Telegram Web
Chet elga borib, o'qib va ishlashni xohlaysiz?
Buni yo’li oson 🌍

👍Varshava Menejment universitetida siz orzuingizni birinchi kursdan boshlab amalga oshirishingiz mumkin!

🌟Almashinuv dasturlari haqida batafsil ma'lumotni karuselda o'qing!
O'qing va do'stlaringiz bilan baham ko'ring!

O'qishga kirish haqida ko'proq ma'lumot olish uchun bizga Direct orqali yozing 📲
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz abituriyentlar! 🚀
Agar siz ham universitetga o'qishga kirishni va nufuzli diplom olishni istasangiz – biz sizni Varshava menejment universiteti talabasi bo’lishga taklif etamiz!

‼️Qabul komissiyasi faol ravishda hujjatlarni qabul qilmoqda.

2024 yil maktab bitiruvchilari uchun esa bizdan maxsus sovg'a – o'qishning birinchi yiliga 20% chegirma!

🎯O'qishga kirish va ta'lim yo'nalishlari haqida batafsil ma'lumotni bizning profilimizdan topishingiz mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓Varshava Menejment Universiteti bilan xalqaro karyeraga yo'l oching!

Biz bilan yangi o'quv yilidan ta'limni boshlang

Boshqa oliy o'quv yurtida o'qiyapsizmi?
O’qishni tikalash niyatidamisiz?
Mutaxassislikni o'zgartirmoqchimisiz?

Atigi 2 yilda menejment va boshqaruv sohasida professional bo'ling! 🚀
O'zgarishlarga tayyormisiz?

Biz bilan bo’g’laning:
☎️ +998 90 203 20 00
☎️ +998 90 203 30 00
🤩 O'quv yili boshlanishidan oldin Varshava menejment universitetiga hujjatlarni topshtirishga ulgurib qoling va karyerangiz poydevorini qo'ying!

❗️2024-yil maktab bitiruvchilari uchun birinchi o'quv yiliga 20% chegirma aksiyasi davom etmoqda.

Barcha savollar bo'yicha Direct orqali yoki quyidagi raqamga murojaat qiling
+998 90 203 20 00
+998 90 203 30 00
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Collegium Humanum - Varshava menejment universitetining Andijon filiali qabulni davom ettirmoqda!🚀

Sizga keng imkoniyatlar taqdim etuvchi zamonaviy yo'nalishlardan birini tanlang!

Bizning afzalliklarimiz:
⭐️Dunyoda tan olingan Yevropa diplomi
🌍 Xalqaro talabalar almashinuvi dasturlari
🔄 Boshqa oliy o'quv yurtlaridan 2-chi va 3-chi kurslarga o’qishni ko’chirish imkoniyati
😎 Bakalavr darajasini atigi 3 yilda olish imkoniyati
🎓 Yevropa standartlariga mos keluvchi zamonaviy bilimlar

Collegium Humanum jamoasining a'zosi bo'lishni istaysizmi?
Biz bilan bog'laning!

Ariza topshirish uchun:
☎️ +998 90 203 20 00
☎️ +998 90 203 30 00
📍Manzilimiz: Andijon viloyati, Asaka tumani, Ergashobod ko'chasi, 47-uy
Andijon shahridagi №41 umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar ana shunday ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etdi.
Uchrashuvlarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli ijodkorlar , Ahmadjon Meliboyev, Zuhriddin Isomiddinov, Davronbek Radjabovlar ishtirok etdilar.

👩🎓She’riyatga oshufta talaba-yoshlarga va maktab o‘quvchilariga ular tomonidan kerakli tavsiyalar berildi. Qizg‘in savol-javob mushoiraga ulanib ketdi.

🏆Tadbirda ijodkorlar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida fikrlarini bildirdi, asarlaridan namunalar o‘qib berdi.

🤝Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda milliy g‘oyani keng targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantirishdan iborat.
Xo‘jaobod tumanidagi №30  umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi  madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar  ana shunday ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etdi.

👥 Uchrashuvlarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli ijodkorlar Islom Xamroyev, Umida Abduazimova, Adiba Umirova ishtirok etdilar.

👩‍🎓She’riyatga oshufta talaba-yoshlarga va maktab o‘quvchilariga ular tomonidan kerakli tavsiyalar berildi. Qizg‘in savol-javob mushoiraga ulanib ketdi.

🏆Tadbirda ijodkorlar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida fikrlarini bildirdi, asarlaridan namunalar o‘qib berdi.

🤝Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda milliy g‘oyani keng targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantirishdan iborat.
14-yanvar – O'zbekiston Respublikasining eng ulug' bayramlaridan biri – Vatan himoyachilari kuni.

Bugun biz Vatanimiz tinchligini saqlash, xalqimiz osoyishtaligi yo'lida xizmat qilayotgan jasur insonlarning matonati, jasorati va fidoyiligini e'zozlaymiz.

Ushbu qutlug' sana munosabati bilan universitetimizda "Vatanparvarlik – oliy fazilat: uch avlod uchrashuvi" mavzusidagi tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda qatnashgan faxriy mehmonlarimizning ibratli hayot yo'llari, boy tajribalari va dono o'gitlari yosh avlod uchun chinakam ma'naviy meros hisoblanadi.

Uchrashuv samimiy va do'stona ruhda o'tdi. Talabalar vatanimiz qahramonlari bilan jonli muloqot qilish, ularning hayotiy saboqlari hamda o'gitlarini eshitish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Avlodlar o'rtasidagi bunday aloqa yoshlarda vatanparvarlik, milliy g'urur, insoniylik va kattalarni hurmat qilish kabi ulug' fazilatlarni kamol toptiradi. O'zbekiston ravnaqi va farovonligi yo'lida qilgan beqiyos xizmatlari uchun barcha faxriylarimizga chuqur ehtiromimiz va samimiy minnatdorchiligimizni izhor etamiz!

Sizlarning jasorat va matonat namunangiz qalblarimizda mangu saqlanib qoladi.

Bayramingiz qutlug' bo'lsin, aziz Vatan himoyachilari! Sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka hamda osmonimiz doimo tinch bo'lishini tilab qolamiz!
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14 Yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Collegium Humanum — Varshava Menejment Universiteti Andijon filialida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

Ishtirokchilar harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi savollarga javob berib, o'zlarining bilim va iqtidorlarini namoyish etdilar. Ular strategik fikrlash, jamoaviy hamkorlik ko'nikmalarini ham ko'rsatdilar.

G'oliblar tashkilotchilar tomonidan 1-2-3 darajali diplomlar bilan taqdirlandilar. 🏆🎖 Tadbirda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg'ularini mustahkamlash masalalariga e'tibor qaratildi. 🇺🇿
2025/02/05 00:01:37
Back to Top
HTML Embed Code: