Telegram Web
#Birinchi_shart
Yettinchi ishtirokchi

"БИЛМАСЛАР"
Кўрдим қанча юрган, дунё талашиб,
Замонлари ўтиб борар билмаслар.
Ёлғон дунё, ёлғонига эргашиб —
Карвон бўлиб, кетиб борар билмаслар.

Йўл билмаслар, тутса юрмас қўлидан,
Адашса ҳам чиқмас қум йўл чўлидан,
Асло қайтмас хатарли ўз йўлидан—
Мадорлари кетиб борар билмаслар.

Кулгулар-а беғам, шодон кулгулар,
Эскирмаган орзу-ҳавас, туйғулар,
Ўлғайганин сезмаса-да кўнгиллар—
Ёноғлари сўлиб борар, билмаслар.

Тугар бир кун, ҳар хилқатнинг муддати,
Мудраб ётар бу дунёнинг бир қати,
Тириклигин энг қимматли фурсати—
Имконлари кетиб борар, билмаслар.

Юрагини ҳеч кимсага очолмай,
Ёзаверар тун бағридан қочолмай,
Моҳим асло қуёшига етолмай—
Ортидан жим кетиб борар, билмаслар.

Бибинисо Моҳим
Муҳиддин қизи
Qabul 20:00 da to'xtatilgan hozir joylanayotgan ijodiy ishlar 19 ga qadar kelgan. Faqat juda ko'pligi sabab endi vaqt bo'ldi ajratib joylashga. Adolatsizlik deb o‘ylashmasin. Shuning hisoboti. Hozir saralash jarayoniga o'tamiz. G‘oliblarni ertalab e‘lon qilamiz! 🤗
mar12 (1).pdf
284.8 KB
"Маърифат" газетасининг 2023 йил 22 февраль сонида Ўзбекистон халқ шоири Ҳалима Худойбердиева ҳақида "Қўшилсам майлими, карвонингизга?.." сарлавҳали мақола эълон қилинган эди. Муаллиф Фароғат Худойқулова.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати
Bugun, 17 - may adabiyot farzandining tavallud kuni.
O‘zbek she’riyatida o‘z o‘rniga ega, zabardast shoira, ustoz, Halima Xudoyberdiyevaning tug‘ilgan kuni.
Kanalimiz nomidan barcha muxlislari hamda oila a’zolarini qutlaymiz! Shoiramiz hayot bo‘lganlarida bugun 75 yoshni qarshilagan bo‘lar edilar. Afsuski bu umr, qismat, taqdir. Ammo hamisha yaxshi insonlar xalqning yodida, e’tirofida, e’tiborida bo‘ladi. Ortidan faqat yaxshi xotiralar bilan yodga olinadi, go‘zal ash’orlari bilan eslanadi. O‘lmas meros qoldira olgan, umrini mangulikka xizmat qilishda fido qilgan insonlar hamisha barhayot! Ustozni oxiratlari obod, ruhlari shod bo‘lsin.

Hurmat bilan kanal admini Shohista.

Manzilimiz:👉
@Halima_Xudoyberdiyeva_ijodi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 #Хотира Сўнгги суҳбат

Таниқли журналист Дилшода Матчонова: Ҳалима Худойбердиева бу суҳбат жараёнида бетоб эдилар. Шу сабаб оғир савол беришга ботина олмадим. "Сездим, мени аядингиз... Сизни яхши кўраман", деб қўлимни маҳкам ушладилар. Бу охирги интервьюлари эди...
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar! Tanlov natijalari allaqachon chiqishi kerak edi, biroq biz 2 shaxs ijrosi ustida biroz ikkilanyapmiz, hali bir qarorga kelolmadik. Aniq bir to'xtamga kelib e‘lonni joylaymiz.
#хабар

"Қақнус" кўрсатувининг Ҳалимаи жаҳонимизга бағишланган сони бугун шоирамизнинг таваллуд кунлари 17 май соат 21.00 да севимли "Маданият ва маърифат" каналида намойиш этилади.
Бирга кўрамиз, азизлар🙏

@Guljamol_Asqarova
Forwarded from Guljamol Asqarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ўхшайди"
Ҳалима Худойбердиева шеъри.

Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист Гулбаҳор Эрқулова ижросида.
Forwarded from Guljamol Asqarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 76 yilligi keng nishonlanmoqda. Joriy yilning 17 - may kuni Guliston shahridagi musiqali drama teatrida Halima Xudoyberdiyevaning hayoti va ijodiga bag'ishlangan spektakl premyerasi va adabiy musiqiy tadbir bo'lib o'tdi.

#изоҳ

Сирдарё вилоят театри жуда файзли, чиройли тайёргарлик кўрибди. Театр режиссёри Нигорахонга раҳмат. Нигорахон бошчилигида театр жамоаси Абдуқаюм Йўлдошев қаламига мансуб сценарий асосида жуда гўзал композиция тайёрлашибди.
Жуда файзли тадбир бўлди.
Барака топишсин.
Барча ташкилотчиларга раҳмат🙏
Ҳалимаи жаҳонимизнинг руҳлари шод бўлди, иншаалоҳ🙏
Nihoyat!
Nihoyat... siz kutayotgan tanlov natijalari tayyor bo'ldi.
Oxiri bir qarorga keldik va ijrochilar ko'pligi sabab 2-shartga 6 ta o'rin ajratdik!
Demak natija bilan tanishamiz !

Birinchi shart bo'yicha yettita ishtirokchi qatnashdi, shundan:

1-o‘rin - Bibiniso Mohim
2-o‘rin - M. Mirzo
3-o‘rin - Rayhon B

___

Ikkinchi shart bo‘yicha 22 ta ishtirokchi qatnashdi. Shundan:

1-o‘rin (ikkita)
O‘lmas Temur
Mo‘minov Azizbek

2-o‘rin (ikkita)
Guli Ikrom qizi
Saidabonu A

3-o‘rin (ikkita)
Munisa Qurbonova
Shohista Shermamatova

Ikkita rag‘batlantiruvchi o‘rin:
Yulduz Vaqqosova
Nafosat Totliyeva

____

Uchinchi shart bo'yicha hech kim qatnashmadi!

___

Laiklar bo'yicha quydagilar:

1-o‘rin - J. Nurakov
2-o‘rin - Komron Mirzo
3-o‘rin - G. Eshniyozova

___

Tanlov natijalari,
Birinchi shart bo'yicha, imloviy xatolari, she‘r saviyasi, bag‘ishlov hamda nazira yozish mahoratiga, tashbeh, tasvir, tasavvuriga, shoiraning hayoti va ijodini qay darajada his qilolganligiga qarab xulosa qilib baholandi.

_

Ikkinchi shart bo'yicha ijro mahorati, musiqiylik, she‘rni his qilishlik, ovoz ohanggiga qarab baholandi.
_

Laiklar bo'yicha prasmotr va laik sonini qo'shilgan holda hisoblandi!

G‘oliblarni taqdirlash uchun alohida bir kun belgilab olingach ushbu kanalda e'lon qilamiz va o‘z sovg'alarini olib ketishlari mumkin!

Qatnashgan barchaga rahmat!
O'rin olmaganlar uchun rag'bat sifatida bir oyda bir marotaba ushbu kanalga o'z ijrolaridan joylash imkoniyati beriladi. Kanalni tark etish yo'q, aksincha yaqinlaringizga ulashib boring. Bu birinchi tanlovimiz, kelasi gal yanada qiziqarliroq...
Forwarded from MehrNoz
Bugun O’zbekiston xalq shoiri – Halima Xudayberdiyeva tug’ilgan kun!

BUL KUN KIMDIR O’YNASA

Bul kun kimdir o’ynasa
Dog’ ustida o’ynaydi.
Dog’-daraxti zardob rang
Bog’ ustida o’ynaydi.

Bu tuproqqa ishonch-la
Oyoq bosib bo’lmagay,
Qumlari tirqiragan
Qumloq ustida o’ynaydi.

Bul kun tuhmat — tog’day tik,
Bul kun ig’vo — ko’p ulug’,
«Bul qaro-ku, qaro» deb
Oq ustida o’ynaydi.

Har qadamda g’or, qopqon,
Qurbon topqoni topqon,
Yuztuban tushgan munkib,
Hamroh ustida o’ynaydi.

Muqom-la yangi-yangi
Tepinganda yer changib
O’zi tushar, ertangi
Choh ustida o’ynaydi…

Qandoq so’lmay qiyog’i,
Kuyib ketmay oyog’i,
Naq yurakning ustida,
Oh ustida o’ynaydi…

1988

✍️Halima Xudayberdiyeva

@abbosova_mehrinoz
#Туйғу

Сизни севгач, мен чаманлар,
лолаларга учрагум,
Омад келгай, аълолардан
аълоларга учрагум.


Шеър: Ҳалима Худойбердиева

Фото: Саҳобиддин Рустамов
Образда: Илҳом Иминжонов, Заҳро Абдуғаффорова

💬Telegram 🌐Website 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Билмам адашдимми.."

Ҳалима Худойбердиева шеъри.

Ўзбекистон халқ артисти Замира Суюнова ижросида.
Audio
🌌"Men sen bilan xayrlashgan tun"


✍️Halima Xudoyberdiyeva

🎙️ Azizbek Toshqorayev (Toshdaftar)


https://www.tgoop.com/Toshdaftar_A
“Mushoira klubi” Namangan viloyati

“Yo'ldadirman... ”

Halima Xudoyberdiyeva ✍️
Shohrux Ali 🎙️

@mushoira_klubi
“Mushoira klubi” Namangan viloyati

“Yo'ldadirman... ”

Halima Xudoyberdiyeva ✍️
Shohrux Ali 🎙️

@mushoira_klubi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"O'chgan o'tni yondirma qayta,
Yomon... yomon uning yonishi..."

Halima Xudoyberdiyeva she'ri Mahliyo Asqaraliyeva ijrosida!

📺 "Qaqnus"

👉 @mm_telekanal
2024/09/21 11:25:40
Back to Top
HTML Embed Code: