#reyting
Haftaning eng ko‘p xarid qilingan TOP 10 kitobi
O‘tgan hafta davomida eng ko‘p tanlangan va xarid qilingan kitoblar bilan tanishing.
📞 Buyurtma uchun:
@huzur_admin
+99870-049-05-05
📍Manzil: Huzur kitoblari do‘koni
✍️Qaysilarini o‘qigansiz, izohlarda yozib qoldiring!
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
Haftaning eng ko‘p xarid qilingan TOP 10 kitobi
O‘tgan hafta davomida eng ko‘p tanlangan va xarid qilingan kitoblar bilan tanishing.
1️⃣ “Laylo” - 60.000 soʻm;
2️⃣ “Yashamoq” - 59.000 soʻm;
3️⃣ “Qalbimdasan, Allohim” – 49.000 soʻm;
4️⃣ “Afv et, Allohim” - 49.000 so‘m;
5️⃣ “Ochlik” – 59.000 soʻm;
6️⃣ “Bu ham o‘tar, yo Hu” - 49.000 soʻm;
7️⃣ “Soʻnggi nafas havoga qorishmasdan” - 56.000 soʻm;
8️⃣ “Maymunlar sayyorasi” – 56.000 soʻm;
9️⃣ “Qora suyaklar” - 45.000 so‘m;
🔟 “Qalbga taskin bitiklarr” – 39.000 soʻm;
📞 Buyurtma uchun:
@huzur_admin
+99870-049-05-05
📍Manzil: Huzur kitoblari do‘koni
✍️Qaysilarini o‘qigansiz, izohlarda yozib qoldiring!
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
❤43🔥10💯6🤩2👌1
“Huzurbaxsh tasallilar” kitobidan boylik va dunyo haqidagi 5 iqtibos
✍️Xoʻsh, Sizga nechanchi iqtibos yoqdi?
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
1. Oz narsaga ega boʻlsang, oz narsaga oid boʻlasan.
2. Kimning boyligi boʻlsa, qalb dardi arimaydi.
3. Boylik – koʻp narsaga egalik qilish emas, balki oz narsaga muhtoj boʻlishdir.
4. Faqirning ham, boyning ham mol-mulki yoʻq. Suqrot ham, Qorun ham teng sarvatga, yaʼni hech narsaga ega emaslar!
5. Dunyo bir koʻprikdir. Koʻpriklar ustiga uy qurilmaydi.
✍️Xoʻsh, Sizga nechanchi iqtibos yoqdi?
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
❤45🔥16👏3🤩2😍1
❤32👏8💔6🤔2🤩1
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
“Laylo” kitobini o‘qiyotganingizni biz ham bilmoqchimiz! Axir bu asar har joyda, har yurakda boshqacha oʻqiladi.
Balki siz uni metro sadolari ostida o‘qiyotgandirsiz, balki shaharning sokin burchagida yoki qaynoq choy bilan olis qishloqda…
🏆 G‘oliblar qanday aniqlanadi?
3 ta eng chiroyli surat sizning “layk”laringiz orqali, yana 3 tasi hakamlar hay’ati tomonidan tanlanadi.
Har bir g‘olibga “Huzur” nashriyotining istalgan 3 ta kitobi sovg‘a qilinadi!
Tanlov muddati: 3–9-noyabr.
G‘oliblar e’lon qilinadigan sana: 10-noyabr.
Hamma tayyor boʻlsa, qani boshladik!
@qamarbooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤35🔥11🤔1🏆1
Mutolaa jarayonida yuragim qattiq titradi.
Asabiylashdim. Haligacha oʻzimga kelolganim yoʻq…
Insoniyat tarixida juda ko‘p urushlar bo‘lgan.
Ammo bunday og‘riqni birgina qizning ko‘ngliga sig‘dirish tasavvur qilib bo‘lmaydigan og‘irlik.
Aleksandra Kavelius oddiy qizaloqning hikoyasi orqali urushning qanchalar shafqatsiz, qanchalar noinsof bo‘lishini ochib bergan. Layloning hayoti urush boshlanishidan oldin xuddi biznikidek oddiy edi. Lekin urush uning hayotini butunlayga oʻzgartirib yubordi...
Orzular, sevinchlar, kelajak rejalari…
Hammasi bir zumda vayron bo‘ldi.
Asirlik, tajovuz, xo‘rlik, iztirob…
Kitobning ortda qolgan sahifalari ham yurakni tirnashda davom etadi. Ba’zida kitobni yopib, chuqur nafas olishga majbur bo‘lasiz. Chunki bunday iztiroblarni ko‘z oldingizga keltirish oson emas...
Laylo yiqilmadi.
Har safar sinib tushgandek bo‘lsa ham, yana o‘zini tiklab oldi.
Zulmatning ichida ham umidini yo‘qotmadi.
Eng ayanchli holatlarda ham sabr qildi, juda kuchli sabr.
Iymon unga kuch berdi.
Ich-ichidan tayanch bo‘ldi.
Zotan, iymonsiz bunday dahshatli sinovlardan tirik chiqish mumkin emasdi.
Onasining kutishlari…
Layloning achchiq hayoti uchun qanchalik achingan boʻlsam, onasi uchun ikki barobar ichim achidi.
Bu asar nafaqat urush voqealarini hikoya qiladi, balki bizni hayot haqida o‘ylashga majbur etadi.
Tinchlikning qadrini,
shukrning qudratini,
inson qalbining qanday buyuk kuchga ega ekanini his qilamiz.
Kitob qanchalik og‘ir bo‘lmasin, u o‘quvchini ruhiy jihatdan boyitadi.
O‘qigan odamning qalbida iz qoldiradi.
Ha, ba’zi sahifalar qalbimni qattiq yaraladi.
“Nega-a-a?” degan joylarim judayam koʻp bo‘ldi.
Men bu asarni bir oʻtirishda o‘qib chiqdim.
O‘qib chiqdim-u, lekin haliyam ichidan chiqolmadim…
©️Laylo Ozodova
photo Bintu Yusuf
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤44👏4🔥2
Ikki yangi asar ustida ishlayapmiz. Qaysi biri birinchi bo‘lib chop etilsin?
Anonymous Poll
60%
Kadir Akelning asari
40%
Yu Xuaning asari
🎉46🤩27❤12🤔6💔6💯4🔥3😍3🙏2🏆1
Diqqat, savol: gap kim haqida ketmoqda? 🤔
Narx: 49.000
📞 Buyurtma uchun:
@huzur_admin
+99870-049-05-05
📍Manzil: Huzur kitoblari do‘koni
✍️Yuqorida kim haqida gap ketmoqda?
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
Uni “sanʼat quyoshi” deb atashardi. Afishalarda suratlari tez-tez koʻzga tashlanar, uy-joylari, hashamatli hayoti, boyligi haqidagi bahslarning keti uzilmasdi.
Baʼzan u haqda shu qadar maqtov yogʻilardiki, shon-shuhratga moyil baʼzi odamlarning ogʻzidan suv oqar, “Oh, qani edi, biz ham uningdek boʻlsak”, deb orzu qilishardi. Hatto u kabi shuhrat topaman, deb uyini tark etganlar ham bor edi.
Holbuki, “millionlar seviklisi” deb taʼriflangan bu shaxs yolgʻiz, yolgʻiz boʻlganda ham juda yolgʻiz edi... Baxtdan “sarxush” deb taʼriflanuvchi “sanʼat quyoshi” oʻziga oʻlimni ravo koʻrib yashardi...
Narx: 49.000
📞 Buyurtma uchun:
@huzur_admin
+99870-049-05-05
📍Manzil: Huzur kitoblari do‘koni
✍️Yuqorida kim haqida gap ketmoqda?
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
❤17🤔17
Aytaylik, qaysidir kitob do‘konida soxta kitob sotilyapti. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutasiz?
Anonymous Poll
24%
Darhol do‘kon ma’muriyatini ogohlantiraman
17%
Muallif yoki nashriyotga xabar beraman
3%
Ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda yozaman
27%
Soxta kitob sotgan do‘kondan hech qachon xarid qilmayman
19%
E’tibor bermayman
9%
Rasmiy organlarga shikoyat qilaman
👍21🤔7❤6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jinoyat deb bilinmaydigan jinoyat
Kitobhouse’da mehmon bo‘lgan Muhiddin Nido soxta kitoblar va ayrim “uchar”larning noqonuniy xatti-harakatlari xususida fikr bildiribdi.
Chindan ham dolzarb va og‘riqli masala.
✍️Sizda ham soxta kitoblarga aldanib qolish holati bo‘lganmi?
PS: Tez orada original va soxta kitoblarni qanday ajratib olish mumkinligi xususida post e’lon qilamiz.
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤10👏5🤔3🔥1
#parcha
“Allohim, Allohim!” der edim faqat...
Bir kun oqshom hammamiz birgalikda choy ichib oʻtirgandik. Eshik qoʻngʻirogʻi jiringladi. Borib ochdim. Qarshimda militsiya xodimi turardi. Uni koʻrdim-u, kayfiyatim buzildi.
— Keling, — dedim.
— Aydan Erogʻlu bilan koʻrishmoqchi edim.
— Menman, eshitaman.
Zinadan pastga ishora qildi.
— Bu janoblar Amerikadan kelishgan. Ular siz bilan koʻrishmoqchi.
Eshitganlarim meni butkul lol qilgandi. Bir necha qadam tashlab, pastga qaradim. Koʻrganim tushga oʻxshardi. Janob Marko bilan Manaf menga tabassum bilan qarab turishardi. Manaf men tomonga bir necha odim tashladi.
— Samovarda choy damlagandim. Kelmaganingga oʻzimiz boraylik, dedik.
Shodlikdan koʻz yoshlarim duv-duv toʻkilardi.
“Allohim, Allohim!” der edim faqat...
1️⃣ Bu asarni oʻqigan boʻlsangiz, izohlarda + qoldiring!

❤74❤🔥27👍13💔5🏆4😍2👏1👌1
#reyting
O‘tgan haftaning eng ko‘p sotilgan TOP kitoblari
1️⃣ “Afv et, Allohim” - 49.000 so‘m;
2️⃣ “Laylo” - 60.000 soʻm;
3️⃣ “Yashamoq” - 59.000 soʻm;
4️⃣ “Qalbimdasan, Allohim” - 49.000 so‘m;
📞 Buyurtma uchun:
@huzur_admin
+99870-049-05-05
📍Manzil: Huzur kitoblari do‘koni
5️⃣ Bunisi biz uchun ham yangilik bo‘ldi. Toping-chi, qaysi kitob?
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
O‘tgan haftaning eng ko‘p sotilgan TOP kitoblari
📞 Buyurtma uchun:
@huzur_admin
+99870-049-05-05
📍Manzil: Huzur kitoblari do‘koni
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25❤🔥7🤩6🤔1
Yelkamizdagi yuklar bizning rizqimizdir
— Har kim o‘z yo‘lidan ketadi, — dedi Sayyoh.
— Ayriliq abadiy davom etadimi? — so‘radi Katta Shahzoda.
Sayyoh javob berdi:
— Ayriliq — ko‘zi bilan sevganlarning dardidir.
— Yuragimga og‘ir kelgan yukni kim ko‘tarishadi?
— Yelkamizdagi yuklar bizning rizqimizdir.
Bir-birlariga uzoq termilishdi. Katta Shahzoda yig‘lardi... «Sevganingni kuzatayotgandagi ko‘z yoshlar eng teran vidodir», dedi u o‘ziga o‘zi.
— Alvido, — dedi Sayyoh.
— Ko‘rishajak kunimizga qadar alvido, — dedi Katta Shahzoda.
5️⃣ Top 5 talikdagi “Katta shahzoda” asaridan
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
— Har kim o‘z yo‘lidan ketadi, — dedi Sayyoh.
— Ayriliq abadiy davom etadimi? — so‘radi Katta Shahzoda.
Sayyoh javob berdi:
— Ayriliq — ko‘zi bilan sevganlarning dardidir.
— Yuragimga og‘ir kelgan yukni kim ko‘tarishadi?
— Yelkamizdagi yuklar bizning rizqimizdir.
Bir-birlariga uzoq termilishdi. Katta Shahzoda yig‘lardi... «Sevganingni kuzatayotgandagi ko‘z yoshlar eng teran vidodir», dedi u o‘ziga o‘zi.
— Alvido, — dedi Sayyoh.
— Ko‘rishajak kunimizga qadar alvido, — dedi Katta Shahzoda.
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27❤20❤🔥8🔥1
#parcha
Xafa boʻlma-yu...
— Badavlat oilaning farzandiman. Imkoniyatlarim ham cheksiz. Nimani istasam, muhayyo qilishadi. Sen mening oʻrnimda boʻlib qolishni istarmiding?
Alaz oʻylab ham oʻtirmay javob berdi:
— Yoʻq.
Jonsu birdan yigʻidan toʻxtadi. Alazga sinovchan boqdi:
— Rostdanmi?
— Rost.
— Sabab?
— Imkoniyat deb atayotgan narsalaring, aslida, seni juda ham faqirlashtirib qoʻygan. Natijada asl baxtni unutgansan! Xafa boʻlma-yu, xuddi akvariumdagi baliqqa oʻxshaysan. Tashqariga chiqa olmayapsan, chiqqaningda esa nafas ololmayapsan. Men esa hamisha mustaqil boʻlishni xohlayman. Sening akvariumingda yashay olmayman.
“Qalbimdasan, Allohim” kitobidan
©️photo by Qamar
✅ Bu asarni oʻqigan boʻlsangiz, izohlarda + qoldiring!

❤58❤🔥26👍12🔥4👏1
Sizningcha, Knut Hamsunning “Ochlik” asari qahramoni qanday shaxs?
Anonymous Poll
41%
O‘z hayotini o‘zi izdan chiqargan inson
21%
Jamiyat qurboni
16%
Psixologik muammolari bor shaxs
18%
Haddan tashqari mag‘rur odam
5%
Izohlarda aytaman
👏12🔥6🤔4❤3🎉3👌1
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mazkur kitob eng qorongʻi tunlarda ham soʻnmaydigan umid haqida. Uni yopib qoʻysangiz ham yuragingiz ochiq qolaveradi…
@qamarbooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤35🔥12👏5🤔2🙏2
Yuqoridagi romanlardan eng sevganingiz qaysi?
✅ Faqat bittasini tanlang!
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤32👍9🔥7🤩5🤔2
#parcha
Sizningcha, parchadagi holat nimaning ifodasi: g‘azabmi, alammi yoki ruhiy sindrom? 🤔
Mudhish manzaradan dahshatga tushdim. Tanam ulkan muz boʻlagiday tosh qotgan, negadir qimirlolmay qolgandim. Tuyqus Zineta opaga koʻzim tushdi: uning qop-qora sochlari birdan quv oqarib ketgan, qaygʻuning zoʻridan ogʻzi qiyshayib qolgandi. U aql bovar qilmas sovuqqonlik bilan bolalarining tanasidan uzilib anjir daraxtining shoxlariga yopishib qolgan parchalarni va qushlarning jonsiz vujudlarini birma-bir yigʻib, qora xaltaga solayotgandi.
— Hoy xotin, esdan ogʻib qoldingmi? — dedi yugurib kelgan bir ayol yigʻlab. — Oʻlgan qushlarni nega toʻplayapsan?
Zineta opa unga bir muddat maʼnosiz qarab turdi. Keyin qoʻlidagi bejon qushchani qora xaltaga soldi.
— Unaqa dema, — dedi koʻzlarini gʻalati qilib. — Anjir qushlari ham mening bolalarim...
“Yaralangan qush hamon uchmoqda” asaridan
TEZ KUNDA! 🔥

😢16❤10👍2🙏2🤔1