Bugun «Hilol Nashr» nashriyotining majlislar zalida «Maʼrifat yoʻlining yorqin yulduzi» nomli Yorqinjon Fozilni xotirlab tadbir oʻtkazildi.
Shu bilan birga tadbirimizda Qoʻqondan qator mehmonlar, jumladan, Yorqinjon domlaning farzandlari Imdodulloh qori va domlaning qaynilari Umarxon domlalar ham ishtirok etishdi.
Tadbirni Ismoil Muhammad Sodiq ochib berdilar. Shundan soʻng Yorqinjon domla bilan oʻtkazgan damlari, domlaning sifatlari, ilmlari, taqvolari va boshqa fazilatlari haqida Husaynxon Yahyo Abdulmajid qori, Muhammad Ayyubxon domla, Anvar Ahmad, Muhammad Shokir domlalar soʻz soʻzladilar.
Tadbir soʻnggida «Hilol Nashr» nashriyoti va islom.uz nomidan Yorqinjon domlaning ota-onalari: Obidxon hoji dada va Zubaydaxon hoji ayalarga tashakkurnoma va esdalik hadyalar topshirildi.
Alloh taolo Yorqinjon Fozilning oxiratlarini obod qilsin, ustozimizni Oʻzining rahmatiga burkasin!
@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍115😢23🔥12🎉5🕊2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍175😢77🔥25🕊10💯7🥰4👏3