Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bunaqasi faqat O‘zbekistonda bo‘lsa kerak

Superliga doirasidagi «Paxtakor» - OKMK uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Nodirbek Abdurazzoqov tomonidan 31-daqiqada kiritilgan mana shu golni VAR 14 daqiqa tekshirib, keyin hisobga olibdi.

14 daqiqa, Karl!

@gosportuz
Jahongir Ortiqxoʻjayevning Yoahim Lyov bilan tushgan surati tarqalmoqda.

Ayrim kuzatuvchilar Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi «Paxtakor» klubini boshqarishi mumkinligini yozmoqda

@gosportuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekcha qoʻshiqlarni jahonga mashhur karikaturachilar ham ishlatishni boshlabdi.

@gosportuz
Shahram G‘iyosovning WBA jahon chempionlik kamari uchun jangi muddati ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosovning (16-0, 9 KO) yarim o‘rta (-66,67 kg) vazn toifasida WBA chempionlik kamari uchun litvalik Eymantas Stanionisga (15-0, 9 KO) qarshi jangi 1-mart kuni o‘tkaziladi. Ushbu chempionlik jangi 2025-yil bahorining ilk kunida AQSHning Bruklin shahridagi «Barclays Arena»da tashkil etiladigan professional boks oqshomi doirasida o‘tkaziladi.

Mazkur oqshomning markaziy jangida esa Jervonta Devis va Lamont Roach bahsi tashkil etiladi. Bu jang 14-dekabr kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan, biroq keyinchalik 1-mart sanasiga ko‘chirilgandi.

Ma’lumot uchun, Shahram Eymantas Stanionisga qarshi Rio-2016 olimpiadasiga ringga chiqib, qiyinchilik bilan bo‘lsada, g‘alaba qozongandi.

@gosportuz
Otabek Umarov Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

@gosportuz
Kecha e’tibordan chetda qolgan o‘zgarishlar

Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Aziz Kamilov, Saken Polatov va Ravshan Ermatov ham lavozimidan bo‘shatilgan. Birinchi o‘rinbosar Otabek Umarovdan tashqari raisning o‘rinbosari sifatida faqatgina Sherzod Toshmatov faoliyatini davom ettiradi.

Yuqorida tilga olingan sobiq o‘rinbosarlar mos ravishda dzyudo, boks federatsiyalari va futbol assosiatsiyasida faoliyatini davom ettirishadi. Shuningdek, ular MOQ Bosh assambleyasi ijroqo‘mi a’zosi sifatida qolishadi.

Olimpiya qo‘mitasi raisining yana bir o‘rinbosari sifatida rasmiy manbalarda ko‘rsatib kelingan Salim Abduvaliyev esa mart oyida 6 yil muddatga qamalgandi.

Skrinshot: MOQ rasmiy sayti

@gosportuz
Foot Mercato nashri xabariga ko‘ra, PSJ Abduqodir Husanovga qiziqish bildirmoqda. Parijliklar prezidentining strategik maslahatchisi bo‘lgan Luis Kamposning shaxsan o‘zi Husanovni jamoada ko‘rishni istamoqda.

Ayni vaqtda Abduqodir Husanovning transfer bozoridagi real bahosi 20 millionga yevroga baholanmoqda.

@gosportuz
Mirjalol Qosimovning sobiq jamoadoshi Gruziya prezidenti bo‘lmoqchi

Angliyaning «Manchester Siti», Rossiyaning «Alaniya» jamoalari sobiq futbolchisi Mixail Kavelashvili 14 dekabr kuni Gruziyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini ilgari surdi. Kavelashvili «Gruziya orzusi» partiyasidan nomzod bo‘ladi

Ma’lumot uchun, Kavelashvili «Alaniya» tarkibida Qosimov bilan birga 1995 yilda Rossiya chempioni unvonini qo‘lga kiritgan. O‘sha mavsumda faqatgina u Qosimovdan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan.

@gosportuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nursulton Roʻziboyev sovuq qurol koʻtarib chiqibdi.

Qurollar haqiqiymi yoʻqmi aniqlik kiritilmagan.

@gosportuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu shunchaki boks emas. Bu katta SHOU. Promo vido ham shou darajasiga mos ishlangan. Shunchaki dahshat!

@gosportuz
2025 yili O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi lozim bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari, Bahraynga ko‘chirildi. Buning rasmiy sabablari aytilmagan, ammo bu O‘zbekistonda qurilayotgan olimpiya shaharchasining musobaqani o‘tkazishga tayyor bo‘lmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

O‘yinlar Bahraynda o‘tkaziladi.

P.S. To‘g‘risini aytsam, bu xabarni xushxabar sifatida qabul qildim. Ozmi-ko‘pmi keraksiz xarajatlardan, byudjet pullarini behuda sarflanishidan qutulib qolibmiz.

@gosportuz
Dahshat! Isroil Madrimov 2 oyda 2ta muhim jangda ringga chiqadi

Boksga qop-qop pul bilan kirib kelgan Turki Al Ash-shix 22 fevral kuni boʻlib oʻtadigan super boks oqshomi kardini eʼlon qildi. Unga koʻra, Isroil Madrimov Vergil Ortizga qarshi super yarimoʻta vazn toifasida WBC vaqtinchalik chempionlik kamari uchun ringga chiqadi.

Bungacha Isroil 21 dekabr kuni Serhei Bohachukka qarshi ringga chiqishi lozim.

@gosportuz
Abduqodir Husanov uchun kurashga «Nyukasl» va «Tottenhem» ham qo‘shilgan.

@gosportuz
O‘zbekistonlik legionerlar haqida har kuni yangilik chiqib turibdi ishqilib

Endi Abbosbek Fayzullayevga Ispaniyaning «Real Sosyedad» va Fransiyaning «Monako» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Monako» futbolchiga 15 mln yevro to‘lashga tayyorligi aytilmoqda. «Sosyedad» hozircha aniq summa taklif qilgani haqida ma’lumotlar yo‘q.

@gosportuz
Wikipedia allaqachon «Paxtakor»da yangi murabbiy ish boshlagani haqida bilar ekan.

@gosportuz
«Paxtakor» stadioni rekonstruksiya qilinadi

Klub xo‘jayini Jahongir Ortiqxo‘jayevning ma’lum qilishicha, stadionda ta’mirlash ishlari olib boriladi va u FIFA standartlariga mos ko‘rinishga keltiriladi. Shundan so‘ng jamoa uy uchrashuvlarini o‘z stadionida qabul qilishni boshlaydi.

@gosportuz
Dragan Cheran va «Paxtakor» hikoyasi tugadi

Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Dragan Cheranga faoliyatini yakunlab, murabbiylik faoliyatini boshlashni tavsiya berardim. Keyingi yil uni «Paxtakor»da ko‘rmayapmiz».

@gosportuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Video o‘z yo‘liga, lekin Vinisiusning yig‘i ovozi haqiqiy klassika😂

Hamid kreativ ijodi bilan Omar Momanidan ham obro‘si oshib ketdi.

@gosportuz
2024/12/05 05:30:12
Back to Top
HTML Embed Code: