Telegram Web
Yuqoridagi pul psixologiyasi kitobni yakunlab + ba'zi boblarni mustahkamlash sifatida qayta o'qib chiqdim.

Ushbu kitobdan olgan bilimlarim haqida qisqacha:
1. Bo'yib ketishdan ko'ra, boy bo'lib qolish asosiyroq va ahamiyatliroq ekanligi. Eng boy odamlardan bo'lmasangiz ham, butun hayotingiz mobaynida bankrot bo'lmaslik yaxshiroq natija ekanligi.
2. Omad va omadsizliklarni normal qabul qilish va ularni sizni hayotingizga asosiy ta'sir ko'rsatuvchi omil ekanligini tan olish va inobatga olish.
3. Tejamkorlik.
4. O'z vaqtida to'xtashni bilish.
5. Inson miyyasi pessimizmga ko'proq e'tibor qaratishi, buning foyda va zararlari haqida hali o'ylab ko'rmagan tajribalar bilan tanishdim.
6. Moliya sohasida raqamli hisob-kitoblardan ko'ra, insonning fe'l-atvori muhimroq ro'l o'ynashi haqida.

Kitobni avval aytganimdek barcha qiziquvchilarga tavsiya beraman.
@gulomovdesignblog
Barchaga xayrli kech!

Menga boshqa sohadoshlarimda va aynan sohamizda bir necha yillardan beri faoliyat olib borayotgan avlod dizaynerlarni ushbu so'rovnomadagi savollarga javoblari qiziq.

Vaqtingiz bemalol bo'lganda fikrlaringizni yozib qoldirsangiz. So'rovnoma javoblari anonim holatda va javoblar faqat menga ko'rinadi. Shu sababli fikrlaringizni bemalol yozib qoldiravering.

https://forms.gle/YpLkFUjoBXCpjFAVA
Sohadoshim Iqboljon Akbarov yaqinda dizayn sohasida podkastlar olishni reja qilgan edilar, ushbu g’oyalarining birinchi sonida birga suhbatlashish nasib qilgan ekan.

Birinchi podkast bo’lganligi uchun mavzuni eng umumiy va eng asosiysini tanlab olgan holda suhbatlashdik.

Dizayn sohasidagi oxirgi 1-2 yilda bo’lib borayotgan turli holatlar qiziq suhbatlashib o’tilgan.

Suhbat to’liq versiyasi tez orada yuklanadi.

https://www.instagram.com/reel/C-xmxasNc7U/?igsh=MTJwZmk2Y3p1bmpmNA==
Ishga suhbat jarayonlarida perfeksionist inson ekanligingizni aytish qanday natija berish ehtimoli baland deb o'ylaysiz? Salbiy yoki ijobiy?

Blogimizda turli HR va menejer insonlar ham borlar. Ular ham tajribalaridan kelib chiqqan holda fikrlarini yozib qoldirsalar barchaga foydali bo'lar edi.
@gulomovdesignblog
voice chat ?
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (2 hours)
27 yillik tajribalarni bir guruhga to'pladik

Bir nechta kattaroq tajribali dizayner hamkasblarning sohaviy bloglarini bir guruh holatida jamladik.
Blogimizda yangi obunachilar ushbu ko'rsatilgan bloglarga ham qo'shilib olsangiz bo'ladi. Barchalarida ko'p foydali fikr va tajribalar mavjud.

https://www.tgoop.com/addlist/e0kYwfXFOzZmM2Vi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bir zo'r, yosh istedodli dizaynerni bloglaridagi oxirgi postlarini o'qib qoldim.

Umumiy oxirgi vaqt bir necha agentliklari bilan fail natijalar bo'lgan ekanligini, ichlaridagi olov o'chib qolganini yozib o'tganlar.
Men u postni o'qib sohamizga qiziqishi yuqori bo'lgan, entuziast bolani moralno o'chirib qo'yishganini tushundim. Achinarli holat. Jaxlim chiqdi.

Ular bilan suhbatlashib ham oldik. Oramizda shu kabi holatlarni boshidan o'tqazmoqda bo'lgan boshqa dizaynerlar bo'lsa sizlarga samimiy tavsiyam.

Yaxshi agentlikda ishlayotgan bo'lsangiz, dam olishga, energiya to'plashlarga vaqtlaringiz yetayotgan bo'lsa unda zo'r. Davomli ishlayvering.
Lekin bunday bo'lmasa - unda tinchgina kompaniyalarga ishga kirishga harakat qilavering. O'zingizni self-study qilishga ham vaqtingiz bo'ladi. Ish sifatingiz ham zarar ko'rmaydi.

Kompaniyada rutina. Bir xil ish bo'lib qotib qo'linadi deyuvchilar - kompaniyaga turli takliflar bilan chiqib, ish turlaringizni boyitib borishingiz mumkin. Agarda kompaniya takliflaringizni qabul qila olmasa ham, xech qisi yo'q. Ishdan keyingi vaqtlaringizni o'zingizni self-study qiling. Personal branding uchun ishlashni harakatini boshlang. Outsource ishlarga ko'proq urg'u bering. Shuncha imkoniyatlar bor.

Afsuski ko'p agentliklarimizda win/lose rejim. Dizayner lose - power, time, life, money va personal branding.
Kerakli tajribangizni olishga harakat qilavering. So'ng keyingi bosqichga o'tib keting.

@gulomovdesignblog
Oramizda dizayn bloglar va blog obunachilari ko'payib borishi ham yuqoridagi muammoga yechim bo'lib borishi mumkin.

Dizaynerlar bir-birlari bilan muloqot qilishni boshlasalar, yaxshi bo'lmagan ishxonalar o'zlariga dizayner izlashda yaxshigina muammoga duch keladilar. O'zi ko'pchilik bu signalni his qilayotgan bo'lishlari kerak. Nega marketologlarni ko'pi mustaqil faoliyatga chiqib ketmoqda. Men mustaqil dasturchilarni ham ko'rdim va boshqa tanishlardan ham eshitdim. Zoomer avlod ishda ishlashlarni qopol qilib aytganda poslat qilib yuborishmoqda. Millenial avloddan ustunliklari ham shunda. Hali Alfani qanday karomati bo'ladi, bu ham qiziq.

@gulomovdesignblog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dizayn qanday potensialga ega instrument ekanligini ko'pchilik tushunmaydi. Lekin aynan biz sohaviy missiya tarafdan o'ylab qarasak - vizual estetikani rivojlantirish vazifasini ijro etuvchi jamiyat hisoblanamiz.

Inson tabiati - tartib va chiroyga tabiiy intiluvchandir. Biz esa ushbu maqsadda unga ko'maklashishimiz kerak.

Dizayn agentliklar tub mohiyatda qaraladigan bo'lsa - ular jamiyatni vizual estetik darajasini oshirish instituti bo'lishi kerak edi.

Videoni to'liq versiyasi:
https://www.youtube.com/watch?v=8suzl6V4VFc&t=1475s

@gulomovdesignblog
Dizayn agentliklarni - aynan dizaynerlar asos solishlari manashu missiyani bajarilishiga hissa qo'shadi.
@gulomovdesignblog
Ustoz AI

Mavjud belgi vizual uslubi yumshoqdan - qattiq uslubga moslashtirildi.

Hozirgi belgi ham juda chiroyli va xech qanday e’tiroz yo’q. Faqatgina mavjud noziklik sababli vizual assosatsiyalar tarafdan ko’proq milliylik, mumtozliylik va adabiyot yo’nalishlariga ko’proq tortib ketadi.

@gulomovdesignblog
Sohadosh va qo'shni soha hamkasblarimda 3 ta yo'l bor. Asosan 1- va 2-yo'llar ko'p. 3-esa juda kam uchraydi.

Bu yo'llarni xarakterlab beraman.
1- yo'l zararli darajada introvert. Shaxsiy komplekslari mavjud. O'ziga juda kichik baho berish. O'zini ko'rsatishdan kuchli qo'rqish yoki diskomfortlik va noname bo'lib faoliyat olib borish. Albatta bu mode ko'plarini o'zlariga ham qulay pozitsiya bo'ladi. Faqat buni zarari uzoqroq perspektivada bilina boshlaydi.

2-yo'l zararli darajada ekstrovert. O'zini meyordan oshiq ko'rsatib yuborish. Storytellingni oshirib yuborish. Kunda kamida 3-5-7 tadan boshqalarni vaqtni yeb yuboruvchi parazit storylar qo'yish. Lekin bunga ularda immunitet bor. "O'zlari kirib ko'rishmoqda, o'zlarini tanlovi, meni muammoyim emas". Shaxsan o'zim afsuski ko'p tanishlarimni storylarini ko'rsatmaslik funksiyasini yoqib qo'yganman.

3-yo'l ushbu 2 yo'llarni meyorlarini/muvozanatlarini ushlagan versiyadagi hamkasblar. Bor shunaqalar. Lekin nisbatan ancha kamroq. Ham ishlarini ham qilishadi, ham meyorida tarmoqlarini ham yuritishadi. Bizni sohada prioritetlarni to'g'ri aniqlab oling. 1-darajada biz backgrounddagi ishlarimiz bilan mashg'ul bo'lishimiz kerak. So'ng 2- yoki 3-darajada tarmoqlar.

3-ga harakat qilaverish kerak @gulomovdesignblog
2024/09/29 19:06:52
Back to Top
HTML Embed Code: