Telegram Web
#Lee Yoona (Kim Seol hyun-aktrisa, qoʻshiqchi)
#Kim Dina (Kim Ji-Von-aktrisa)
#Kim Tehyon (qoʻshiqchi)
#Kim Dong-Uk (Choi Jin-Xo-aktyor)
#Tungi Poygalar
Opam shiringina uyqumni buzib uygʻotkanlaridan soʻng, Men yuvinib pastga tushdim. Pastda katta stol bezatilgan, ammo bu katta stol atrofida faqatgina opam Dina va ukam Tehyongina nonushta qilib oʻtirishgandi. Qadrli dadajonim esa har doimgidek, jonajon kompaniyalarida yoki yana bir yangi mashuqasining
yonida boʻlsa kerak. Otamni boshiga ayollar bitmagan
nazarimda chunki otamni 1-xotini boʻlmish onam ham, 2-xotini ya'ni Tehyonning onasi ham, mashuqalari ham
tashlab ketishaveradi. Ularni ham tushunish mumkin. Otamni bunday feʼl-atvoriga chiday olishmagandurda. Uyimiz katta va chiroyli boʻlsa ham, menga doimo sovug koʻrinaveradi. Balkim men ham otamga oʻxshab xudbin va oʻzini oʻylaydigan inson boʻlganim uchun, balki bu qasrda men xoxlaganday ota-ona mehri yetishmagani uchun men shunday tuyular.
""*""*""*""*""*""*""*""*""*""'*'"''
-Salom yaxshi dam oldizmi onni - Yoona Dinani yuzidan oʻpib uni yonidagi stulga oʻtirdi.
-Raxmat yaxshi. Oʻzingchi yaxshi uxlab turdingmi? (Dina)
-Siz ertalabdan soatning budilnigidan ham jarangdor ovoziz bilan uygʻotasizku, men uyqim qanday yaxshi boʻlsin opajonim😁 (Yoona)
- Maynavozchilik qilmay, tezroq nonushta qil. Bugun sen bilan doʻkon aylanamiz (Dina)
-Onni agar sizga olayotgan latta-puttalarizda fikrim kerak boʻlsa, men baribir bu modangizda hech narsa tushunmayman. Shuning uchun mendan naf yoʻq. Keling yaxshisi, siz bilan menamas, ana Tehyon aylansin oʻwa doʻkonlarni. U qizlarni didini juda yaxwi tushunadi 😌 (Yoona)
-Sen Kiyadigan maktab formasini ham TEHYONga kiygizib olamanmi? 🤨Bugun sen uchun forma sotib olamiz. Koʻp gapirmay nonushtadan soʻng, kiyinib chiq. (Dina)
-Yoq onni faqat formamas iltimos 😧(Yoona)
-Bir yil formasiz yurding oʻzi. Shu birgina formang yoʻqligi uchun ham, Ustozlaringdan qolaversa direktordan ham uzr soʻrayverish jonimga tegdi.
Hatto Tehyon uchun ham hech kimdan uzr soʻramaganman. (Dina)
-Chunki Tehyon uchun dadamni oʻzlari uzr so'raydilar. Meni esa dadamga keragim ham yo'q. Hattoki qoʻlidagi telefonni yoki meni tanlash kerak boʻlsa, shak-shubxasiz telefonni tanlaydilar. (Yoona)
-Yoon unday dema dadam hammamizni birday ko'radilar (Dina)
-Opa men yosh bolamasman. Katta boʻlib qolganimga ham, otamga kerak emasligimni tushunganimga ham ancha boʻlgan (Yoona)
-Nuna nega unday deysiz, dadam mehrini ochiq koʻrsatadiganlardanmas (Tehyon)
-Sen esa umuman jim oʻtir o'gay ukajon. Seni fikringni hech kim soʻragani yoʻq. (Yoona)
-Yoona! Boʻldi qil! Tushunsangchi Yoon bu o'quv yilidan sizlarga endi yangi ustozlar darsga kiradi. (Dina)
-Menga baribir axir qadrli pochchajonim ustoz Kim borlarku (Yoona)
-Xiumin ham, universitetga ishga otdi. Sinf rahbaring ham oʻzgardi.(Dina)
-Obbo shu yetmay turuvdi. Ustoz Kim yana bir yil sabr qilsalar boʻlardi. Amallab bitirib olardim shunda.(Yoona)
-Shuning uchun ham forma olamiz deyapman. Yangi ustozlar seni qanaqa ekanligingni bilishmaydi hali,
ularga bunday yurishing yoqmasligi mumkin. (Dina)
- Yoqmasa boshqa maktabga ishga oʻtsin. (Tehyon)
-Te endi sen boshlayapsanmi? (Dina)
-Nima togʻrida forma uchun dars oʻtishadimi bu oʻqituvchilariz? Darsda kiyim emas, aql muximmasmi? (Tehyon)
-Te sen Yoonani yonini olma (Dina)
-Onni gap shu butun maktab oʻqituvchilari yangilansa ham men formada yurmayman. Formada oʻzimni
bogʻilib qolayotgandek his qilaman. Uni ustiga Bilasizku yubka kiyishni ham yoqtirmayman. Keyin baribir
bugun siz bilan do'kon aylanolmayman. Chunki bugun muhim ishlarim va uchrashuvim bor (Yoona)
- Yana qanaqa uchrashuv kim bilan? Mabodo uchrashuv joyi poygamasmi? (Dina)
-Yo'q bugun poyga yoʻq. Bugun dugonalarim bilan uchrashaman. Hemi va Chonu sayohatdan kelishipti. Shuning uchun Suji ishlaydigan qahvaxonada uchrashamiz. Uni ustiga taʼtil tugashiga ham oz qoldi, keyin yana oʻsha
maktabga borib zerikarli darslarda oʻtiraman. Har doimgidek ustozlarimni baqir chaqirlariyu, tanbexlarini eshitaman. (Yoona)
#Xiumin-Kim Min Sok (qoʻshiqchi)
-Bunga fagat oʻzing aybdor bolasan. (Dina)
- Shuning uchun ham, bu tanbehlar uchun oʻzimni ham jismonan, ham ruhan tayyorlab olmoqchiman. Buning birdan bir usuli mazza qilib dam olish😁 (Yoona)
-Oʻ toʻppa-toʻgʻri😊menam oʻzimni ruhan tayyorlab bugun Kai bilan bir joyga bormoqchiman (Tehyon)
-Hali yangi ustozlaring qanaqa ekan-a. Ishqilib sizlarni axmoqligilarni to'g'ri tushunishsinda.
(Dina)
-Maktabda ishlaysizku haliyam ularni ko'rmadizmi? (Yoona)
-Yoʻq hali. Lekin maktabdagilarni aytishicha ular yosh bolsa ham,yaxshi pedagog ekan. (Dina)
-Qanday boʻlsa ham menga baribir. O'sha ustozlarni ham, golganlariga o'xshab ikkala qoʻlimda o'ynataman
hali (Yoona)
-Men senga koʻrsatib qoʻyaman ustozlarni o'ynatishni. Jimgina yurasan. (Dina)
-Soʻz berolmayman opajon (Yoona)
-Gap shu jim yurasan. Meni o'ylasang, bu gap Te senga ham tegishli. Ha yana bir gap Ruxsat tegdi deb kechgacha
yurmanglar. (Dina)
-Harakat qilaman. (Yoona)
-Xoʻoʻoʻp (Tehyon)
Tehyon doimo meni yonimni olaman deb, baloga qolib yuradi. Maktabda ham, uyda ham. Bu maktabga bir yil oldin kelgan boʻlsam ham, maktabdagi urush-janjallarim sababli meni hamma tanib olgandi. Ammo
otam bu maktabni homiysi va opam shu maktabda dars beradigan namunali oʻqituvchilardan boʻlganligi
sabab, menga uncha indashmasdi. Hamma ayblarimni opamga yetkazaverishardi. Avvaliga bu yer
menga umuman yoqmadi. Ammo keyinchalik Chonu, Kai, Jimin, Chonguk, Suji, Hemi kabi bir necha
do'stlar ham ortirganimdan soʻng bu maktabga koʻnika boshladim. Kai bilan boshida kelisholmagan
boʻlsak ham, ammo keyinchalik har qanday vaziyatda ham yonimda turadigan eng yaqin doʻstimga aylandi. Hattoki menga qarshi kimdur gapirsa ham,
mendan oldin Kai u bilan hisob kitobini qilardi. Kai juda yaxshi qo'shiq aytib, raqsga tushadi. U raqslarida suzardi
goʻyo. Mening 1-raqamli dugonam Park Chonu ham har doim har ishda meni qoʻllab quvvatlaydi. Menga
nima yoqish yogmasligini oʻzimdan ham yaxshi bilardi. Chonu va Jimin bir biri bilan qarindosh yaʼni
amakivachchalar edi. Ammo Chonu juda aqlli va yaxshi o'qiydigan qiz boʻlsa, Jimin esa aksincha oʻqishni sira yoqtirmasdi. Oʻyin kulgi jonu-dili edi. Ulami yoshi teng boʻlsa ham, ammo Chonu Jimindan bir sinf yuqorida yaʼni men bilan oʻqirdi. Maktabdagi kelishgan yigitlardan biri boʻlganligi sababli uni darslarini qizlar qilib berishardi. Parklar oilasi bizning oila bilan biznes hamkorligi va otam bilan yaxshi do'st bo'lganligi sababli
Chonu, Jimin va Tehyon bolalikdan birga oʻsishgandi. Shuning uchun ham men Seulga kelganimdayoq
birinchi tanishgan do'stlarim Chonu va Jimin edi. Mening yana bir juda aqlli dugonam Suji ham, o'qishni
yaxshi koʻrardi. Sinfimiz aʼlochisi edi. Uning oilasi nochorroq turgani sababli ham, oʻzi darslardan soʻng ishlab pul topardi.
Baʼzida men, Chonu va Hemi unga yordamlashgani borardik. U bir gahvaxonada ishlardi. Ishlasa ham
dars qilishga vaqt topardi. Dugonam Hemi esa musiqa sadolarisiz🎼 dunyoni tasavvur qila olamaydigan,
quvnoq qiz. Doimo qulogʻida naushnik🎧Qo'shiq aytish va raqsga tushish jonu dili. Ovozi juda chiroyli. Kai bilan maktabimiz radio
to'garagida arjeylik qiladi. Ulardan yaxshi juftlik chiqadiyu, ammo Hemi unga yosh bolalar yoqmasligini va
boshqasini yoqtiradigan yigitlar bilan yurmasligini aytaveradi. Bu gapi bilan nimani nazarda tutishishini
hecham tushunmayman. o'gay ukam Tehyonni uyda turtkilayversam ham, lekin maktabda u ham
doʻstlarim qatorida edi. Tehyon kompyuter,💻 daxosI, saksafonni 🎷ham yaxshi chaladi, xohlagan saytiga bemalol kira oladi. Uning bu hunari orqali maktab komyuteridan testlar javobini oldindan olamiz😂. Judayam kelishgan yigit bolgani uchun, maktab qizlari uning ortidan qolishmaydi. Opasi boʻlganim uchun, menga ham soxta mulozamat qilishadi. Chonguk ham Tehyon va Jimindek maktabning
erkatoy kelishgan yigitlaridan biri. Oʻziga juda ishongan va sportchi, chempion.🥇🏆 Rasmni ham juda chiroyli chizadi🎨
#Kai-Kim Chonin - (qoʻshiqchi)
#Park Chonu (Kim Sohyun-aktrisa)
#Park Jimin (qoʻshiqchi)
#Kim Tehyon (qoʻshiqchi)
Chonguk nimaiki ishga qoʻl ursa ham, qanday musobaqada qatnashsa ham doimo yutadi. Uning lugʻatida ikkinchi boʻlish va yutqazish soʻzlariga oʻrin
yoʻq. Chonguk va Jimin Tehyon bilan bir sinfda oʻqishadi. Bizning sinf rahbarimiz Kim Min Sok opam ularni
Xuimin deb chaqirardilar doimo. Ular bizga juda mehribon edilar. Maktablar aro bo'ladigan tanlovlarga bizni
tayyorlantirardilar. Sport va musiqa Tanlovlarida qatnashish menga yoqardi. Zerikarli darslarga kirmasam boldi edi.Shunday qilib bir ammalab bir oʻquv yilini ham tugatib
oldim. Keyinchalik opam va ustoz Kim Min Sokni
oralari yaqin ekanini bilib qoldim. 👩‍❤️‍👨Shuning uchunmi bilmadim ustozimiz doimo
opamga qoʻshilib meni yonimni olib yurarkanlar😉. Ammo keyingi kelayotgan oʻquv yilida meni bir qancha hayotimni oʻzgartirib yuboradigan syurprizlar
kutayotganini, men nafratlanadigan "sevgi" atalmish tuyg'uni yuragimga olib kirishini bilganimda edi
bilmadim balki maktabni yana oʻzgartirarmidim. Hammasi dugonalarim bilan uchrashgan kunimizdan
boshlandi. Xullas oʻsha kuni qizlar bilan Suji ishlaydigan yangi qahvaxonada uchrashdik. Men har doimgidek kech bordim.
-Salom qizlar kech qolmadim-mi? Kutib qolmadilarmi? (Yoona)
-Har gal erta keladingandek so'ramagin, lekin bugun seni xursand qilaman chunki erta kelding (Suji)
-Salom dugonajon! Yo'q bugun rostanam kechikmading hali Hemi kelmadi (Chonu)
-Suji kemasimdan zahrini sochasan-a ? Yigitlar qani chaqirmadilarmi ularni (Yoona)
-Qoʻysangchi osha yigitlarni. Ular ham oʻzlarini bazmini qilishsa chaqirishmaydiku. Uni ustiga Jimin va
Chonguk Pusandan hali qaytishmadi. Kai Tehyon bilan qandaydir kastingga borisharkan. Keyin ularni
chaqirsak oʻtirishimiz albatta janjal bilan tugaydi(Chonu)
-Yoki boshlanadi. Keyin meni ishdan haydashadi. Oʻ'zi shundog'am Hemini kutib bir nechta buyurtmalarni oʻtkazib yubordim. Yaxshiyam bugun qahvaxona boshligʻim kelmagan. Boʻlmasa shunday oʻtirganimni körsa
terimga somon tiqib,pulimni ham bermasdan ishdan böshatadi. Oʻzi yaqinda ishga joylashgan boʻlsam😒(Suji)
#Chon Chonguk- (qoʻshiqchi)
#Suji ishlaydigan qahvaxona
-Ha mayli hafa bolma Suji boshlig'ing seni yaxshi ishlashingni koʻrsa albatta ish haqingni ko'taradi (Chonu)
-Ungacha qulday shunaqa ishlatadi😒 (Yoona)
-Yoon (Chonu)
-Ha nima Yoon? Notoʻg'rimi gapim? O'quvchiligini baxona qilib, shundog'am kam to'laydi bu qari qarg'a, ozgina
dam olsa ham koʻrolmaydi. Suji ham odam axir, robotmas, uni oʻrnida boʻlsam bunday joyga ishga ham kirmasdim(Yoona)
-Yoona o'quvchiligimni ko'p joylar baxona qilib, ishga olishmadi axir oʻzing ham koʻrdingku! Shu qari qarg'a deyotganing kam oylik bilan boʻlsa ham ishga oldiku? (Suji)
-Boʼpti sen bilan baxslashmay qoyaqolay boʻImasa hafa qilib qoʻyadigan gap aytib yuboraman hozir. Keyin arazlasang nima
qilaman (Yoona)
-Yoona 😠(Suji)
-Bo'pti hazillashdim. Bir pasta yuzing oʻzgaradiya. Yaxshiyam yigiting emasman. (Yoona)
-Ajab bo'sin😒 (Suj)
-Yoon bas qil. Sujini jigʻiga tegaverma. Boʻlmasa yigʻlab beradi hozir keyin senam, menam ovutolmaymiz😏
(Chonu)
-Chonuuu (Suj)
-Ha Chonu bu Hemi nimagadur qolib ketdimi, bugun yig'ilishimizni bilarmidi o'zi? (Yoona)
-Unga kecha tayinlagandim Suji ishlaydigan qahvaxonada koʻrishamiz deb ham aytgandim (Chonu)
-Chonu qahvaxona manzilini ham aytganmiding unga (Yoona)
-Yoʻq jin ursin esimdan chiqiptiku (Chonu)
-Hemi men ishlagan avvalgi qahvaxonada bizni kutayotgan bo'lmasin yana (Suji)
-Oʻoʻoʻ qizlar, va nixoyat sizlarni topdim-a!!! -shu payt Hemi eshikdan xansirab kirdi.
-Hemi-(Suji.Yoona, Chonu)
-Juda vaqtida keldingda (Yoona)
-Hozir seni eslab turgandik. Oʻzi tinchlikmikin, biror bir yigit oʻgʻirlab ketmadimikin deb turgandik🤣 (Suji)
-Men xoxlagan yigitgina meni oʻgʻirlaydi qolganlari...🤩(Hemi)
-Qolganlari oyogʻini qoʻliga olib qochadi😂 (Yoona)
😂🤣🤣😂
-Juda kulgili boʻldida. Umuman olganda ertaroq kelgan boʻlardim baʼzi birovlar toʻgʻri manzil bersa🤨Men axmoq sizlarni "Coffeabar"da kutib oʻtiribman tentaklarga oʻxshab, 5 stakan suv ichibman-a😠 Yaxshiyam Tehyonni korib qoldim. U Yoonani shu yerda ekanligini aytdi. Chonu nimaga menga Suji ish joyini oʻzgartirganini aytmaganding-Hemi
jahl bilan Chonuga qarab, hafa boʻlganday burnini jiyirib qo'ydi.
-Kechir yodimdan koʻtarilipti. Oʻzing ham bizni topolmaganindan keyin qoʻngiroq qilsang📱📲 boʻlardiku,
telefon nima uchun (Chonu)
-Hemi uchun telefon rasmga tushish uchun bilmasmiding😂 (Yoona)
-Xa-Xa juda kulgili. Telefonimni quvvati tugagandi. Shunga qo'ngʻiroq qilolmadim (Hemi)
-Kamroq gaplashib, kamroq rasmga tushsang telefonni quvvati tez tugamaydi (Chonu)
-Qizlar boʻldi qilinglar. Axir shuncha kun koʻrishmadik. Sizlar esa kelmasdan urishiyapsizlar (Suji)
-Suji dugonajon biz urishmayapmizku, biz shunday salomlashayapmiz to'g'rimi Chonu? (Yoona)
-Toppa tog'ri axir bir birimizni sogʻingan boʻlsak.Qandaydir boshqachasiga ko'rishish kerakku. (Chonu)
-Ha asalim bu bizni login, parolku nima ta tilda esingdan chiqdimi bir pasta (Hemi)
-Login, parolmush-😒 Suji ensa qotirib goydi.
-Qizlar koʻrishmaganimizgayam ancha boʻldiya sizlarni juda sogʻindim (Hemi)
-Atigi ikki oy körishmadikku (Suji)
-Suji ikki oy deb bemalol gapirishingdan sen bizni eslamagan ham ko'rinasan-a? (Chonu)
-Ishim boshimdan oshib yotgandi qayerdan eslay😌 -Suji qizlarni yuzi oʻzgarganini korib, Chonuni
quchoqlab oldi-Hazillashdim, sizlarni har soat va minutda esladim. Hattoki qoʻlim ishga bormadi😊 (Suji)
-Qoch, nari tur. Dugonamush yana. Agar haqiqiy do'st bolsang Yoonaga o'xshab har soniyada eslash kerak edi. Kuniga Yoona bilan xabarlashib turdik bilsang agar telefon kompaniyalarini boyitib😁 (Chonu)
-Chonu axir Sujini ham tushungin ishdan bosh ko'tarolmaydi. O'zi bir shaxarda boʻla turib men bilan ham
koʻrisholmadiku. Oʻzi bugun vaqt topganiga ham shukur. (Yoona)
-Undan koʻra gapiringlar Malayziya havosi qanday ekan, rosa maza qilgandursizlara(Suji)
-Ha albatta Malayziyani bekorga sirli va sexrli mamlakat deyishmas ekan, ajoyibu gʻaroyib joylarida aylanganing sari aylanging kelaverarkan. Lekin o'sha yerdayam Hemi miyyamni qoqib qoʻlimga berdi.
#Suji (Bae Suzy-aktrisa, qoʻshiqchi)
#Lee Hemi- (Lee Hyeri-aktrisa, qoʻshiqchi)
U bilan borganimga pushaymon boʻldim. (Chonu)
-Hechamda axir men senga san'at asarlari haqida gapirdim.Bu foydali axir(Hemi)
-Agar yoningdan oʻtgan har bir chiroyli yigit sen uchun san'at asari bolsa, men uchun ular tuturigʻi yoq
axmoqlar (Chonu)
-Chonu (Hemi)
-Menga sizlarni o'rningiz juda bilindi. Keyingi taʼtilda menam sizlar bilan ketaman, bu yerda zerikib oldim.(Yoona)
-Dugonajon sen bizni eslashingni bilib Malayziyadan senga mana buni olib keldim (Hemi)
-Vau karting maketi zoru (Yoona)
-Oʻzi senga zoʻr jinsi koʻrgandim lekin, Chonu sen poygalarni yoqtirasan deb, baribir kartingni sotib oldirdi. (Hemi)
-Chonu menga nima yoqish yoqmasligini biladida (Yoona)
-Suji bu esa senga shular kerakmidi senga (Chonu)
-Vau axir bu men qidirgan kitoblarku☺️ Qizlar raxmat sizga (Suji)
-Shu og'ir, qalin kitoblani Malayziyadan Koreyaga olib keldinglarmi? Seulda quriganmi shu kitoblaring?(Yoona)
-Yoon bular qimmatli kitoblar,📚 Har qayoqdayam sotilavermaydi. Sen qayoqdanam tushunarding bularni. Kitobni ochib ham qaramasang (Suji)
-Ha biz sizga o'xshab aqlli emasmizda-a? 😏(Yoona)
-Albatta buni tan olganing yaxshi-da (Suj) Yoona kitoblarni birin-ketin varoqlay📖 boshladi -Aytgancha Suji sen ispan tilini bilasanmi? (Yoona)
-Yo'q nimaydi? (Suji)
-Unda sen ham bu kitoblarni yarmini ham oʻqiy olmaysan. (Yoona)
-Hechamda bularni hali ertagacha oʻqib tugataman bu borada sen bilan garov ham oʻynashim mumkin (Suji)
-Suji men bilan garov o'ynama har doimgidek yutqazasan baribir 😌(Yoona)
-Suji Yoon haq! U bilan garov o'ynama! Hattoki yigitlar ham yutqazadiku unga garovda (Hemi)
-Hechda Chonguk yutqazmaydiku (Suji)
-Unda albatta durrang bo'ladi (Hemi)
-Rostanam shu paytgacha o'ynagan garovlaringni hammasida Yoonaga yutqazgansan (Chonu)
-Jim boʻllaring! 🤨Bu safar yutqazmayman (Suji)
-Bilasan garov quruq gapga oʻynalmaydi. Ho'sh yutqazganga qanday shart qoʻyiladi? (Yoona)
-Qizlar silar aytilar shartni (Suji)
-Shu gahvaxonadagi yigitni borib yuzidan o'pish 💋(Hemi)
-Hemi esing joydami nimalar deyapsan (Chonu)
-Men roziman (Yoona)
-Menam roziman, qoʻl tashla, uzilar qizlar (Suji)
Qizlar Suji va Yoonani qoʻlini uzishdi
-Mana endi men yutaman. Ertagayoq bu kitoblar oʻqib boʻlgan adabiyotlarim orasida boʻladi koʻrasan (Suji)
-Seni hafa qilmoqchimasmanu lekin sen yutgazding dugonajon (Yoona)
#Lee Yoona (Kim Seol hyun-aktrisa, qoʻshiqchi)
2025/07/12 23:53:07
Back to Top
HTML Embed Code: