Telegram Web
Qaysi biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
43%
I got a haircut
57%
I got a hair cut
Qaysi biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
44%
I got my haircut
56%
I got my hair cut
"Sochimni kestirdim" degan ma'noda ushbu gap to'g'rimi:

I cut my hair
Anonymous Quiz
50%
To'g'ri
50%
Noto'g'ri
πŸ‘3
Abituriyent 2025 - Test 3 Use.pdf
383.8 KB
Abituriyent-2025 β€” English Test tahlil #3

Testni bajaring va keyin tahlilni tomosha qiling: https://youtu.be/yOKUNB4STJc

Test javoblari: https://www.tgoop.com/english_quiz_test/3036

Testni Bilimni baholash agentligi (avvalgi DTM) saytidan sotib oldim. Siz ham sotib olishingiz mumkin. Xizmatdan foydalanish tugmasiga bosasiz va ro'yxatdan o'tasiz.

Testni sotib olish havolasi: https://my.uzbmb.uz/service/12

english_quiz_test.t.me
#abituriyent #dtm #testtahlil #english
⚑6
πŸŽ“ Abituriyent-2025 – English test tahlil

30 talik variant tahlillari va javoblari – mutlaqo bepul.

1⃣ Abituriyent-2025 English test tahlil

2⃣ Abituriyent-2025 English test tahlil

3⃣ Abituriyent-2025 English test tahlil

Barcha testlar Bilimni baholash agentligi saytidan sotib olingan. Havolaga bosing.

❗️Ko'proq tahlillar kerakmi? Batafsil mana bu yerda.

english_quiz_test.t.me
#abituriyent #english #dtm #testtahlil #ingliztili
πŸ‘3❀1
πŸ’ͺSport zaliga boradiganlar bo'lsa, ushbu buyumlarning inglizcha nomini bilib qo'ying!

english_quiz_test.t.me
#english #vocabulary #gym
18🀝1
❓Ba'zi abituriyentlar shunday savol berishadi: qanday testlarni yechishni maslahat berasiz?

❗️Javobim bitta: duch kelgan testni.

1️⃣ Chunki test yaxshi tuzilgan bo'lsa, bilimingizni chinakamiga sinovdan o'tkazib, imtihonda ko'rsatadigan natijangizni aniqroq bila olasiz.

2️⃣ Lekin agar yomon tuzilgan testni yechsangiz (masalan, savol noto'g'ri berilgan, 2 ta to'g'ri variant bor, umuman to'g'ri variant yo'q yoki savol umuman tushunarsiz bo'lsa), u holda o'sha savollarning yomon tuzilganligini aniqlashni ham o'rganasiz. Noto'g'ri tuzilgan savolni aniqlay olish uchun ham bilim kerak.

Demak, testni saralashga urinmang. Qanday test chiqsa, qanday kitob topsangiz, eski bo'ladimi-yangimi, oz bo'ladimi-ko'pmi, yaxshi tuzilganmi-yo'qmi, bajaravering.


βœ… Menda esa yaxshi tuzilgan testlar bor va ularni birma-bir tahlil ham qilganman. Olmoqchi bo'lsangiz, murojaat eting. Izohlarda yozib qoldiring.

english_quiz_test.t.me

#abituriyent #blog #testtahlil #dtm #english #ingliztili
πŸ‘4⚑1
IDP IELTS tomonidan yaratilgan bepul treyningni tugatib, Writing qanday tekshirilishini chuqur o'rgandim.

Oldin bilmagan narsalarim ko'p ekan va hatto ba'zi ma'lumotlar meni hayron qoldirdi.

❗️Agar o'qituvchi bo'lsangiz, albatta shu treyningdan o'ting: https://ielts.com.au/australia/about/ielts-for-teachers/ielts-teacher-training-program

english_quiz_test.t.me
#english #ielts #teacher
πŸ‘6⚑1
Forwarded from Everbest Education
Yaqinda o'tkazilgan so'rovnomadan ma'lum bo'ldiki, ingliz tilini o'rganuvchilar uchun Writing eng murakkab qismi ekan. Aynan shuning uchun, Everbestda maxsus Writing kursini boshlamoqchimiz.

✏️ Unda siz oddiy gap yozishdan to IELTS/CEFR esseylarini yozishgacha hammasini ikir-chikiri bilan o'rganasiz:

- gap tuzilishi va turlari
- paragraf yozish tartibi
- essey reja qilish, yozish va tekshirish


πŸ“Š Undan so'ng, IELTS Academic Writing Task 1 va Task 2 savollariga o'tiladi. U yerda

- Task 1 savollarini tushunishning oson usullarini
- Task 1 da yuqori natija ko'rsatish yo'llarini
- istalgan Task 2 savoliga essey yoza olishni to'liq o'rganasiz


❗️CEFR/Multilevel imtihoniga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun ham IELTS General Training Task 1 va Task 2 o'rgatiladi.

πŸ“† 22 May
⏰ 20:00 (Uzb time)


βœ… Yozni samarali o'tkazing va kelasi o'quv yiliga qadar Writing dan kamida 7.0 oladigan bo'ling!

everbest_education.t.me
#everbest #podcast #ielts #everbestpodcast
πŸ‘3❀1πŸ”₯1
🀩Yangi Telegram kanal yaratdim β€” barcha videodarslarim bitta joyda

YouTube kanalimga qo'ygan videolarni Telegramning o'zida istagan paytda ko'rishingiz mumkin. Hozircha grammatika videolar yuklangan. Boshqalari ham tez kunda joylanadi.

πŸ‘‰Yangi kanal havolasi: https://www.tgoop.com/english_videos_lesson

english_quiz_test.t.me
#english #videolessons #grammar
πŸ‘4πŸŽ‰2
"Bolaligimda superqahramon, psixolog, filantrop, faylasuf, aktyor va so'z ustasi bo'lishni istardim. Shuning uchun o'qituvchilikni tanladim."

– Nikolas Ferroni
Pedagog va advokat

english_quiz_test.t.me
#teaching #blog #teacher
⚑3πŸ”₯3πŸ‘2
Ushbu rasmda 5 ta inglizcha so'z yashiringan. Qidirib ko'ring-chi!

english_quiz_test.t.me
#english #vocabulary #pictionary
⚑1πŸ‘1
Bu – Jorj MakLorin, 1948-yili Oklahoma Universitetiga qabul qilingan ilk qora tanli inson. Uni boshqa oq tanli talabalardan alohida, burchakda o'tqizishgan.
⁣
Ammo uning ismi kollejning eng yaxshi talabalari ro'yxatida yuqori uchtalikda turibdi.
⁣
Mana uning so'zlari:
⁣
''Ba'zi talabalar menga xuddi hayvonga qaragandek qarashardi, men bilan hech kim gaplashmasdi, o'qituvchilar uchun men umuman mavjud emasdim, savollarimga deyarli javob berishmasdi. O'z ustimda shunchalik ishladimki, guruhdoshlarim meni qidiradigan bo'lib qolishdi va ustozlarim fikrimni inobatga oladigan bo'lishdi. Ular uchun ortiq ko'rinmas odam emasdim."


⁣Ta'limning qudrati har qanday qurolnikidan ham kuchliroq.

english_quiz_test.t.me
#interesting #blog
πŸ‘7πŸ”₯4⚑3🐳22
πŸ“šIngliz tilidan 30 talik test variantlari

β€’ DTM 2024 β€” 24 ta test + video/audio tahlil + javoblari β€” 50 ming so'm

β€’ DTM 2024 va DTM 2023 β€” 49 ta test + video/audio tahlil + javoblari + qisqa Grammar review β€” 90 ming so'm

PS, barcha fayllar .pdf formatida
❗️To'lov bir martalik, oyiga emas!

πŸ‘‡Bepul tahlillar ham borπŸ‘‡

▢️ Test tahlil 2025

▢️ Test tahlil 2022

▢️ Test tahlil 2021

▢️ Test tahlil 2020

πŸ“±Murojaat uchun: @xurshidmatnazarov

english_quiz_test.t.me
#abituriyent #ingliztili #dtm #dtm2023 #dtm2024 #dtm2025 #testtahlil #english #ingliz
πŸ‘2❀1πŸŽ‰1
🎡Ingliz tilini sevgan ashulangiz bilan mashq qilishga nima yetsin?

Ashulani topasiz, o'zingizga mos darajani tanlaysiz va ashulani tinglash bilan birga, uning matnini ham to'ldirib borasiz.

⌨️Shuningdek, klaviaturadan foydalanish mahoratingizni ham mashq qilasiz.

Qiziqayotgan bo'lsangiz, mana bu yerga o'tingπŸ‘‰ https://lyricstraining.com/

english_quiz_test.t.me
#blog #english #listening
❀2⚑2πŸ‘2πŸŽ‰1🐳1🀝1
Saqich va ustozga hurmat

Maktabda saqich chaynashni taqiqlashning ilk sabablaridan biri, negadir, ustozga hurmatsizlik deb qaraladi. Saqich chaynayotgan o'quvchiga qarab, "Og'zingdagini ol! Ustozga hurmating yo'qmi? Oldin o'zingni hurmat qilishni o'rgan, keyin birovlarni hurmat qilasan!" deyiladi.

Lekin nega ustozning hurmati birovning og'zidagi saqich bilan o'lchanishi kerak? Og'zingizda bir tiyinga qimmat saqichning bor yoki yo'qligi qanday qilib sizning birovga yoki biron nimaga bo'lgan hurmatingiz bor yoki yo'qligini anglatishi mumkin? Ustozga bo'lgan hurmat shunchalik arzon o'lchanadimi?

Undan ko'ra, o'quvchilarga saqich chaynashning maktabda uchraydigan real salbiy oqibatlari haqida gapiraylik:

β€’ saqichni parta yoki stullarga yopishtirib ketsangiz, keyinchalik uni yo'qotish qiyin
β€’ saqich hatto kiyimga va sochga yopishib qolishi ham mumkin va bu hech kimga yoqmaydi
β€’ maktab jihozlariga zarar yetgan taqdirda, uni tuzatish qimmatga tushishi mumkin
β€’ tagi saqich bilan to'lib yotgan parta/stulda o'tirish har kim uchun ham noqulay va yoqimsiz

β€’ ovoz chiqarib saqich chaynash boshqa o'quvchilarni chalg'itadi

Keling, yaxshisi, o'quvchilarga shunday deymiz:
"Bolalar, maktabimiz ozoda va toza bo'lishini ta'minlash uchun, saqichlaringizni bir bo'lak qog'ozga o'rab, axlat qutisiga tashlang. Parta yoki stullarga yopishtirmang. Maktab jihozlariga ziyon yetkazish mumkin emas. Bir-birimizning bilim olishimizga to'sqinlik qilmaylik."


Iltimos, bu yerda ustozlar va ularga bo'lgan hurmat-ehtiromni aralashtirmang. Agar o'qituvchi bo'lsangiz, o'z qadringizni yaxshiroq narsalarga tenglashtiring. Hech bo'lmaganda, ming so'mdan qimmatroq narsaga!

english_quiz_test.t.me
#blog #read #teacher
⚑7πŸ‘3😁2🐳1
2025/07/13 22:44:25
Back to Top
HTML Embed Code: