tgoop.com/hakimshoshiy/819
Last Update:
Har maqolning maqomi bor
Siz aytayotgan gap - garchi haq gap bo’lsa ham - oqibati qayerga borishiga qarang!
- Bugungi kunda hijoblilar avrati ochiqlardan battar bo’lib ketti deyilmaydi. Chunki bu gap uyati yo’qlarning “arig’iga suv quyish” bo’ladi.
Sahobalardan biri urush ta’qiqlangan oyda bir mushrikni o’ldirib qo’yadi. Shunda mushriklar “Mana! Musulmonman deganlaring diniga amal qilmaydimi?!” deb dod soladi. Shunda ularga Alloh taolo “Fitna(shirk) qatldan battarroq” deb javob qiladi. [2:191]
- Gunohidan tavba qilgisi yo’q odamlarga itga suv berib jannatga kirib ketgan foxisha ayol qissasi aytib berilmaydi. [Buxoriy, 3321]
- Zolim odamga Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham qaroqchilarni qo’l oyog’ini kesib, ko’ziga mix qoqdirganlari aytib berilmaydi. Keyin qilayotgan zulmiga hujjat qilib olishi mumkin. [Buxoriy, 5685]
Gapingiz kimga nima olib keladi? O’ylang keyin so’ylang.
Telegram | YouTube
BY Hakim Shoshiy
Share with your friend now:
tgoop.com/hakimshoshiy/819