Telegram Web
Turkiya burslari grantiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Turkiya burslari boʻyicha toʻliq tartibli professional mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kurs kim uchun?

Bakalavriat, magistratura yoki doktoranturani Turkiyada ingliz yoki turk tilida toʻliq grant asosida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Turkiya burslari dasturi Turkiyada deyarli bacha sohalarda (jumladan, tibbiyot, stomatologiya va farmasevtika sohasida ham) toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Mentor kim?

Kurs mashgʻulotlari Turkiya burslari granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Mentor avval ham bunday kurslar qilganmi?

Ha, Abdulaziz Murtazoyev bir necha yillardan beri har xil grantlar yuzasidan mentorlik qilib keladi. Bunday kurslarga qatnashganlargan bir qanchasi turli toʻliq grantlar, jumladan, Turkiya burslari grantini ham qoʻlga kiritgan.

Dastur mashgʻulotlari Zoom konferensiyalar va/yoki telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Kursga qatnashish uchun 2025-yil 18-yanvargacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Hozirda oxirgi sinf yoki bosqichda oʻqiyotgan oʻquvchilar va talabalar ham topshira oladi.

Kurs, kursning narxi haqida batafsil maʼlumot olish va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna
NSP_ZAHR_2024_10_31.pdf
347.7 KB
#natija 40

NSP dasturining so'nggi qabul natijalari e'lon qilindi.

Slovakiyada 2 semestrgacha oʻqish/tadqiqot olib borish imkonini beruvchi Slovakiya Milliy stipendiya dasturining (NSP) natijalari eʼlon qilindi.

Bu safargi qabulda jami 45 nafar oʻzbekistonlik nomzod ushbu grantni qoʻlga kiritgan.

Kategoriyalar kesimida oʻzbekistonlik gʻoliblar soni:
– A kategoriya: 44 ta gʻolibdan 37 tasi oʻzbekistonlik
– B kategoriya: 17 ta gʻolibdan 5 tasi oʻzbekistonlik
– C kategoriya: 59 ta gʻolibdan 3 tasi oʻzbekistonlik

G'oliblarning aksariyat qismi @grantlar_namuna loyihasi tomonidan tashkil qilingan maxsus kurs va/yoki hujjatlarni tekshirish xizmatidan foydalangan!

Gʻoliblarni tabriklaymiz hamda keyingi mavsum qatnashchilarini mentorlik kurslarimizda kutib qolamiz!

@grantlar_namuna
@Grantlar_namuna loyihasidan Vengriyada toʻliq grant asosida oʻqimoqchi boʻlganlarga maxsus yordam dasturi

Kimlar uchun: Bakalavr/Magistratura/Doktoranturani Vengriyada oʻqishni xohlovchilar uchun

Qanday grant va nimalarni qoplaydi?
Hozirda Vengriya hukumati granti Stipendium Hungaricum dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Toʻlov-kontrakt summasidan toʻliq ozod qiladi.
– Bakalavr va Magistr uchun 100 dollar oylik stipendiya.
– Doktorantura uchun 350 dollar oylik stipendiya
– Yotoqxonadan bepul turar joy beriladi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Talabaga Schengen vizasi beriladi.

Qanday yordam ko'rsatiladi?

– Kerakli barcha hujjatlarni (motivatsiya xatini ham) tayyorlashda bevosita yordam va maslahat.
– Arizani toʻgʻri, xatolarsiz va tartibli toʻldirish yuzasidan yoʻl-yoʻriq va yordam.
– Universitet va yoʻnalishlarni tanlash va topish yuzasidan yordam.
– Suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtish yuzasidan maslahatlar va yoʻl-yoʻriqlar; berilishi mumkin boʻlgan savollar.
– Grant yutilganda viza olish uchun hujjatlarni tayyorlash va topshirish yuzasidan yordam / maslahat.
– Hujjat topshirish jarayonining boshidan oxirigacha yuzaga kelgan istalgan savolga javob berish va boshqalar.

Yordamni kim koʻrsatadi?

Yordam bevosita shu grant g'olibasi Aziza Akhmedova tomonidan koʻrsatiladi. Aziza Akhmedova hozirda Budapesht Bizness Universiteti 2-bosqich magistratura talabasi. Shu vaqtgacha bir nechta talabalarning grant uchun hujjatlariga yordam berib kelgan.

Maʻlumot uchun: bu yil grantga Oʻzbekiston fuqarolari uchun jami 170 ta oʻrin ajratilgan.

Yordam xizmati pullik.

Xizmat haqi va xizmatdan foydalanish uchun quyidagi akkauntga murojaat qiling: @GN_work

👉 S
tipendium Hungaricum dasturi haqida batafsil

@grantlar_namuna
Ko'pchilik talabiga binoan NSP dasturiga ariza topshiruvchilar uchun mentorlik kursi

Xabaringiz bor, NSP almashinuv dasturi uchun anchadan buyon ariza topshirishga yordam berib kelmoqdamiz.

O'tgan mavsumda tashkil etgan kursimiz orqali jami 45 nafar o'zbek talaba va tadqiqotchilari NSP dasturi g'olib bo'lib, hozirda Slovakiyada o'z o'qish yoki ilmiy ishlarini davom ettirmoqda.

Ko'pchilik talabiga binoan ushbu kursning yangi mavsumini e'lon qilamiz. Bu mavsumda xizmat turlari kengaygan.

Kurs kimlar uchun?
Bakalavrni kamida 2,5 yilini tugatgan hozirda 4-kurs talabalari, magistr, PhD talabalari hamda tadqiqotchilar

Kurs mentori: Ozodaxon Oʻktamova — NSP dasturi 3 marta g'olibi, 3 yildan beri ushbu dastur bo’yicha mentor

Kursimiz afzalliklari:
— Slovakiya universitetga qabul qilinishda umumiy yordam.
— Kerakli hujjatlarni tayyorlash bo’yicha doimiy ko’rsatma.
— Barcha hujjatlarni (CV, motivatsion xat, talabalik haqidagi ma’lumotnoma, tavsiyanomalar va boshqalarni) tekshirib berish.
— Ariza topshirish bosqichi uchun to’liq ko’rsatma.

Ushbu kurs toʻlovi uchun bir nechta tariflar taklif etiladi, ular bilan tanishish uchun quyida koʻrsatilgan telegram akkauntga murojaat qiling.

Kursga qabulning oxirgi sanasi: 2025-yil 15-yanvar

ESLATMA: Avvalroq ushbu kursni bepul tashkil etganmiz. Istovchilar aynan bepul kurs videolarini ko'rishlari va hujjatlarini o'zlari tayyorlashlari mumkin. Ular uchun esa maxsus hujjat tekshirib berish xizmatimizni taklif etamiz.

Alohida xizmat: Kursda qatnashmasdan faqat hujjatlarni tekshirtirishingiz ham mumkin.

Bunda jami 4 ta hujjat tekshiriladi:
— Motivatsion xat
— O’quv rejasi
— Tavsiyanoma 2 ta

Hujjatlarni tekshirib berish xizmati narxi: 300 ming.

Kursga yozilish yoki hujjat tekshirish xizmatidan foydalanish uchun: @GN_Work telegram hisobi

👉 NSP almashinuv dasturi haqida batafsil ma'lumot BU YERDA

👉 NSP dasturi bo'yicha biz tayyorlagan qo'shimcha manbalar barchasi BU YERDA.

@grantlar_namuna
Germaniyaga yana bir qadam - Au pair dasturi haqida ovozli suhbat

Germaniyaga Au Pair dasturi orqali borgan, dasturni tugatgan hamyurtimiz – Zilola bilan Au Pair dastur haqida suhbat tashkil etmoqdamiz.

Suhbat vaqti: 2025-yil 8-yanvar, 21:00
Suhbat joyi: @grantlar_namuna telegram kanali

Suhbatda quyidagilarni bilib olasiz:
- Au Pair qanday dastur?
- Dastur qanday xarajatlarni qoplaydi?
- Qanday hujjat topshirish mumkin?
- Dasturni tugatib Germaniyada oʻqish yoki ish uchun qolsa boʻladimi va shu kabi boshqa foydali maʼlumotlar.

Maʼlumot uchun: Au Pair dasturi orqali Germaniyaga viza olish ancha oson. Chunki sizdan bloklangan hisob raqami yoki hisobingizda qanchadir mablagʻ boʻlishi talab qilinmaydi.

Suhbat yakunida tinglovchilar o'z savollariga Ziloladan javob olishlari mumkin. Suhbatda barchani kutib qolamiz, do'stlaringizni ham taklif qiling.

@grantlar_namuna
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (37 minutes)
Au pair Zilola bilan suhbat
Hujjat topshirish jarayonlari
Kuni kecha Germaniyaga borishning eng yaxshi suullaridan biri Au Pair dasturi haqida suhbat tashkillagan edik. Ushbu suhbatning yozib olingan variantii e'tiboringizga havola etmoqchimiz.

Suhbat davomida quyidagi savollarga javob oldik:
- Germaniyaga borishning qanday usullari bor?
- Au pair dasturi qanday dastur?
- Kimlar ariza topshirishi mumkin? Til sertifikat talab etiladimi?
- Ingliz tilini bilib, nemis tilini bilmaydiganlar ham topshira oladimi?
- Dasturning foydali tomonlari bormi?
- O'g'il bolalar ham qatnasha oladimi? va boshqalar


Suhbat juda qizg'in bo'ldi va ishtirokchilar yaxshigina foydali ma'lumtga ega bo'ldilar. Bu uchun Zilolaga rahmat aytamiz va keyingi ishlarida omad va zafar tilab qolamiz.

@grantlar_namuna
Forwarded from Grantlar.uz
Fevralda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2025-yil fevral oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 Bakalavrlar uchun Kioto universitetida barcha xarajatlari qoplanuvchi 8 haftalik amaliyot! (dedlayn: 1-fevral)

👉 Maktab, kollej va litsey o’qituvchilari uchun AQSHda 6 haftalik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 1-fevral)

👉 Bakalavrlar uchun Shveytsariyada 8 haftalik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi! (dedlayn: 1-fevral)

👉 Bakalavrlar uchun Tokio universitetida 8 haftalik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 1-fevral)

👉 Gollandiya: Dunyodagi 73-raqamli universitetda magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar (dedlayn: 1-fevral)

👉 Utrecht Excellence Scholarship (UES): Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 1-fevral)

👉 UM Holland-High Potential Scholarship: Gollandiya magistratura kurslari uchun to’liq grant; joy – 21 ta! (dedlayn: 1-fevral)

👉 AQSHda bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 1-fevral)

👉 AQSH: Simmons Universitetida bakalavriat bosqichida oʻqish va oʻqishni koʻchirish uchun 120 000 AQSH dollargacha grantlar (dedlayn: 1-fevral)

👉 Janubiy Koreyada bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi 7 haftalik amaliyot dasturi! (dedlayn: 2-fevral)

👉 RIPS: Bakalavrlar uchun AQSHning Kaliforniya universitetida 1 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 3-fevral)

👉 Human Rights Essay Award ilmiy maqolalar tanlovi: gʻoliblar AQSHdagi 3 haftalik kursda bepul oʻqiydi (dedlayn: 3-fevral)

👉 Central European University: doktorantura uchun 100% grant va 1880 yevro oylik stipendiya! (dedlayn: 4-fevral)

👉 Avstriyada bakalavr va magistrlar uchun haq toʻlanadigan amaliyot; joy – 40 tagacha! (dedlayn: 5-fevral)

👉 Central European University: Magistratura kurslari uchun 100% gacha grant va oyiga 1000 yevrogacha stipendiya! (dedlayn: 5-fevral)

👉 Turkiya: barcha bosqichlar va sohalar uchun toʻliq grantlar, yotoqxona, stipendiya va boshqalar! (dedlayn: 20-fevral)

👉 Turkiya: barcha bosqichlar va sohalar uchun toʻliq grantlar, yotoqxona, stipendiya va boshqalar! (dedlayn: 20-fevral)

👉 8-16 yoshlilar uchun ekologik loyihalar tanlovi; gʻoliblar pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi! (dedlayn: 28-fevral)

👉 Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun yiliga 16 ming dollargacha grantlar! (dedlayn: 28-fevral)

Yanvarda qabul tugaydigan dasturlarni BU YERDAN topasiz.

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
#eslatma

NSP dasturi bo'yicha mentorlik kursini e'lon qilgan edik. Ushbu kursga qabul darslar 15-yanvar kuni yopilishini eslatib o'tmoqchimiz. Aynan 15-yanvar sanasidan 1-dars boshlanadi.

👉 Kurs haqida batafsil BU YERDA tanishib chiqing.

👉 Avvalgi kurs natijalari bilan BU YERDA tanishing.

Kursimiz va qo'shimcha xizmat narxlari bo'yicha @GN_Work hisobiga aloqaga chiqishingiz mumkin.

Muhim: dasturga rasman qabul jarayoni hali ochilmagan bo'lsa-da, Slovakiya universitetlaridan qabul xati olish jarayonlari ko'p vaqt talab qilgani bois kursni ertaroq boshlamoqdamiz.

Yevropaning markazida to'liq xarajatlari qoplanadigan dastur asosida o'qish imkoniyatini beruvchi NSP dasturiga hujjatlaringizni biz bilan tayyorlang😊

@grantlar_namuna
GKS dasturi uchun mentorlik kursi (magistratura)

Ko’pchilik talab va istagiga binoan Koreyada to’liq grant asosida o’qish imkoniyatini beruvchi GKS dasturi bo’yicha mentorlik kursining navbatdagi mavsumini tashkil etmoqdamiz.

Kurs mentorlari:
Kamola Hamidova - GKS granti g’olibasi;
Ozodaxon O’ktamova - xalqaro grantlar bo’yicha mentor.

Kurs kimlar uchun: magistratura bosqichini Koreyada to’liq grant asosida o’qimoqchi bo’lganlar uchun.

Kurs davomida GKS dasturiga topshirish uchun kerakli barcha hujjatlar tayyorlash bo’yicha ko’rsatmalar beriladi, hujjatlar mentorlar tomonidan tekshiriladi.

Kursga qabulning oxirgi kuni: 2025-yil 15-fevral, 23:59.

ESLATMA: dasturda ishtirok etish uchun ingliz tilidan IELTS sertifikati va bakalavr diplom bali 80% dan yuqori bo’lishi kerak.

👉 O'tgan yilgi mentorlik kursimizda qatnashib, GKS 2024 g'olibi bo'lgan talabamiz haqida ma'lumot👈

Kurs to'lovi, kurs haqida qo’shimcha savollar va kursga ro'yxatdan o'tish uchun @Ozodakhon_work hisobiga murojaat qiling

@grantlar_namuna
Forwarded from Grantlar.uz
Martda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2025-yil mart oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 Maktab, kollej va/yoki akademik litsey oʻquvchilari uchun videolar tanlovi (dedlayn: 5-mart)

👉 Britaniyada tibbiyot sohasida oʻqish uchun toʻliq grant va yillik 27 ming dollar stipendiya! (dedlayn: 6-mart)

👉 Yaponiyaning 1-raqamli universitetiga o'qishni stipendiya asosida ko'chirish imkoniyati! (dedlayn: 20-mart)

👉 Apple Developer Academy: dasturlashga qiziquvchilar uchun Italiyada 9 oylik bepul dastur! (dedlayn: 21-mart)

👉 MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant! (dedlayn: 31-mart)

Fevralda
qabul tugaydigan dasturlarni BU YERDAN topasiz.

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
Bakalavriat va magistraturaga hujjat topshirishda sifatli yordam xizmati

@Grantlar_namuna loyihasi chet el universitetlarining bakalavriat va magistratura bosqichiga hujjat topshirmoqchi boʻlganlar uchun yordam xizmatlarini taklif qiladi.

Xizmatlar oʻzlari bir qancha grant va dasurlar gʻolibi boʻlgan, va hujjatlarni tayyorlash hamda topshirishda 3 yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan koʻrsatiladi.

Mutaxassislarimizda biri – Adhamjon Janobiddinov qoʻlga kiritgan ayrim grant va dasturlar birlan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Koʻrsatiladigan xizmatlar:
– Universitetlari roʻyxati, universitet tanlashda yordam
– Ariza topshirish tizimida hisob ochish va toʻldirishda yordam
– Barcha hujjatlarni (toʻliq ariza, CV, tavsiyanoma, insholar va h.k.) tayyorlashda yordam
– Nomzod xohishiga qarab, faqat 1 ta yoki bir nechta hujjatni tayyorlashda yordam
Faqat AQSH uchun: Hujjatlar tayyor boʻlgach, Common App orqali hujjatlarni topshirish – toʻliq va qisman grantlar uchun ham ariza berish (bir vaqtning oʻzida 10 lab universitetlarga hujjat topshirish mumkin)
– Qabul qilingandan keyin nimalar qilish kerak, qanday qilish kerakligi boʻyicha yoʻl-yoʻriq
– Viza hujjatlarini tayyorlash va topshirishda yordam

Muhim jihatlar

1. Xizmatlar ishonchli.
@Grantlar_namuna jamoasi bir necha yillardan beri yoshlarga turli universitet va grantlarga topshirishda koʻmak berib keladi.

Kanalda #Natija heshtegi bilan qidiruv bersangiz, jamoamiz yordamida turli grantlarni qoʻlga kiritgan talabalarni topishingiz mumkin (faqat ayrimlari keltirilgan). Bu orqali yillar davomida shunday xizmat koʻrsatib kelganimiz va bizga ishonish mumkinligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

2. Xizmatlar sifatli. Xizmatlar oʻzlari bir qancha grantlarni yutgan va kamida 5 yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan koʻrsatiladi. #Natija heshtegi yordamida qidirsangiz, yordam olganlarning aksariyati dunyoning eng nufuzli grantlarini qoʻlga kiritganiga guvoh boʻlasiz.

3. Hamyonbop narxlar. Xizmatlar narxi konsalting agentliklari xizmati narxidan 4-5 barobar arzon.

Foydalanish turlari

Xizmatlardan turlicha foydalanish mumkin. Jumladan:
– Xohishga qarab, toʻliq hujjatlar, bir nechta hujjatni yoki bitta hujjatni tayyorlashda yordam olish;
– Faqat grantga yoki vizaga hujjat topshirishda yordam olish mumkin;
– Agar nomzod AQSHdagi universitetlarning bakalavriat bosqichiga topshirayotgan boʻlsa, – birdan 10-15 ta universitetga topshirish yoki faqat bir nechta/bitta universitetga topshirish.

Murojaat

Xizmatdan foydalanish, xizmat turlari, narxlari va boshqalar haqida batafsil maʼlumot olish uchun murojaat qiling: @study984
Xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi: TOP universitetlar vakillari bilan bepul uchrashuv

QS World University Rankings tashkilotchilari tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bakalavr va magistratura bosqichida o‘qishni rejalashtirayotganlar uchun mo‘ljallangan. Tadbir davomida turli mamlakatlarning nufuzli universitetlari vakillari bilan uchrashish va qabul jarayoniga oid muhim ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.

📅 27-fevral | 🕒 15:00–19:00
📍 Toshkent, Hampton by Hilton

Ko‘rgazma doirasida quyidagilar taklif etiladi:
Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Fransiya, Italiya va BAA universitet vakillari bilan uchrashuv
IELTS imtihoniga tayyorgarlik va qabul jarayoniga oid tavsiyalar
Britaniya Kengashi ekspertlari tomonidan IELTS bo‘yicha ma’lumot
Hujjat topshirish va viza jarayoni bo‘yicha maslahatlar

Ishtirokchi universitetlar:
Queen Mary University of London, Heriot-Watt University, EM Normandie, De Montfort University, Seneca Polytechnic, Simon Fraser University, University of Wollongong, Glion Institute of Higher Education, JCU Singapore va boshqa ta’lim muassasalari.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi 👈

Tadbirda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi.

@grantlar_namuna
NSP 2025 mentorlik kursi 2-mavsumi: Ramazon oyi munosabati bilan chegirmalar

Iltimoslarga binoan, NSP dasturiga endi hujjat topshirishni boshlaganlar uchun mentorlik kursimizning navbatdagi mavsumini e'lon qilamiz. Bu safar muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan narxlarga chegirmalar berdik.

Kursimiz kimlar uchun:

3-4-kurs bakalavr, magistratura talabalari uchun guruh darslari; PhD talabalari va tadqiqotchilar uchun individual darslar.
— NSP dasturiga topshirishni endi boshlaganlar, hali qabul xati olmaganlar;
— Universitetdan qabul xati olib bo'lgan va hujjatlarini dasturda g'olib bo'lish uchun yaxshilamoqchi bo'lganlar.

Darslar onlayn tarzda yopiq telegram guruhda Ozodaxon O'ktamova mentorligida bo'lib o'tadi. Quyidagilarni o'z ichiga oladi:
— Dasturga topshirish bosqichlari, ketma-ketligi telegram guruh/kanalda jonli suhbat tarzda o'rgatiladi. Oldindan yozib olingan video yoki ma'lumotlar emas;
— Qabul xati olishda universitetga bog'lanish uchun kontaktlar topish oson usullari o'rgatiladi;
— Muvaffaqiyatli CV, motivatsion xat, o'quv rejasi, tavsiyanomalar o'rgatiladi va har biri 1 martadan tekshirib beriladi, kamchiliklari aytiladi.
— Har bir hujjatga kamida 2 tadan eng muvaffaqiyatli nomzodlar ishlaridan namunalar beriladi;
— Hujjatlarni tayyorlashda AI dan foydalanish mumkin/mumkin emasligi, plagiat oldini olish usullari o'rgatiladi.

Toki dasturga qabul yopilgunga qadar 30-aprelgacha doimiy savollarga javob beriladi.

Individual kursda esa yuqoridagi barcha narsalar shaxsiy o'zingizga o'rgatiladi va doimiy savollarni shaxsiy yozishmalarda so'rashingiz mumkin. Universitet tanlashda kontakt ma'lumotlari topib beriladi.

👉 Xizmatlardan foydalanish uchun @GN_Work hisobiga murojaat qiling.

Kursga qabul 2025-yil 5-martga qadar. Darslar 5-martdan boshlanadi.

@grantlar_namuna
Latviya Davlat Granti – Mentorlik Kursi 🇱🇻

Boburjon TillavoldievLatviya Davlat Grantini qo‘lga kiritgan va Yevropaning ko‘plab universitetlaridan qabul olgan mutaxassis. U Litva, Slovakiya, Angliya, Germaniya, Finlandiya va boshqa davlatlar grant dasturlarida muvaffaqiyatli qatnashgan. Endi u Latviya Davlat Granti yutish bo‘yicha tajribasini siz bilan bo‘lishadi!

📌 Kurs @grantlar_namuna bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda!

🎯 Kurs kimlar uchun?
Latviya Davlat Grantiga hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar
Kamida 1 semestrni tamomlagan bakalavr/magistr talabalar
Tadqiqotchilar va o‘qituvchilar

💡 Kursda nimalarni o‘rganasiz?
🔹 Dasturga ariza topshirish bosqichlari
🔹 Hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar
🔹 CV, motivatsion xat va tavsiyanomalar yozish sirlari
🔹 Hujjatlaringizni tahlil qilish va yaxshilash bo‘yicha maslahatlar
🔹 Ariza topshirish jarayonida muhim jihatlar

🎁 BONUS: Kurs ishtirokchilari Litva Short Studies dasturiga ariza topshirish bo‘yicha bepul qo‘llanma oladi!

📅 Boshlanishi: 2025-yil 10-mart
💰 Narxi: 600 ming so‘m
🗓 Yozilish uchun oxirgi kun: 2025-yil 10-mart

📩 Kursga yozilish uchun: @Ozodakhon_work

🔗 Dastur haqida batafsil ma’lumot: BU YERDA

@grantlar_namuna
Fulbright Student Program mentorlik kursi: AQSHda xarajatlarsiz magistraturada o'qish imkoniyati

AQShda kontraktsiz o‘qish, oylik stipendiya, aviabilet va viza xarajatlari to‘liq qoplanadigan Fulbright Student Program uchun 2026-yilgi arizalar qabul qilinmoqda

Shu munosabat billan ushbu dastur uchun mentorlik kursini tashkil etmoqdamiz.

Mentor: Zuhra Hakimova – Fulbright (2024) g‘olibasi, xalqaro ta’lim va tadqiqotlar bo‘yicha mutaxassis

Kimlar uchun?
- Fulbright Student Program uchun ariza topshirmoqchi bo‘lganlar
- Bakalavr diplomiga ega bo‘lganlar (tibbiyot sohasidan tashqari barcha yo‘nalishlar)
- Kamida 2 yillik ish tajribasi borlar
- Ingliz tilini biladiganlar, sertifikat majburiy emas.

Kurs nimalarni o‘z ichiga oladi?
- Ariza topshirish bosqichlari bo‘yicha yo‘riqnomalar
- CV, shaxsiy bayonot va tavsiyanomalar yozish bo‘yicha maslahatlar
- Hujjatlarni tekshirish va yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar
- Telegram guruhda onlayn darslar (apreldan boshlab)

Kurs narxi:
- Guruh bilan – 800 ming so‘m

Yozilish uchun so‘nggi sana: 2025-yil 25-mart

Dastur haqida batafsil: https://grantlar.uz/fulbright-aqshda-magistaturada-oqish-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-borib-kelish-uchun-aviachipta/

👉Ro‘yxatdan o‘tish uchun @Ozodakhon_work ga murojaat qiling

@grantlar_namuna
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥 Yuqori natijalarga erishayotgan Cambridge o’quvchilari

Bugungi dunyoda chet tillarini bilish yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Ayniqsa, ingliz tilini mukammal o‘zlashtirish ta’lim, ish va shaxsiy rivojlanishda katta ustunlik beradi.

Ko‘pchilik til o‘rganishda to‘g‘ri muhit va sifatli ta’lim muhimligini ta’kidlaydi. Bu borada ko‘plab yoshlar Cambridge o‘quv markazida o‘qib, yuqori natijalarga erishishmoqda.

🙌 Masalan, Sevinch 15 yoshida IELTS imtihonidan 8.0 ball olib, 17 yoshida Toshkent xalqaro Westminster universitetining 100% grantiga sazovor bo‘ldi.

Siz ham bilim sari ishonch bilan qadam tashlang! Eng muhim sarmoya — bu o‘z bilim va ko‘nikmalaringizga qo‘shgan hissangiz.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: @cambridge_learning_center
Bog‘lanish: 78 777 77 74
DAAD g'olibi Diyorbek.pdf
66.9 KB
"Orzularingizdan voz kechmang!" - DAAD g'olibi Diyorbek tavsiyasi

Diyorbek Toshniyozov, Samarqand viloyatidan chiqqan va hozirda Germaniyada DAAD grant dasturi orqali tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba. U o‘z yo‘lida ko‘plab qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Moliyaviy muammolar, pandemiya, ish qidirishdagi qiyinchiliklar... Ammo sabr va mehnat orqali o‘z orzusiga erishdi.

Diyorbekning tavsiyasi: "Har bir qiyinchilik - bu yangi imkoniyat. Hech qachon orzularingizdan voz kechmang va o‘zingizga ishoning!"

Diyorbek Toshniyozov - DAAD All Disciplines (barcha yo'nalishlar) bo'yicha magistraturada o'qish uchun to'liq grant yutgan.

Diyorbekning boshdan kechirganlari, mehnatlari natijasi haqida batafsil bilish uchun biriktirilgan fayl bilan tanishib chiqing.

@grantlar_namuna
2025/03/10 22:42:34
Back to Top
HTML Embed Code: