Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
2 dona juda ham kerakli kitoblar. Va eng asosiysi bizda sotuvda mavjud.

Men ushbu kitoblardan tashqari boshqa dizayn kitoblarni ham ko'rganman va biroz o'qishga ham ulgurgan edim. Lekin ushbu 2 kitobni boshqa dizayn haqidagi kitoblardan ajralib turuvchi qiymatli tarafi - kitobda ko'proq dizayner bo'lib qanday ishlash va yashash haqida bebaho tajribalar keltirib o'tilgan.

Hozircha men "Burn your portfolio" kitobni muntazam mutolaa qilish bosqichdaman. Menga ushbu kitobning birinchi bo'lim nomi juda ham ma'qul kelgan - "Инженеры человеческих душ = inson qalb muhandislari"

Undan so'ng esa "The psychology of graphic design pricing" kitobiga o'tishni prioritet tanlov qilib turibman.

@gulomovdesignblog
Shaxsiy brendga dizayn tizim kerakmi?
Ovozli suhbat (hozir)

Grafik dizaynerlar
Alibek Azimov | Ulug'bek Yusupov

Bu havolaga o'ting:
https://www.tgoop.com/alibekzimovv?livestream
Forwarded from Ravshan Komilovich
Musiqa eshitmasdan yuguring.

Ovqatlanyotganda kino yoki koʻrsatuv koʻrmang.

Jismoniy ish, mashq koʻproq qiling.

Nega?

Bizning miyyamiz zerikkandagina unga yaxshi gʻoyalar keladi. Uni doimiy tarzda band qilib yurish sizni kreativligingizni oʻldiradi. Kino koʻrish, musiqa eshitish orqali esa siz miyyangizni band qilasiz. U usha musiqa yoki kinoda berilayotgan ma’lumotni qayta ishlash bilan band boʻladi.

| @marketologravshan
Dizayn haqidagi kitoblarni nega bizni tilga tarjima qilingan versiyalari haligacha deyarli yo'q ekanligi yoki umuman mavjud emasligini sabablari nima deb o'ylaysiz?

@gulomovdesignblog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu sababli ham kitob yo'nalishida amalga oshirish o'zini oqlamaslik natijasi yuqoriroq bo'lib qolaveradi.

Hozircha eng optimal yo'l kamida rus tilini o'rganib yuborish bo'lmoqda. Ham kitoblar tarafdan muammo yo'q, ham rus tilini bilishni so'rovchi mijoz va ishxonalar ham hal bo'ladilar.


Aytgancha yangi kelayotgan hafta shanbasida hashar bo'lmoqda.
https://www.tgoop.com/HasharDesignChat/1420

@gulomovdesignblog
Hamma yerda shovqin bo'lib ketdi.
Durovni yangi loyihasiga logo dizayn tayyorlash uchun bugun brif qilishimiz kerak edi. Shu sababli Toshkentga birrovga kelib ketishini so'ragan edim.

@gulomovdesignblog
Ratsional yoki emotsioanal fikrlash, qay biri kuchliroq ta'sirga ega? Ikkisi ham o'ziga yarasha ta'sir kuchiga ega.

Pepsi mahsuloti 10 so'm (brendi mavjud ekanligini inobatga olib)

Uning raqobatchisida esa ushbu mahsulot 6 so'm (brendi hali yangi ekanligini inobatga olib)

Potensial istemolchilar ko'proq % da Pepsi tanlashga moyil bo'ladilar. (shuncha yillik shakllanib kelgan brend ta'siri, emotsional fikrlash sababli)

Lekin agar mahsulot muzlatgichda bo'lmasa yoki svet o'chib qolib ichimliklar isib qolgan bo'lsa, ushbu brend mahsulotning pullik qiymati 0 so'mga teng bo'lib qoladi. Ya'ni sotib olinmaydi. (ratsional fikrlash sababli)

Boshqa brend mahsulotlar bilan o'xshash holatlarni o'ylagan bo'lsangiz, izohlarda ulashib o'tsangiz
@gulomovdesignblog
Formulani saqlab qo'ying

1. Faqat logotipni o'zini tayyorlash - 100 so'm.
2. Logotip bilan birgalikda dizayn sistema ishlab chiqish 500 so'm
3. Tayyorlangan ishlarni to'liq (print va digital holatlarda) realizatsiya qilib berish 1000 so'm.

Shu kabi buyurtmalarni ko'paytirish uchun:
4. Tayyorlangan ish haqida taqdimot va taklif beruvchi reels video olish 50 so'm
5. Sahifaga joylab unga professional target yoqish 50 so'm

@gulomovdesignblog
2-Bosqich (dizayn sistema ishlab chiqish) alohida e'tibor bering.

Ushbu qo'shimcha xizmat sizga loyihangizni yanada balandroq narxga sotishdan tashqari, sohamizning haqiqiy ilm fan bosqichi deb olsak bo'ladi. Sababi ayni ushbu bosqichda tayyorlagan logotipingizdan qanday foydalanish yo'llari, qo'shimcha qanday vizual uslublar kombinatsiya qilish mumkin ekanliklarini testlaysiz, ustida vizual tadqiqotlar olib borasiz. O'sish va rivojlanish uchun katta hissa qo'shilib boradi.

@gulomovdesignblog
Ertaga hashar bor ekanligi yodingizda deb o'ylayman. Oflayn tadbirlar bizda juda kam tashkil qilinuvchi formatlardan.
Kelinglar.

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish kerak bo'ladi.
Forwarded from Alibek Azimov — Blog
Nimaga sizga networking kerak? Keling ko‘rib chiqamiz:

1. Eng zo‘r ish o‘rinlari vakansiya saytlarida bo‘lmaydi. Katta maoshli yaxshi ishga asosan tanish bilish orqali taklif qilinadi. Shuning uchun networking = yaxshi vakansiya.

2. Faoliyatingizda hali duch kelmagan muammolarni oldini olishga va shu muammolarning ketma-ket yechimini qo‘lga kiritishga yordam beradi. Shu bilan siz qiymatli bo‘lgan vaqtingizni tejashga ulgurasiz. Networking = muammoga yechim.

3. Har doim kuchli ekspert bilan suhbatingizda sizning dunyo qarashingiz o‘zgarishni boshlaydi, yangicha bo‘lgan yo‘llarni ko‘ra boshlaysiz. Shu bilan siz qo‘ygan maqsadlaringizga 3-4x tezlikda erishishni boshlaysiz. Networking = dunyo qarashni o‘zgartirish.

4. O‘zaro hamkorlik sifatida loyiha boshlash imkoniyati. Agar maqsadlaringiz bir bo‘lsa unda sizda sherikchilik imkoniyati bor. Networking = hamkorlik.

5. Yangicha g‘oyalarni kashf qilish uchun imkoniyatlar. Tasavvur qiling siz 10 ta har xil yo‘nalishli ekspertlar bilan suhbat qildingiz va 10 ta insonlarning g‘oyalarini eshitish jarayonida sizda yangilarini kashf qilish imkoni bo‘ladi. Networking = yangi g‘oyalar.

@alibekzimovv
⚡️Shanba kuni shaxsiy brendlar bilan ishlayotgan dizaynerlar bilan uchrashuv tashkillash rejam bor
06.07.24

Batafsil ma'lumot izohlarda @gulomovdesignblog
Men bugun dizayner yoki agentlikni o'ta noyob og'rig'ini tasavvur qilib ko'rdim. Tasavvur qiling biror kompaniyaga bir yoki ikki oy mobaynida brend dizaynlarini tayyorlab topshirdingiz.

Ishni endi portfolioga qo'yaman deganingizda, u kompaniya firibgarlik ayblari bilan kunuzda maqolalari chiqib kelmoqda.
@gulomovdesignblog
Grafik 4/3, ish vaqti soat 13:00dan 20:00 gacha.

Divanchi kompaniyasi grafik dizayner uchun shtat formatda yuqoridagi grafik asosida dizayner izlayotgani haqida e'lon berdi.
https://www.tgoop.com/unilance/2545

Bu yaxshi signal deb o'ylayman. Shu kabi adekvat vakansiyalar ko'payaversin.
@gulomovdesignblog
Ertangi suhbat mavzulari haqida qisqacha.
Ushbu oflayn suhbat formatni yana boshqa yo'nalishlarda ham bo'lib o'tadi.

Qiziquvchilar va ushbu mavzu bo'yicha tajribasi borlar suhbatga qo'shilsangiz bo'ladi.

Taklif olish uchun ertaga soat 12:00 gacha shaxsiydan murojaat qiling. Asosiysi ushbu yo'nalish bo'yicha tajribangiz bo'lishi kerak.
@jakhongirgulomov

@gulomovdesignblog
2024/09/30 01:30:53
Back to Top
HTML Embed Code: