Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Qonun, qaror, farmon va farmoyish: farqi nimada?

“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonunga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari qonun hujjatlaridir. Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir.

Milliy ensiklopediyaga koʻra, qonun davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori kuchga ega boʻlgan hujjatidir. Oʻzbekistonda eng asosiy qonun – Konstitutsiya.

Qaror esa davlat organi yoki mansabdor shaxsning oʻz vakolati doirasida qabul qiladigan va biror oqibat keltirib chiqaradigan hujjatidir. Izohli lugʻat qaror soʻzini “rasmiy organ, tashkilot, majlis, mansabdor shaxs va shu kabilarning biror ish, masala yuzasidan bamaslahat qabul qilgan toʻxtami, hukmi” deb sharhlagan.

🔝 Farmon – hokimiyat oliy organi yoki davlat boshligʻining qonun kuchiga ega boʻlgan buyrugʻi, farmoyishi.

🔝 Farmoyish – boshqaruvga doir huquqiy hujjat. Konstitutsiyaviy huquqda davlat boshligʻi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatlari doirasida chiqariladi. Ijro etuvchi hokimiyat organining tez hal qilinishi kerak boʻlgan va boshqa joriy masalalarga oid qarori farmoyish shaklida chiqariladi.

💾 Demak:

🔝 Qonun – eng yuqori kuchga ega hujjat. Qaror – rasmiy organ yoki mansabdor shaxsning biror masala boʻyicha toʻxtamini ifodalovchi hujjat. Farmon – eng yuqori organ yoki davlat boshligʻining buyrugʻi. Farmoyish esa tez hal qilinishi kerak boʻlgan masalalar haqidagi farmon yoki qaror ekan.

Kanalga obuna bo'lish
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquq_tilsimi AT va MS INTENSIV kurs
Attestatsiyada yuqori ball olish niyatidagi ustozlar yangi guruhimizga qo‘shilishda davom etmoqda. Hali ham sizda imkoniyat bor. 6 kunlik darslarimizda yuqori natijani qo‘lga kirita olasiz.
@tarixhaydarova ga murojaat qiling!!
Prezident muddatidan ilgari "Prezident saylovini o‘tkazish" haqida qaror qabul qilishga haqlimi?
Anonymous Quiz
52%
A. Ha haqli
14%
B. Haqli emas
14%
S. Markaziy saylov komissiyasigina haqli
20%
D. Oliy Majlis qarori bilan hal qilinadi.
"Xalqaro inson huquqlari kuni" deb belgilangan sanani toping?
Anonymous Quiz
59%
A. 1948-yil 10-dekabr
33%
B. 1950-yil 10-dekabr
4%
S. 1979-yil 7-yanvar
4%
D. 1989-yil 7-iyun
Voyaga yetmaganlar nechi yoshdan ism-familyasini o‘zgartirishga haqli?
Anonymous Quiz
18%
A. 14 yoshdan
4%
B. 15yoshdan
69%
S. 16yoshdan
9%
D. 18 yoshdan
Majburiy O‘zbekiston tarixi kerak abutirentlar diqqatiga!!!
Izohga + belgisini qoldiring!!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🩷🩷🩷🩷🩷

🥀Sezyapsizlarmi, fasllar kabi umrimiz   ham  o‘tib bormoqda.

Vaqt shafqatsiz, u hech  kim  va hech narsani kutib turmaydi. Bugun yaqinlaringizni yo‘qlar bo‘lsangiz, ular bilan o‘tgan xush damlarni g‘animat biling, ulardan hol  so‘rab, ko‘ngil oling, duolar oling...

Kanalga obuna bo'lish
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

21 ta vazirlik
12 ta qo‘mita
25 ta agentlik
11 ta inspeksiya mavjud.


boshqalarga ulashing va saqlab qo'ying.🫶

http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot

“Abu Rayhon Beruniy universiteti” NTMda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun 2024-yil 21-avgust kuni tizimda yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli xato berilgan (avtomatik shakllangan) litsenziyani (№ 363695-raqamli) bekor qilish shaklidagi huquqiy ta’sir chorani qo‘llash to‘g‘risida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza kiritildi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga “Abu Rayhon Beruniy universiteti” nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirmaslik, to‘lov shartnomasini olmaslik va o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirmaslik tavsiya etiladi.

Shuningdek, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan talabgorlar vazirlikning stat.edu.uz saytidagi ro‘yxatda mavjud oliy ta’lim tashkilotlariga hujjat topshirishi maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz.


Kanalga obuna bo'lish
🔝🔝🔝🔝🔝🔝🔝
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#test_ishlaymiz

Javobini topdingizmi?
Izohlarda qoldiringchi

@huquq_tilsimi
Forwarded from Huquq tilsimi (Haydarova O‘g‘ilbeka Fayzullayevna)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGI TO‘G‘RISIDA

25-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotish asoslari

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yo‘qotiladi:
a) shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;
b) agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;
v) agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan bo‘lsa;
g) agar shaxs chet davlatning foydasini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo‘li bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa;
d) agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa;
e) agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan bo‘lsa va yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo‘lsa.

Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganligi uning erining (xotinining) va farzandining (bolalarining) fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.‌‌

Перевод: uz-uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGI TO‘G‘RISIDA

25-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotish asoslari

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yo‘qotiladi:
a) shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;
b) agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;
v) agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan bo‘lsa;
g) agar shaxs chet davlatning foydasini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo‘li bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa;
d) agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa;
e) agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan bo‘lsa va yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo‘lsa.

Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganligi uning erining (xotinining) va farzandining (bolalarining) fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.‌‌

Kanalga obuna bo'lish
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#test_ishlaymiz

Javobini izohlarda qoldiring. Maksimal ulashing.

@huquq_tilsimi
#test_ishlaymiz

Javobini izohlarda qoldiring
Maksimal tarqating.

@huquq_tilsimi
FK 139-modda. Ishonchnomaning muddati

Ishonchnoma ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida o‘z kuchini saqlaydi.

Berilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.

Notarius tomonidan tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida harakatlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan, amal qilish muddati ko‘rsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan bekor qilingunicha o‘z kuchini saqlay

6-modda. Tovar (ish, xizmat)lar to‘g‘risidagi ma’lumot

Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart. Bunda mazkur ma’lumot tovarlarning etiketkalarida, tamg‘alarida, texnik hujjatida yoki tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ayrim turlari uchun qabul qilingan boshqa usulda iste’molchilarga yetkazilishi mumkin.

Tovar (ish, xizmat) haqidagi ma’lumotda quyidagilar ko‘rsatilishi shart:

tovarning (ishning, xizmatning) nomi;
tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart bo‘lgan normativ hujjatning nomi;
tovar (ish, xizmat)ning asosiy iste’mol xususiyatlari, shu jumladan, o‘ziga xos xususiyatlari ro‘yxati;
narxi (tarifi) va sotib olish shartlari;
ayrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi;
ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari;
tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari;
tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin iste’molchi nima ishlar qilishi zarurligi, shuningdek bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) to‘liq nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning QR-kodi (matritsali shtrix kodi), import qilinadigan tovarlar uchun esa ishlab chiqaruvchining hamda import qiluvchining nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili);
tovar kelib chiqqan mamlakatning nomi;
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular iste’molchidan da’vo qabul qilishga vakolat bergan, shuningdek, ta’mirlashlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko‘rsatadigan korxonalarning manzillari;
tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari.
teatr-konsert tadbirlari o‘tkazilayotganda fonogrammadan foydalanish to‘g‘risidagi axborot.

Tovar (ish, xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumot iste’molchiga davlat tilida taqdim etiladi. Mazkur ma’lumot qo‘shimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.

Texnik jihatdan tartibga solinishi majburiy bo‘lgan tovar bo‘yicha iste’molchiga uning texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar taqdim etilishi kerak.

Tovar (ish, xizmat) haqidagi zarur axborotning yo‘qligi bunday tovar (ish, xizmat)ni realizatsiya qilish ma’lumot berilgunga qadar tegishli davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi bo‘yicha to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi.
Forwarded from YIGITALI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston parlamenti qanday ishlaydi, deb so‘rashsa, mana shu videoni qo‘yib bersangiz yetadi

Ko‘pchilikning ovozi bir tiyinga qimmatligining juda bir chiroyli isboti bo‘libdi :)

Qisqa izoh: Spiker tanaffus e’lon qilamizmi yoki ishni davom ettiramizmi, deb so‘radi. Birinchi ovoz berishda 89 kishi (75,4%) davom ettiramiz dedi, 13 kishi (11%) tanaffus e’lon qilaylik dedi. Spiker kutilmaganda yana ovozga qo’ydi. Yana 89 kishi davom ettiramiz dedi, 22 kishi (18%) tanaffus e’lon qilaylik dedi.

Spiker esa xulosa o‘rnida oltinga teng gaplarni aytdi:

“Ko‘pchilikning fikrini e’tiborga olamiz, ammo tanaffus e’lon qilamiz”😂


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Huquq tilsimi (RIZOYEVA)
Hujjatlar haqida...

Ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;

taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat;

shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat;

Kanalga obuna bo'lish
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquq tilsimi (Haydarova O‘g‘ilbeka Fayzullayevna)
JPK 98-modda. So‘roq qilinuvchining shaxsini aniqlash

Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‘roq qilish oldidan so‘roq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi va otasining ismini, tug‘ilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va tug‘ilgan joyini, yashash joyi va ish joyini, mansabi, mashg‘ulot turi, ma’lumoti, oilaviy ahvolini, sudlanganligi yoki sudlanmaganligini aniqlashi hamda bu ma’lumotlarni jinoyat ishidagi yoki so‘roq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rishi yoxud so‘roq qilinuvchi o‘zini kim deb tanishtirgan bo‘lsa, aynan o‘sha shaxs ekanligiga boshqa yo‘llar bilan ishonch hosil qilishi lozim.

Kanalga obuna bo'lish
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
http://www.tgoop.com/huquq_tilsimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquq_tilsimi AT va MS INTENSIV kurs
Attestatsiyada yuqori ball olish niyatidagi ustozlar yangi guruhimizga qo‘shilishda davom etmoqda. Hali ham sizda imkoniyat bor. 6 kunlik darslarimizda yuqori natijani qo‘lga kirita olasiz.
@tarixhaydarova ga murojaat qiling!!
Yangi haftadan kursda Attestatsiya namunasidagi sifatli test tahlili darslari yo‘lga qo‘yilmoqda. Hoziroq @tarixhaydarova ga murojaat qiling.
6 kunlik darslarimizni 2 ta malakali huquqshunos ustozlar o‘tishadi.

Bunaqasi hech qaysi onlayn kursda yo‘q manimcha.
6 kunlik darslar atigi 200ming so‘m
2024/09/30 00:21:28
Back to Top
HTML Embed Code: