Telegram Web
Dizayn nima uchun tayyorlanmoqda? Kimlar uchun? Qanday maqsadlarda? Qanday darajada bo'lishi kerak ekanligi? Nega aynan u darajani tanlaganliklari? Ularni istaklari bilan maqsadlari dizayn taraflama to'g'ri kelmoqdami? Agarda to'g'ri kelmayotgan bo'lsa, qaysi fikr yoki maqsadlarini o'zgartirish haqida aytish kerak ekanligi...

Yaxshi dizayn bu - yaxshi brif va tahlillardan o'tib tayyorlangan ish hisoblanadi.

Ishni to'g'ri tushunib olishga ketqazilgan vaqt, yakun qismda ishni realizatsiyalash jarayonida cheklangan energiyamiz orqali maksimal nishonga urib natija tayyorlashda katta yordam beradi.

@gulomovdesignblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent city tarafda ishlashga nima deysiz?

Junior grafik dizayner, $300-$400 (oflayn)
Kompaniya: Ucan Consulting
@Optimum_Direction

Ucan Consulting 6 yildan buyon talabalarni ingliz (Kanada, Amerika, Buyuk Britaniya) davlatlariga Bakalavr va Magistratura bosqichlariga jo'natish bilan faoliyat olib boradilar.

Ish holati: aktiv emas.
@gulomovdesignblog
Boy degani didli degani emas.
©️ Ahror Alikhanov
Yuqori tajribali dizayner ham odatiy holatda "ish bizga ma'qul kelmadi" degan feedbacklar bilan to'qnash kelishi mumkin. Bu normal jarayon.

Lekin buyurtmachi u dizaynerdan har safar legenda ish kutishi yoki u dizayner biror marotaba buyurtmachi kutuviga mos kelmaydigan ish tayyorlagani uchun, u haqida fikri o'zgarishi bu normal jarayon emas.

Birozdan so'ng voice izoh.
@gulomovdesignblog
Aytgancha instagramni estetik yoqib yuborish uchun menga moushn dizayner kerak edilar.
Shu yo'nalishda ham talantlaringiz bo'lsa, izohga yozib qo'ysangiz.

Doimiy hamkorlikda ishlash uchun
@gulomovdesignblog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli va tajribalarga asoslangan fikrlar
Farxod Kuchkarov - Depot strategik direktorlari.

Video manba: Cubic podcastdan olingan.
https://www.tgoop.com/cubicclub/68

@gulomovdesignblog
Bir ish kuni umrni 8 soatgacha qisqartiradi.
©️ Ibrohim Uraimov (facebookdan)

Extiyot bo'laverasizlar
Bu galgi Hasharda professional Illustrator va Grafik dizayner Javohir aka Nazarov chiqish qiladilar.
Ular bizni sohada eng katta tajribaga ega bo'lgan sanoqli mutaxassislardan biri bo'ladilar.

Bizni sohamizdagi senior dizaynerni fikr va ma'ruzlarini eshitish va o'zimizdagi kerakli savollar bilan suhbatlashish uchun yaxshi imkoniyat.
https://www.tgoop.com/hashar_dsgn/62
Video montajchilarga havasdaman. Hozir ularni davri. Juda ko'p ishlari bor. Meni o'zimni ham tez orada ularga ishim tushish arafasida.

Lekin balki endi vizual didni oshirish haqida ham o'ylashlari kerakdir?

Men bu yerda ko'p-ko'p yaxshi reels muqovalarga ega shaxsiy brendlarni kuzatib bormoqdaman. Reels muqova didli tayyorlangan, video montaj esa juda arzon xarakterda/effektlarda.

Grafik dizayner va montajyor orasidagi vizual did muvozanati bir xilroq darajada bo'lmasa, qaysidiri biridan zo'rroq yoki yomonroq tayyorlab, umumiy mahsulotga zarar berib qo'yishlari mumkin. Perfeksionist va vizual estetika darajasi yaxshi rivojlangan odamlarga esa bu farqlarni sezib qolishganida sabrli bo'lishlarini tilab qolaman.

@gulomovdesignblog
Reelsga maluba muqova qilib berasizda, montaji esa kamaz bo'lib qoladi.
Mashinalarning orqa oynalariga vizitka ma'lumot qoldirish bo'yicha fikrlar
Tasvir dizayn maktabi uchun brend dizayn yo’nalishida mentor izlashmoqda ekan.

Sohamizning next levelida o’zingizni sinab ko’rishni istasangiz, ma’lumotlar bilan tanishib ko’ring.

https://www.tgoop.com/tasvirdm/66

@gulomovdesignblog
O’zi sohamiz bo’yicha mentorlik mavzusida ovozli suhbat qilsak nima deysiz?

Menda bo’lajak mentorlikka harakat qilayotgan dizaynerlarga yetarlicha tavsiyalar mavjud.

Qiziq bo’lsa ushbu postga like qoldirsangiz.
Tarmoqda bir qiziq gap o'qib qoldim.

Biz 2020-yilda tiktokda krinj videolar ishlashga uyalganligimiz uchun, hozirda har kuni ertalab ishga qatnamoqdamiz🗿
Axaxa lanati qora yumor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rivojlanishni istagan dizaynerlar uchun dizayn bilimlardan tashqari, marketing bilimlar ham aniq kerak bo'ladi.

Cubic podcast - aynan marketing yo'nalishida turli juda ham foydali mavzular bo'yicha chuqur suhbatlar tashkillab bormoqdalar.

Ushbu podcastdagi fikrlar bizga asosiy sohamiz hamda qo'shimcha qiziqishlarimiz/hobbilarimiz uchun yaxshi g'oyalar berish ehtimoli yuqori.

Misol uchun men oxirgi podkastdagi suhbat ichida - dizayndan tashqari tarmoqda biror tor va raqobatchilar hozir kam yoki deyarli yo'q bo'lgan nishada saviyali mikro blog kontent ishlashni o'ylab qoldim.

Ushbu podkastlarni ko'rib borishni tavsiya beraman
@gulomovdesignblog
Bir agentlikni qiziqarli ishlash uslublari haqida eshitdim.

1. Ularda har kuni 1 soatdan kitob o'qish tartibi bor ekan. Bu juda ham zo'r odat.

2. Agarda dizaynerni ishi buyurtmachiga birinchi ko'rsatishni o'zida o'tsa, dizaynerga ma'lum bir summada kupon berilar ekan. Dizayner ushbu kuponni to'plab, buxgalterlariga bersalar, kuponlar qiymatidagi summani olishlari mumkin ekan.

Menga ushbu 2 instrumentlar qiziqarli va ma'qul bo'ldi.
@gulomovdesignblog
Barchaga xayrli yakshanba!

Kuchli dizayner deganda qanday sifatlari mavjud bo’lgan dizaynerni tasavvur qilasiz?

@gulomovdesignblog
Men uchun kuchli dizayner bu - dizayn ko’nikmalardan tashqariga chiqa olgan, o’zida ekstrovertlik ko’nikmalari % larini oshira olgan, shaxsiy hayotidagi turli muammolari bo’lsa ham sohaviy tarafdan aktiv bo’lib kelayotgan, lider va ambitsiyali natijalarga chiqishga harakat qilayotgan dizayner.

Oxirgi aniq xulosalarim:
1. Zo’r behance, did, kreativ sifatlar barchasi umuman ahamiyatsiz, agar introvertlik va shaxsiy komplekslar rivojlanishga/o'zini namoyish qilishga to'sqinlik qilayotgan bo'lsa.
Men hali tayyor emasman degan fikrni ildizi bilan yo'q qilishga harakat qiling. Perfeksionistlik darajangizni pasga tushiring.

2. Media olamida ko'rinib boraverish kerak. Bu zamon formati va talabi.

@gulomovdesignblog
2024/09/29 23:33:12
Back to Top
HTML Embed Code: