Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
#fan

Biznes va Iqtisodiyot fanlari farqi

Ximiya va Fizikani farqi bo'lgani kabi, Biznes va Iqtisodiyot fanlari o'rtasida farq bor.

- Iqtisodiyot qadimiyroq fan.
- Boshida nazariy qarashlar majmui bo'lgan, hozir esa ko'proq amaliy fan, ya'ni fakt va aniq ma'lumotlarga tayanadi.
- Korxonalar, xalq va davlatga tegishli masalalarni kompleks hal qiladi.
- Mikro (bir firma yoki iste'molchi) va makro (barcha firmalar va iste'molchilar) darajasida tahlilni qamrab oladi.
- Subyeklar o'zining va atrof-muhitning qarorlarini kompleks o'rganadi.
- Birday normativ va positiv fan, ya'ni ham tavsiya beradi, ham mavjud holatni tavsiflovchi rolni bajaradi.

Eng asosiysi, Iqtisodiyot fani, ma'lum shartlar asosida davlat aralashuvini ma'qullasa, Bisnes fani davlat aralashuviga tish tirnog'i bilan qarshi.

Biznes yo'nalishida o'qib, o'zini iqtisodchi deyish xato!

@eresearch_iqtisodiyot
#fan

Dollar oshishi xalqqa zarar, (eksportchi) biznesga foyda.

bizda xalq ko'proq import maxsulotlarini (yoki import qilinadigan xom ashyoga bog'langan korxonalar tovarlarini) iste'mol qilgani uchun, dollar oshsa maxsulotlar narxi oshadi,

biznes esa maxsulotini chet elga dollarda sotgani uchun dollar oshishi odatda bu maxsulotlar dollardagi narxi arzonlashishi va ko'proq sotilishiga olib keladi
.

@eresearch_iqtisodiyot
#iqtibos

Savodsizlik bombasi

Har qanday davlatni yo'q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq masofali raketalardan foydalanish kerak emas. Bu faqat ta'lim sifatini pasaytirish va imtihonlarda aldashga yo'l qo'yishni talab qiladi.

Daniel Prelipcean

- Odamlar ana shunday shifokorlar qo'lidan o'ladi;
- Binolar shunday muhandislar qo'lidan qulab tushadi;
- Pul bunday iqtisodchi va buxgalterlarning qo'lida yo'qoladi;
- Insoniyat mana shunday diniy ulamolar qo'lidan adashadi;
- Bunday sudyalar qo'lida adolat yo'qoladi.

Ta'limning tanazzulga uchrashi millatning qulashidir.

@eresearch_iqtisodiyot
#tavsiya

Tashkilotga
Moliya-iqtisod boʼlimi nega kerak?

Talabalar diqqatiga, ertaga sizdan ish beruvchingiz talab qiladi. Bunga tayyor turing!

Ishlarni intuitsiyaga asoslanib emas, balki hisob-kitobga asoslanib amalga oshirish uchun Moliya bo'limi (departamenti) kerak (uyingizdan avtobus bekatiga tavakkal chiqib olish emas, avtobus kelish vaqtini hisobini olib chiqish ancha vaqtni tejagani kabi).

Moliya-iqtisod bo'limi vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Yomon xarajatlarga yoʼl qoʼymaslik:
-rejadan tashqari xarajatlar
-faqatgina qisqa muddatli ishtahaga va hissiyotga asoslangan xarajatlar
-bozor narxidan qimmat xaridlar
-sifatsiz xaridlar
-tendersiz xaridlar
-behuda xarajatlar (muqobil qiymati kattaroq boʼlgan xarajatlar)

2. Bozordagi trendlarni kuzatib borib, ularga zudlik bilan reaktsiya qilish:
-xodimlar maoshi
-raqobatchilar narx siyosati
-taʼlim xizmatlari narxlari
-arenda narxlari

3. Hamkorlar bilan kelishiladigan shartnomalarni korxonangiz uchun manfaatli shartlar asosida tuzilishini taʼminlash:
-hamkorlik kelishuvlari
-arenda shartnomalari
-mehnat shartnomalari

4. Moliyaviy mustaqillikka erishish boʼyicha strategiyani ishlab chiqish:
-xarajatlarni optimallashtirish
-xarajatlar normasini ishlab chiqish
-yangi daromad manbalarini izlash

5. Korxona KPI natijalarini baholashda qatnashish:
-joriy xarajatlardan qaytimni baholash (ex post)
-har bir tashabbusli loyiha uchun cost-benifit tahlillarni amalga oshirish (ex ante)

6. Xarajatlarni asoslash tizimini shakllantirish:
-boʼlimlar ularga ajratilgan mablagʼni toʼgʼri sarflashlarini nazorat qilib turuvchi mexanizmlarni joriy etish

@eresearch_iqtisodiyot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kuzatuv

Bizda boshqaruv usuli:
- nasihat qilish
- iltimos qilish boʼlib qoldi.

Dunyoda boshqaruv usuli:
- moliyaviy jazolash
- maʼnaviy jazolash
- moliyaviy ragʼbatlantirish
- maʼnaviy ragʼbatlantirish
- jamoatchilik nazorati
- vijdon kodeksi va b.

@eresearch_iqtisodiyot
#tavsiya

Insonni qadriyatlari,
hayvonni instinktlari boshqaradi


O'ylab ko'raylik hozir ko'pchiligimizni qadriyatlarimiz qanday:
- kattani hurmat qilish;
- mehmondo'stmiz;
- boshliqni gapiga kiramiz;
- mehnatsevarmiz;
- nonni e'zozlaymiz;
- ko'nikuvchanmiz va hokazo;

Lekin, shuning o'zi yetarlimi?!

Qadriyat degani, agar kishida u bo'lmasa, yashagandan ko'ra o'lgani yaxshi degani, bu narsa uchun umrini oxirigacha kurashib yashash kerak degani.

Amerikaliklar uchun bu erkinlik, yevropaliklar uchun inson qadri, yaponlar uchun boshqalar haqida qayg'urish.

Bizchi, nima uchun kurashib yashashimiz, nima uchun umrimizni bag'shida etishimiz kerak? Balkim:
- bilim olish va boshqalarga bilim berish uchun jonimizni berib yasharmiz?
- yoki balkim adolat bo'lishi uchun, hammaga bir xil qaralashi uchundir?
- yoki o'zbek millati va xalqini qadr-qimmati uchunmi?

Nima bo'lganda ham qadriyatlarimiz bizni kimligimizni aniqlab beradi.

@eresearch_iqtisodiyot
#havola

Iqtisodchilar bir birlarini tushunishlari uchun bir xil tilda so'zlashishlari zarur. Buning uchun ayrim iqtisodiy atamalarni aynan qanday atash bo'yicha kelishib olish va izohli lug'atlar shakllantirib qo'yish lozim.

O'zbek tilida birinchi iqtisodiy izohli lug'at
tayyorlanibdi. Uni quyidagi havola orqali ko'zdan kechirish mumkin:

https://atama.idm.uz/

Barcha sohada xorijiy darsliklarni o'zbek tiliga tarjima qilishdan oldin izohli lug'at tayyorlanishi kerak.

@eresearch_iqtisodiyot
#kuzatuv

Oq ayiq

Ovchi mixli taxtaga surtib qo'ygan ozgina laxta qonni yalab tili kesilib, o'zini qonini o'zi yalayverib huzr qilarkan, qoni tugagach yiqilarkan.

Ofis ishchisi
Rahbariyat bergan yumshoq stulda o'tirib huzr qilarkan, qancha ko'p o'tirgan sari shuncha o'tirgisi kelib bundan huzr qilishda davom etarkan. Oxiri qand yoki boshqa kasallikdan yiqilarkan.

@eresearch_iqtisodiyot
#statistika

Jahon ishlab chiqarishida O'zbekiston o'rnini toping.

@eresearch_iqtisodiyot
#kuzatuv

Bog'liqlik

Dunyoni ma'lumoti bir rasmda jamlangan. Bu yerda dunyo mamlakatlarida biz bilgan ko'rsatkichlarning boshqa bir ko'rsatkichlar bilan bog'liqlik darajasi ko'rsatilgan.

Masalan, Yalpi ichki maxsulot kommunikatsiyalar, xizmatlar sohasi, savodxonlik bilan ijobiy bog'liq (biri oshsa ikkinchisi oshadi) va, aksincha, yosh bolalar o'lim darajasi, tug'ilish va qishloq xo'jaligi sohasi bilan teskari bog'langan (biri oshsa ikkinchisi kamayadi).

Aholi soni hech bir ko'rsatkich bilan bog'liq emas. Ya'ni, hozirgi kunda mamlakat aholisi kam yoki ko'pligi hech narsani hal qilmaydi. Mamlakat hududi ham shunday.

@eresearch_iqtisodiyot
#mulohaza

Bilasizmi, nega bizni odamlar o'qimaydi? Chunki ertaga sun'iy intellekt 4 yil qiynalib o'qigan kasbini olib qo'yishini bilishadi.

Shuning uchun foydasi yo'q, ertaga shuncha o'rganganim bekorga ketadi deb o'qishmaydi.

@eresearch_iqtisodiyot
#kuzatuv

10 yil ichida kamerachi ham, uchuvchi ham o'z ishini yo'qotgan.

Texnologiyalar va AI ish joylarni olib qo'yyapti. Hozir bir o'tirib jiddiy o'ylang va lozim topsangiz ertaga ko'chada qolmaslik uchun kasbingizni o'zgartiring.

Keyingi 5 yil ichida qaysi kasblarni olib qo'yishini AIni o'zidan so'rab ko'ring.

@eresearch_iqtisodiyot
#mulohaza

Aslida 5 qo'l barobar emas.

Talabalar orasida ham o'qimaydiganlar bor, o'qiydiganlar bor. O'qishni sevadiganlar bor.

Ular orasida ham o'qish pulini to'lashga qurbi yetadiganlar bor, qurbi yetmaydiganlar bor.

Bizning xatomiz - hammani bir xil ko'rishimizda.

Yo'q unday qilmaylik. Aksincha, o'qishni xohlaganlarga sharoit yaratib beraylik, ular uchun har qanday to'siqni olib tashlaylik. O'qishni xohlamaydiganlar ularga xalaqit bermasin, ularni yo'ldan urmasin.

Moliyaviy qiynalganlarga yordam beraylik. Bugun ular muxtoj, lekin ertaga o'zi muxtojlarga yordam beradigan bo'lib ulg'ayadi, ishsizlarga ish beradigan bo'lib yetishadi.

@eresearch_iqtisodiyot
#tavsiya

Bilgan odam qiyin ishni oson tugallaydi, bilmagan - oson ishni ham qiyinlashtiradi


Ko'pchilik - kattami kichikmi farqi yo'q - ishni teskari tomondan boshlaydi.

Muvaffaqiyatga yo'l qo'pol qilib ayganda 5 ta ketma-ket qadamdan iborat:

1. Maqsad nima o'zi? Nimani xohlayapmiz? Nima kutyapmiz? Aniqlashtirvolishimiz kerak. Maqsad qancha aniq bo'lsa shuncha yaxshi, mavhumlikdan qochish kerak.

2. Keyin bu maqsadni mayda-mayda qismlarga bo'lish kerak, ya'ni vazifalarga. Qancha ko'p qism bo'lsa bajarish shuncha oson bo'ladi.

3. Endi bu vazifalarni bajarish uchun nima qilish kerak - degan savolga javob beramiz. Plan tuzamiz. Biz bilgan bog'liqliklar va qonuniyatlarni inobatga olamiz. Qancha ko'p bog'liqliklarni hisobga olsangiz ishingiz shuncha tez va oson bitadi.

4. Shaxsiy va jamoamiz imkoniyatlarini tarozidan o'tkazamiz. Yetmagan joyini to'ldiramiz. Ishni aniq taqsimlaymiz va amalga oshirish jarayonini boshlaymiz.

5. Tashqi muhit (oqim) foydalari va zararini baholaymiz. Zaralardan ehtiyot choralar ko'rib qo'yamiz, foydalaridan maksimal foydalanamiz, ya'ni oqimga tushib olamiz.

@eresearch_iqtisodiyot
#kuzatuv

Kitobdan o'qiladi, hayotdan uqiladi.

@eresearch_iqtisodiyot
#iqtibos

Rasm kuchi

Iqtisodiy rivojlanish
omillari, sabablari bo'yicha yana bir yondashuv. Minglab so'zni o'rnini bosadigan rasm.

@eresearch_iqtisodiyot
#fan

Bir rasmda butun boshli iqtisodiyot fani, nobel olgan olimlar fikrlari tasvirlab berilgan.

Iqtisodiyot erkin bo'lishi va firmalarga erkinlik berish kerak (klassik va neoklassiklar yondashuvi).

Yo'q, externality, incomplete markets va market power kabi holatlar firmalarga rivojlanishga xalaqit beradi (yangi keynschilar yondashuvi):

-Har bir tovar va xizmat uchun bozor mavjud deyish xato (externality). Masalan, havoni ifloslayotganlar ifloslash huquqini sotib olmaydi.

-Bozorga kirish xarajatlari nolga teng deyish xato (incomplete markets). Masalan, yangi firma bozorga kirish uchun katta marketing xarajatini qilishi kerak.

-Biror bir firma bozordagi narxlarga ta'sir qila olmaydi deyish xato (market power). Masalan, biror katta firma demping usulida kichiklarini o'yindan chiqarishi mumkin.

Bu holatlarni to'g'irlash uchun bozorga davlat aralashishi kerak.

Lekin, ko'p holatlarda davlat "sallasini olaman deb boshini olib qo'ymoqda".

Bir kam dunyo.

@eresearch_iqtisodiyot
#muxtasar

Aql olishdan huzur qiladi, qabl - berishdan.

@eresearch_iqtisodiyot
#kuzatuv

Ijro

Biz zo'r chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqishimiz mumkin. Lekin, ularning ijrosi amalga oshmas ekan hamma qilgan ishlar bir tiyin bo'ladi.

Pastda ijrochilar:
- Archa o'rnat desa lattadan archa qilib qo'yishadi;
- Obodonlashtir desa chimni yashil kraskaga bo'yab qo'yadi;
- Stadion qur desa, bir yilga bormay chirib bitadigan stadion quradi va hokazo.

Zato topshiriq bajarildi.

Shuning uchun, davlat yoki boshqa rahbar inson topshiriq berishdan oldin:
- ijrochini holatiga qarashi (tumanlarga urbanizatsiya bo'yicha topshiriq ketgandi, ular bu nimaligi tushunmas ekan)
- topshiriqni sifat nazoratini amalga oshirish imkoniyatiga qarashi kerak (ko'chada semechka sotib o'tiruvchilarni cheklash bo'yicha qaror chiquvdi, hech narsani o'zgartirisholmadi).

Aks holda, zo'r yig'ilishlar o'tkazamiz, buni blogerlar keng yoritadi, lekin, natija - nol.

@eresearch_iqtisodiyot
#kuzatuv

Qonun-qoida va istisno

- Qandaydir soha tadbirkorlariga imtiyozlar berildi;
- Endi qandaydir yoshlar o'qishga granga kiradi;
- Harbiylarga bunday imkoniyatlar berildi;

Bular hammasi istisnoli holatlar, ya'ni boshqa hamma mavjud qonun-qoidaga amal qiladi, lekin ma'lum bir guruhlarning esa "shoxi" bor.

Biz kimlargadir imtiyoz berilmasin demaymiz, lekin, kim bu imtiyozlar egasiga berilyaptimi yoki yo'qmi nazorat qiladi? Nazorchi organ yo'q yoki ishonchli emas degani - bu ochiq korrupsiya boshlandi degani, mablag'lar talon-taroj qilindi degani.

Shuni uchun istisnolar berishdan oldin juda jiddiy o'ylashimiz kerak, bu yordam egasiga yetib borishini kafolatlay olamizmi, buni bajaradigan ishonchli organimiz bormi?

Fanda bu:
inclusion error (loyiq bo'lmaganga imtiyoz berish) va
exclusion error (loyiq bo'lganga imtiyoz bermaslik) deyiladi.

Endi savol - bizda shu ikki holatlar ko'lami qanchalik katta?

@eresearch_iqtisodiyot
2025/02/19 10:14:49
Back to Top
HTML Embed Code: