ingarchilik natijasida ushbu daraxtlarning yirik shoxlari sinib tushishi oqibatida insonlar hayotiga va moddiy boyliklariga jiddiy xavf keltirishini oldini olish maqsadida, 6 tup terak daraxti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarorining 15-ilovasi 7-bandiga asosan belgilangan tartibda to‘lov evaziga kesishga ruxsat etilgan.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qaroriga asosan arizachiga, har bir kesilgan daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida 10 tup yirik o‘lchamli ko‘chat ekish hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish majburiyati yuklatilgan.
Bu haqida Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!
Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube
Kanalimizda Islom sivilizatsiyasi markazi oldidagi sog‘lom daraxtlar kesib tashlangani haqida bizga kelib tushgan murojaatni e’lon qilgan edik.
Ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
- 2025-yil 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qaroriga muvofiq Olmazor TOB tomonidan Qorasaroy ko‘chasidagi 6 tup terak daraxtlarini kesishga ruxsatnoma olish uchun elektron tarzda ariza kelib tushgan.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2022-yil 22-avgustdagi 464-son qarorining 32-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Botanika bog‘iga daraxtlarning biologik holatini aniqlab berish bo‘yicha xodim ajratilgan va tegishli ilmiy xulosa olingan.
- O‘rganishlar natijasida hududdagi 6 tup terak daraxti biologik yashovchan holatda bo‘lib, daraxtlarning tanasi shahar mo‘ylovdori hashoratlari bilan zararlanganligi va ichki qismi yemirilib ketayotganligi aniqlangan. Daraxtlarning pastki va yuqori qismida teshiklar paydo bo‘lganligi sababli, kelgusida shamol yoki yog‘ingarchilik natijasida ushbu daraxtlarning yirik shoxlari sinib tushishi oqibatida insonlar hayotiga va moddiy boyliklariga jiddiy xavf keltirishini oldini olish maqsadida, 6 tup terak daraxti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarorining 15-ilovasi 7-bandiga asosan belgilangan tartibda to‘lov evaziga kesishga ruxsat etilgan.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qaroriga asosan arizachiga, har bir kesilgan daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida 10 tup yirik o‘lchamli ko‘chat ekish hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish majburiyati yuklatilgan.
Bu haqida Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!
Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_shahri
Boriy Alixonov: "O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bir necha xalqaro hujjatlarni qabul qilgan"
O‘zbekiston ekologiya sohasida xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikni kuchaytirib, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bir qator muhim xalqaro hujjatlarni qabul qilgan. Bu haqda Boriy Alixonov ma’lum qildi.
Ta’kidlashicha, O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi, chiqindilarni boshqarish va tabiiy resurslardan barqaror foydalanish bilan bog‘liq xalqaro kelishuvlarga qo‘shilgan. Bu esa mamlakatning ekologik barqarorlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
So‘nggi yillarda hukumat tomonidan qabul qilingan ekologik qonunchilik va xalqaro majburiyatlar doirasida atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalarni kamaytirish, yashil iqtisodiyotga o‘tish hamda tabiiy ekotizimlarni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonning ekologik islohotlari nafaqat mamlakat ichkarisida, balki xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda. Bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish va zamonaviy ekologik texnologiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.