Elbek Akbarovich
Bu gapni eshitmaganimgayam ancha bo’lgandi…👨🏫
“Ibrat Farzandlari” loyihasida IELTS darslarini olib boradigan ustoz, Iskandar Komoldinov bilan “English Bootcamp” kursini olib bordik.
Hozir yangi (online) kurs ochishni reja qilyapmiz, asosan speaking’ga qaratilgan bo’ladi. Qabul boshlanishi bilan xabar beraman…

#nazm
Gʻarbliklar ichida sharq boʻlib koʻr-chi,
Sharqliklar ichida gʻarb boʻlib koʻr-chi.
Agar oʻxshamasang ularga bir zum,
Osarlar, Mashrabdek farq boʻlib koʻr-chi.
Asalxonaga kir, talaydi ari,
Ularga endi bir talx boʻlib koʻr-chi.
Oʻlmoqqa biror bir chora izlama,
Qoʻymay yetalarlar, gʻarq boʻlib koʻr-chi.
Xayrullo, ularning ashulasin ayt,
Olomon ichida xalq boʻlib koʻr-chi!
- Xayrulla Hamidov

🛫Mana Italiyaga qaytganimga ham 2 oydan oshibdi, deyarli barchasini qaytadan boshladim.
🎃Kecha Halloween, bugun esa All Saints’ Day nishonlanyapti. Bir oylik to’xtovsiz darslardan so’ng bizga ham universitetdan bir haftalik ta’til berildi, keyin oraliq imtihonlari boshlanadi.
🌐100dan ortiq insonlar bilan tanishdim, 30ga yaqin turli dastur (grantlar)ga ariza topshirib chiqdim, yil yakunigacha bir nechta online loyihalar boshlamoqchiman. Italyan tilimni esa bahorgacha A2 qilishim kerak. Bir-ikkita kichik muammolarni hisobga olmasa, hammasi joyida.
🌋Ertaga erta tongdan esa UNESCO muhofazasidagi Yevropaning eng tarixiy (~500,000 yil), eng baland (~3369m, 40km diametr), eng faol (oxirgi marta shu yil 15-avgustda otilgan) va shu bilan birgalikda eng xavfli (77 kishining o’limiga sabab bo’lgan) vulqon — Etnaga kichik sayohatga jo’nab ketamiz.
Ciao! 👋

🛫Mana Italiyaga qaytganimga ham 2 oydan oshibdi, deyarli barchasini qaytadan boshladim. 🎃Kecha Halloween, bugun esa All Saints’ Day nishonlanyapti. Bir oylik to’xtovsiz darslardan so’ng bizga ham universitetdan bir haftalik ta’til berildi, keyin oraliq…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Elbek Akbarovich
Video message
Instagram’da full post+stories:
https://www.instagram.com/p/DB5v5bbo1LW/?igsh=MWg0bXR1YnZvMHZwMg==
*Kimgadir qiziq bo’lsa.

#yarmichin
Hozir bir 🇩🇿jazoirlik arab, fransuz (ona tili), ispan (bakalavr), ingliz, italyan (o’rgangan) tillarini biladigan qizga “Ruschani bilaman” desam “Wow, that’s fire!” deydi.
Diqqat savol: u meni ustimdan kuldimi yo rostdan qoyil qoldimi?!😂

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Ikki ish borki, Odam bolasi uni yomon koʻradi:
1. Oʻlimni yomon koʻradi. Aslida oʻlim unga fitnadan koʻra xayrlidir.
2. Mol-dunyo(si) kamligini yomon koʻradi. Aslida mol-dunyoning kamligi (Qiyomatdagi) hisob-kitobini kam (yengil) boʻlishiga olib keladi”.
Imom Ahmad rivoyati

Bir necha kun avval $3 million, bugun yana $1 million, ertaga esa…
Agar bu holat biror rivojlangan davlatda bo’lsa xalq oyoqqa turadi, muqarrar/qattiq jazo belgilanadi. Bizda esa allaqachon “normal” holatga aylanib qolgandek go’yo… Axir bu sizning pulingiz, bu mening pulim:
Maktabning sovuq xonalarida o’tirib dars qilayotgan bolalarning puli!
Pensiyasiga uchma-uch zo’rg’a yashaydigan, shuni ham har oy kechikib olayotgan onaning puli!
2 million so’m oylikka haftada 6 kun ishlab, daromadini deyarli yarmini soliqlarga to’layotgan oliy ma’lumotli mutaxasisning puli!

#yarmichin #masalanda
(Ba’zi) hamyurtlarimizni O’zbekistondagi saylovlardan ko’ra AQShdagi saylovlar va ularning natijalari ko’proq qiziqtiradi deb o’ylab qolaman…
*Balki hozir AQShda yashayotgan 100 mingga yaqin vatandoshlarimiz taqdiri uchun ham qayg’urishar, yana kim bilsin.

#yarmichin #masalanda (Ba’zi) hamyurtlarimizni O’zbekistondagi saylovlardan ko’ra AQShdagi saylovlar va ularning natijalari ko’proq qiziqtiradi deb o’ylab qolaman… *Balki hozir AQShda yashayotgan 100 mingga yaqin vatandoshlarimiz taqdiri uchun ham qayg’urishar…
#youtube
*Yuqoridagi fikrimga mantiqiy/siyosiy izoh berilgan podcast bor ekan, eshitib chiqyapman. AQShda saylov tizimi qanday ishlashini tushuntirib berishgan.
👉 https://youtu.be/k2HNi53aB1c?si=ad0xUTdtfpdYvzu2

Jannatim,Davlatim
Konsta [www.ShumFM.net]
Bu trekni ma’nosini tushunaman deb yurgan ekanman…🖤
“Bizda ham 30-50 yil avval shunday bo’lgan”. Bu gapni Italiyada O’zbekiston haqida gapirib bersam tez-tez eshitaman.
Hozirgi kunda o’zbek yoshlari (Yevropadagi yoshlarga qaraganda) katta hayotga juda erta qadam qo’yishadi. Qizlar 18-20 yoshdan, yigitlar esa 21 yoshdan oila qurishni boshlashadi, 25 yoshgacha esa albatta oliy ma’lumotli bo’lish (nima qilib bo’lsa ham, qaysi soha bo’lsa ham), ham tayinli ishni boshini tutgan bo’lishlari kutiladi. Aslida esa, bu ular (ya’ni biz) uchun juda katta bosim ekanligini turli davlatlardan kelgan qanchalik ko’p tengdoshlarim bilan gaplashsam, shunchalik ko’p tushunib yetyapman. Umuman olganda, bu holatni ko’plab Osiyo davlatlarida uchratish mumkin va shu sababli bo’lsa ham kerak, osiyolik (hind, xitoy, yapon) insonlar haqida “geniy” degan stereotip shakllanib qolgan.
Magistraturada birga o’qayotgan kursdoshlarimni deyarli barchasi mendan katta, ularni o’qishga bo’lgan motivatsiyasi o’zbek yoshlarinikidan farq qiladi: qiziqqan sohasida chuqurroq bilimga ega bo’lish; yaxshi maosh, yetarli tajriba va allaqachon 2ta diplomi bo’lsa ham ilmiy izlanish va shaxsiy rivojlanishda davom etish.
Albatta, bu jarayon ularni oila qurish yoshini kechikishiga ham sabab bo’ladi. Lekin bu bilan faqat ta’lim olish sababligina oila qurishmaydi demoqchi emasman, chunki bu yerda yana bir muhim faktor va bu - dunyoqarash. Ya’ni oila qurish bu o’ta jiddiy, katta ehtimol bilan hayotingizdagi eng muhim qaror sifatida qaraladi. Shu sababli, ancha vaqt davomida bir-birini sinab yurishadi, haqiqiy sevgini his qilishni kutishadi, farzand katta qilish uchun har tomondan (asosan moliyaviy) tayyor bo’lishni kutishadi.
Ungacha esa hayotdan ko’proq zavq olish, sayohat qilish, yangi narsalarni sinab ko’rish va hokazolarni afzal ko’rishadi. Ota-onalar farzand hayotidagi muhim qarorlar (kasb tanlash, turmush qurish, mustaqil yashash)ga mutlaqo aralashishmaydi.
P.S: U yoki bu yerdagi hayot tarzi 100% to’g’ri/noto’g’ri deyishdan yiroqman, lekin g’arb sharqdan, sharq esa g’arbdan o’rganishi mumkin bo’lgan ko’p narsalar borligiga ishonchim komil va aynan globallashuv jarayoni orqali balki yaqin kelajakda bu balans topilar va ommaviylashar.
Fikrlar subyektiv, xulosa o’zingizdan.🤝🏼

“Gulistonga kamera ko’tarib ketvordik, 8,5 million! Voy dod, 500ming men uchun ko’p degan payti… Пилот’da samalyot bor. Nima qilaylik endi?😅”
(“Insonlar” treki klipi haqida gap ketyapti).
🎥To’liq ko’rish