#Dermatologiya
Stivens-Jonson sindromi (SJS)
Stivens-Jonson sindromi (SJS) - teri va shilliq qavatlarni shiksatlanishi bilan kechuvchi o'tkir allergik tabiatli kasallik bo'lib, teriga pufakli toshmalar toshishi va epidermis qavatlarining ko'chishi bilan xarakterlanadi.
SRS ni triggerlovchi asosiy omil bu dori vositalari (ayrim antibiotiklar, antiepileptiklar) hisoblanadi.
Kasallik isitma, mushak va bo'g'imlarda og'riq bilan boshlanadi. Keyin esa terida vezikobullyoz og'riqli toshmalar toshib eroziyalanishlar kuzatiladi.
Kasallikka tashxis qo'yish klinik belgilar asosida bo'ladi, biroq tashxisni qo'shimcha tasdiqlash yoki boshqa vezikobullyoz toshmali kasalliklarni inkor qilish uchun biopsiya ham qo'llanilishi mumkin.
Davo chorasi sifatida trigger preparatlar qabulini to'xtatish o'ta muhim va xuddi kuyishlarda qo'llanilgani kabi infuzion terapiya, jarohat parvarishi va og'riq qoldiruvchi yordamchi terapiya qo'llaniladi.
SJS da gipovolemik va septik shok bilan bog'liq holda o'lim ko'rsatkichi yuqori, ayniqsa bu ko'rsatkich kasallik toksik epidermal nekroz (TEN) bilan kechganda yana ham ortadi.
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp😃

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Quyidagilardan qaysi biri eng to'g'ri keyingi qadam bo’lishi mumkin?
Anonymous Quiz
22%
A) Bosh va bo'yin mushaklariga onbotulinumtoksinA (Botox) inyeksiya qilish
29%
B) Topiramat qabulini to'xtatish va propranolol buyurish
12%
C) Kuniga 1 mahal qo'shimcha propranolol buyurish
37%
D) Bosh miyani shoshilinch MRT qilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onkologiya
O'sma lizis sindromi (O'LS)
Qisqa vaqt ichida ko'p miqdordagi rak hujayralari o'limining sodir bo'lishi natijasida O'sma lizis sindoromi kelib chiqadi.
Barcha onkologik bemorlarda ham O'LS rivojlanish xavfi bir xil emas. Bunday hollar ko'pincha o'tkir leykoz yoki o'gir darajali limfomada, terapiyaga sezgir o'sma turlarida kuzatilishi mumkin.
O'LS spontan tarzda (rak davosiga qadar) boshlanadi ham mumkin, ammo odatda terapiya boshlangandan so'ng bir hafta ichida kuzatiladi.
O'LS faqatgina an'anaviy kimyoterapiya qabul qilayotgan bemorlarda emas, balki steroidlar qabul qilayotgan gormonal terapiyadagi bemorlarda, target terapiya yoki nur terapiya qabul qilayotgan bemorlarda ham kuzatilishi mumkin.
Bundan tashqari O'LS organizm suvsizlanishidan aziyat chekayotgan yoki buyrak disfunksiyasi mavjud bo'lgan bemorlarda rivojlanish xavfi yuqori.
Simptomlar odatda nospetsifik bo'lib:
· Qayt qilishsiz ko'ngil aynishi
· Ishtaha yuqolishi va charchoq
· Siydik rangining to'qlashishi, ajralishining kamayishi va beldagi og'riq
· Gipoesteziya, tutqanoqlar yoki gallyutinatsiyalar
· Mushak tortishishi
· Yurak urib ketishi
Agar bemor davolanmasa buyrak yetishmovchiligi va buyrak faoliyati to'xtashiga sabab bo'ladi.

#Kardiologiya
Bo'lmachalar fibrillyatsiyasi (BF)
Simptomlari: Yurakning tez urib ketishi, charchoq, bosh aylanishi, nafas qisishi
Ayrim bemorlarda simtomlar kuzatilmasligi mumkin, lekin insult va yurak yetishmovchiligi xavfi saqlanib qolaveradi.
EKG belgilari: Noregulyar ritm va P tishchaning aniqlanmasligi va uning o'rniga fibrillyator to'lqinlar kuzatilishi
BF turlari:
- Paroksizmal: 7 kun ichida xurujlar o'z-o'zidan yuqoladi
- Persistirlovchi: Sinus ritmni tiklash uchun yondashuv talab qiladi (Farmakoterapiya yoki kardioversiya)
- Doimiy: Sinus ritmni tiklab bo'lmaydi, chastotani nazorat qilish va antikoagulyatsiya orqali boshqariladi.
Davolash:
- Chastotani nazorat qilish maqsadida: β-blokatorlar (Metoprolol, Karvedilol), kalsiy kanali blokatorlari (Diltiazem) yoki Digoksin
- Ritm nazorati: medikamentoz kardioversiya (Amiodaron, Flekainid, Ibutilid), elektrik kardioversiya
- Kateter ablatsiya: Simptomatik va medikamentoz terapiya samara bermagan bemorlar uchun
- Antikoagulyatsiya: Apiksaban, Rivaroksaban, Dabigatran

Quvvatlantiruvchi chora tadbirlarga qo'shimcha davo sifatida quyida keltirilganlardan qaysi biri eng to'g'ri keying qadam bo'lishi mumkin?
Anonymous Quiz
49%
A) Glyukokortikoidlar buyirish
10%
B) Gipotonik eritma buyurish
5%
C) Mahalliy nitroglitserin qo'llash
22%
D) Qizdiruvchi to'shak-yopinchiqlardan foydalanish
14%
E) Metimazol buyurish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Gastroenterologiya #Infeksionkasalliklar
Spontan bakterial peritonit
Assit o'g'ir jigar kasalliklarida, qachonki jigarda bosim ortsa (portal gipertenziya) va uning funksiyasi buzilib, qondagi albuminlar va boshqa oqsillarning darajasi kamayganda yuzaga keladi. Spontan bakterial peritonit esa qachonki ichaklarda normal yashaydigan bakteriyalar qorin bo'shlig'iga tushsa va assit infeksiyasiga sabab bo'lsa yuzaga keladi. Bunday hollar o'gir jigar kasalliklarida sodir bo'ladi, chunki immun tizimining reaksiyasi susayadi va ichakdagi bakterial muhit o'zgaradi. Ichakdagi yallig'lanish uning germetikligi buzilishiga olib keladi va ichak bakteriyalari tomonidan tananing boshqa mikroblardan xoli bo'lgan qismlari zararlanishiga sabab bo'ladi.
Spontan bakterial peritonitning eng asosiy simptomlari isitma, qaltirash va qorinda og'riq hisoblanadi. Ayrim bemorlarda es-hushning buzilishi ham kuzatilishi mumkin. Shuningdek, asimptomatik kechishi ham mumkin. Assit bilan namoyon bo'lgan o'gir jigar kasalligi mavjud bo'lgan va es-hushning buzilishi yoki buyrak-jigar funksiyasining buzlishi natijasida gospitalizatsiya qilingan har qanday bemorlarni spontan bakterial peritonit uchun tekshiruvdan o'tkazish zarur.
Spontan bakterial peritonit o'tkazgan bemorlarda uni yana qaytalanish xavfi bo'ladi. Spontan bekterial peritonit o'tkazgan yoki assit suyuqligida oqsilning darajasi juda past bo'lgan yuqori xavf guruhidagi bemorlarda kunlik peroral antibiotiklar buyuriladi. Assit bilan namoyon bo'lgan og'ir jigar kasalligi mavjud bemorlarda qizilo'ngach, oshqozon yoki ichklardan qon ketishi kuzatilsa, spontan bakterial peritonit profilaktikasi uchun albatta 5-7 kun davomida antibiotiklar buyurilishi zarur.
Assitni tuz iste'molini kamaytirish yoki diuretiklar bilan ham davolash mumkin. Og'ir jigar kasalliklari mavjud bo'lgan kishilar oqsilga boy dieta qilishga intilishlari kerak. Mushak massasi yuqotilishiga qarshi sport bilan muntazam shug'illanish ham tavsiya etiladi.

Quyida keltirilgan medikamentoz terapiyalardan qaysi biri ushbu bemor uchun eng mos dastlabki yondashuv hisoblanadi?
Anonymous Quiz
34%
A) Fenoksibenzamin
11%
B) Oktreotid
25%
C) Propranolol
13%
D) Klonidin
16%
E) Gidroxlortiazid
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xirurgiya #Kardiologiya
Sun'iy yurak klapanlari
Sun'iy yurak klapanlari — yurak klapanidagi jiddiy nuqson yoki kasallik tufayli tabiiy klapan funksiyasi buzilganida, uni almashtirish uchun qo'llaniladigan mexanik yoki to'qima asosidagi protez qurilmalardir.
Yurakning asosiy vazifasi qon oqimini kerakli yo'nalishda va kerakli bosim bilan ta'minlashdir. Agar klapanlardagi stenoz yoki regurgitatsiya juda og'ir darajada bo'lsa, sun'iy klapan o'rnatish orqali yurakning normal ishlashi ta’minlanadi.
Sun'iy yurak klapanlari o'rnatishga sabab bo'ladigan omillar:
1. Klapandagi jiddiy stenoz yoki regurgitatsiya: Qonning yurakka yoki organizm bo'ylab to'g'ri oqmasligi.
2. Revmatik yurak kasalligi: O'tkir revmatik isitma yoki surunkali revmatik kasalliklar klapan to'qimasida chandiq paydo qiladi.
3. Tug'ma yurak nuqsonlari: Ba'zi bemorlarda tug'ilgandan boshlab noto'g'ri shakllangan yoki to'liq rivojlanmagan klapan uchrashi mumkin.
4. Infeksion endokardit: Yurak klapanining yallig'lanishi (infeksiya) natijasida klapan yuzasi shikastlanishi.
5. Qarish jarayonlari: Yosh o'tgan sari klapan to'qimasi degenerativ o'zgarishlarga uchrashi mumkin.
Ushbu holatlarda klapanning funksiyasi tiklanishi qiyin bo'lsa yoki konservativ va dori-darmon bilan davolash samara bermasa, sun'iy klapan o'rnatish operatsiyasi tavsiya etiladi.
Sun'iy yurak klapanlarini o'rnatish usullari:
1. An'anaviy jarrohlik usuli (sternotomiya)
2. Kardiopulmonal shuntlash
3. Mini-Sternotomiya
4. Transkateter klapan almashtirish (TAVR/TAVI)
Transkateter klapan almashtirish (TAVR/TAVI): Aortal klapanini almashtirishda kengroq qo'llaniladi. Kateter son arteriyasi yoki ba'zan o'mrov osti arteriyasidan kiritilib, yurakka yetkaziladi va joyida shishirib o'rnatiladi. Asosan keksaroq yoki yuqori xavf guruhidagi bemorlarda qo'llanilgan, biroq so'nggi paytlarda o'rta hamda past xavf guruhidagi bemorlarga ham tavsiya etilmoqda. Kamchiligi shundaki, faqat biologik klapanlar transkateter usulda o'rnatiladi, mexanik klapanlar bunday yo'l bilan o'rnatilmaydi.

Quyida keltirilganlardan qaysi biri bemor uchun eng to'g'ri tashxis bo'lishi mumkin?
Anonymous Quiz
14%
A) Turg'un stenokardiya
39%
B) Subendokardial miokard infarkti (ST elevatsiyasiz miokard infarkti)
34%
C) Noturg'un (nostabil) stenokardiya
11%
D) Prinsmetal stenokardiya
2%
E) Diffuz qizilo'ngach spazmi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Terapiya #Pulmonologiya
Yo'tal
Yo'tal — o'pkalardan havoning zarb bilan chiqarilishi bo'lib, nafas yo'llariga tushib qolgan zarrachalar, irritantlar, yuqumli mikroorganizmlar va pastki nafas yo'llaridagi ajralmalarni tashqariga chiqarishga yordam beradigan himoya reaksiyasidir.
O'tkir yo'tal (<3 hafta): asosiy sabablar shamollash, gripp, virusli rinosinusit hisoblanadi. Bundan tashqari virusli bronxit, pnevmoniya va atipik infeksiyalar (m-n, ko'kyo'tal) ham sabab bo'lishi mumkin.
Yuqoridagi holatlar odatda sog'lom kishilarda o'z-o'zidan tuzalib ketadi. Zaruratga ko'ra medikamentoz terapiya qo'llash mumkin.
O'tkir osti yo'tal (3-8 havfta): asosan o'tkir respirator infeksiyalarning tuzalish davrida kuzatiladi (ya'ni postinfeksion yo'tal). Bundan tashqari yengil astma xurujlarida, atipik respirator infeksiyalarda, o'tkir osti bakterial sinusitda ham kuzatilishi mumkin.
Yuqoridagi holatlarda 4-6 hafta o'tib ham bemorning holati yaxshilanmasa va yo'talning kuchayishi hamda yangi simptomlar (m-n, isitma, vazn tashlash) kuzatilsa tibbiy ko'rik o'tkazish tavsiya etiladi (m-n, rentgenografiya, o'pkaning funksional sinamasi, sinuslar radiologik tekshiruvi)
Surunkali yo'tal (>8 hafta): Asosan astma, GERK, surunkali rinosinusit, allergik rinit, ayrim antigipertenziv vositlar (m-n, AO'F ingibitorlari), chekish va kam hollarda surunkali obstruktiv o'pka kasalliklari (SOO'K), bronxoektaz, intestinal o'pka kasalligi yoki o'pka rakida kuzatiladi.
Yuqoridagi holatlarda sinchikovlik bilan tekshiruvlar o'tkazish talab etiladi va etiologik sababga ko'ra davo chorasi tayinlanadi.
Ayniqsa quyidagi holatlarga e'tibor qaratish muhim ahamiyatga ega:
Gemoptoz (qon tuflash), sababsiz vazn tashlash, yuqori yoki doimiy isitma, avjlanib boruvchi nafas siqishi kabi belgilar ham mavjud bo'lsa, yomon sifatli o'sma, surunkali infeksiya, o'pkaning og'ir kasalliklariga shubha uyg'otadi. Agar kechki terlashlar kabi qo'shimcha belgi bo'lsa tuberkulyoz mavjudligiga shubha uyg'otadi.

Ushbu bemorda quyidagi tekshiruvlardan qaysi birini shoshilinch qo'llashga ko'rsatma berish lozim bo'ladi?
Anonymous Quiz
23%
A) Tik holatda qorin sohasi rentgen tekshiruvi
38%
B) EKG tekshiruvi
3%
C) Kolonoskopiya
15%
D) Qonda amilaza va lipaza tekshiruvi
0%
E) D-dimer
20%
F) Qorin sohasi UT tekshiruvi