Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bilaman, hozir qiyin ahvoldadirsiz. Lekin menga ayting, kimga oson?

Yaratgan hammaga toqatiga yarasha sinov beradi, balki shu sinovlarda toblantirib, keyin Jannatga yetishtirar. Noshukur bo'lmang, taqdiringizga rozi bo'ling va tabassum qiling!

💬Telegram 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Puli bo'lmay qolsa erkakni... Bu holatni juda ko'p erkaklar tushunsa kerak-a?

💬Telegram 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu gaplar "To'ydan keyin ham muhabbat bo'lsin" audiokitobidan parcha edi!

Audiokitobdagi ba’zi muhim mavzular:

- Nimaga faqat er uchun ziynatlanish kerak?
- Ayolingni aldama
- Eringni ishdan qanday kutib olasan?
- Ayoling ayolligini his qilsin
- Nozik muammolarga oddiy yechim;
- Baxtli oilaning oddiy sirlari
- Feminist boʻlma

🎧To'liq shaklini eshitish uchun pastdagi havola orqali "Audiokitob hamjamiyati" ga obuna bo'ling!

💬Audiokitob hamjamiyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉Yangi audiokitob chiqdi!

“Barakaning sirlari” audiokitobi hayotingizga baraka va hotirjamlikni qanday jalb qilish haqida qimmatli maslahatlar beradi.

Ushbu audiokitob sizga quyidagilarni o‘rgatadi:

- Baraka nima va uni qanday jalb qilish
- Oddiy narsalarda baraka ko‘paytirishning sirlari
- Hotirjamlik va farovonlikka erishish yo‘llari
- Kundalik hayotda baraka saqlab qolish usullari

Bu audiokitobni hoziroq "Audiokitob hamjamiyati"ga obuna bo'lib eshitishingiz mumkin!

🎁1 kun obuna bo'lish BEPUL!
Bobomning uylarida boshqacha fayz va baraka borda. Har gal kelganimda yoshlikdagi beg'ubor xotiralar yodga tushaveradi...
Men instagramdan kuniga 25 daqiqadan ko'p foydalanmayapman. Asosiy ish faoliyatim instagram bilan bog’liq bo’lsa ham!

Sababini tushuntiraman. Instagram bu haqiqiy vaqt og`risi. Bu haqida post ham yozgandim. Oldinlari men o’zimni boshqara olaman, reels va keraksiz videolar ko’rmayman der edim. Lekin kun oxirida iphoneda «Экранное время» ni tekshirsam, instagram uchun 3-4 soat ketib qolgani ko’rinar edi. Bir oy uchun hisoblasam, qo’rqinchli raqamlar paydo bo’lishni boshladi. Nimadir qilish kerak edi…

Keyin esa ilovalar uchun kunlik limit o’rnatish mumkinligi haqida ma’lumot topib oldim. Limitni uzaytirish esa faqatgina o’rnatilgan parol bilan amalga oshiriladi. Kuniga 25 daqiqa instagram uchun limit o’rnatib, parolini ayolimga berib qo’ydim. Har qanday zarur vaqtda ham ular menga kodni aytmaydilar. Bordiyu talab qilaversam, yana 15 daqiqa foydalanishim uchun 100.000 so’m evaziga ochib beradilar, buni o’zim uchun jarima deb belgilab qo’ydim. Hozircha jarima to’laganim yo’q, pul qursin:)

Natija. Ishonasizmi? Fikrim ancha tiniqlashdi. Vaqtim sezilarli darajada ko’paydi. Ulgurmayman, qila olmayman degan ishlarimga ulgura boshladim. Shulardan biri blogimga shaxsiy fikrlarimni yozish edi. Buni ham mana sekin boshlab oldim. Asosiysi shaxsiy rivojlanish, to’g’ri uxlash va oilam uchun ham vaqt ajrata boshladim. Menga umuman aloqasi yo’q va zarracha foydasi tegmaydigan videokontentlarni ko’rishni butkul tashladim. 25 daqiqani instagramda 2 ta blogim va kontent yaratuvchi bo’lganim uchungina ajratdim. Agar shunchaki iste’molchi bo’lganimda 10 daqiqadan ko’p ajratmas edim.

Sizga ham maslahatim shu. Instagramga limit qo’ying! (Youtube va Facebookga ishingiz bo’lmasa umuman kirmang)

@ibratlivaqt
Umrim davomida eng tushunarsiz va mantiqsiz bo‘lgan ishlardan biri – o‘zbekning to‘yi.

Shuncha xarajat, isrofgarchilik, to‘y kunidagi tartibsizliklar, baqir-chaqir, karnay-surnay, va bular yetmagandek, millionlab pullarning sarflanishi! Ayniqsa, bu pullar Rossiyada qora mehnat orqali topilgan bo‘lsa, ikki karra ahmoqgarchilikdir!

To‘g‘risi, bu mavzuni qayta-qayta yoritib, propoganda qilishdan to‘xtamayman. Chunki qancha do‘stlarim va tanishlarim “to‘y qilish qimmat” degan sabab bilan uylanolmay yuribdi. Uyidagilari esa 10.000 dollar topmaguningcha to‘y haqida gapirma, deb qattiq talab qo‘yishgan. Achinarli holat-a?

Agar yaxshilab qarasak, aslida to'yni qiyinlashtiradigan va bid’atlarni o‘ylab topadiganlar asosan "ayollar". Ularning bu harakatlariga ko‘r-ko‘rona ergashayotganlar esa "erkaklar"!

Shuning uchun to‘y masalasida ikki tomon erkaklari kelishib, ayollarni bu jarayonga aralashtirmaslik kerak. Erkaklar o‘z oilasida boshqaruvchi sifatida o‘z rolini bajarishi kerak. Ayollar nozik xilqat, agar ularni to‘g‘ri yo‘naltirmasangiz, barcha bemanigarchiliklarni o'ylab topib, vaziyatni yanada murakkablashtirishadi. Alloh erkaklarni oilada bosh qilib yaratganini unutmaylik!

Shundagina to'ydagi tushunarsiz va mantiqsiz holatlar o'z yechimini topadi deb o'ylayman.

@ibratlivaqt
"Kelinlik toji, qalb kasalliklarining iloji" audiokitobiga kelgan izohlardan eng ta'sirlantirganini sizlarga ham ulshgim keldi.

"Kelinlik toji. Men bu asarni nomidan ayol qizlarga eslatmalar va tavsiyalar deb xulosa qilgan edim! Kitobning muqovasiga qarab baho berma degan so'zga yana bir bor iqror bo'ldim.

Nima dey, fikrlarim har yoqqa sochildi. Audiokitobni eshitar ekanman qayerga kelib qoldim deb ortimga qarashga majbur bo'ldim, qayerdaligimni bilay desam na xaritam bor, va na yo'ldoshim. Qayerga ketayotganimni hatto bilmay ketayotgan yo'lovchi kabi ketayotganimda to'xtatgan va bir tarsaki tushurgan kitob, hamon tarsakidan o'zimga kela olganimcha yo'q.

Huddi yoshligimda magazinga tuzga chiqib ko'chadagi bolalarga qo'shilib o'ynab qolib ketganim va onam meni kuta-kuta charchab ko'chadan kaltaklab uyga olib kelganlari esimga tushdi. Chunki u paytda ham qayerga ketayotganimni unutganimda onam esimni kirgizgan edi.

Qayerga ketayotganimni unutib dunyo matohlariga aldanib, yarim yo'lda qolganimda bu kitob qarshimdan chiqib xuddi onam kabi yo'limni qayta ko'rsatdi."

©️"Audiokitob hamjamiyati" obunachisi Biydar
Aslida, ushbu audiokitobga kelgan izohlar soni juda ko‘p. O‘zim bu kitobni ovozlashtirib, “Audiokitob hamjamiyati”ga taqdim qilganimda, hali obunachilar bunday turdagi audiokitobni eshitmaganliklarini aytib da’vo qilgan edim.

Endi esa, bu da’voyim o‘zini oqladi, deb o‘ylayman. Tinglovchilarga manfaatli bo'lsin...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nadomad payti oʻlim keladi

Eshitish oson, tushunish qiyin...

@ibratlivaqt
Nutqingizni rivojlantirishni xohlaysizmi?

Hayajonni yengish, ravon va chiroyli gapirish, omma oldida ishonchli chiqish qilishni o‘rganing! Ovoz va xarizmani rivojlantirish, tinglovchilarning e’tiborini jalb qilish sirlarini o‘zlashtiring.

Nutqni rivojlantirish bo‘yicha audioqo‘llanma – sizning yangi yo‘ldoshingiz! O‘z so‘zlaringiz bilan kuchliroq bo‘ling!

Bu audioqo'llanmani hoziroq "Audiokitob hamjamiyati"ga obuna bo'lib eshitishingiz mumkin!

🎁1 kun obuna bo'lish BEPUL!
3 ta savol.

O’zingizga berishingiz kerak bo’lgan va javobini topish uchun bir soat qorong’u xonada o’tirib, chuqur o’ylashingizni talab qiladigan uchta savolni qoldiraman:

1. Mening hayotimdagi eng katta maqsadim nima va bu maqsad qanchalik to’g’ri?

Bu savol sizni o‘z hayotingiz va maqsadlaringizni qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Har bir harakatingiz kim uchunligini anglaysiz.

2. O‘zimdagi eng kuchli zaiflik nima va bu zaiflikni yengish uchun qanday ichki kuchimdan foydalanishim mumkin?

Bu savol sizni o‘z nafsingizni tahlil qilishga va uni qanday yengish yo‘llarini izlashga majbur qiladi. O‘zingizni qanday qilib yanada kuchliroq qilishingizni chuqur o‘ylashga undaydi.

3. Agar bugun hayotimning oxirgi kuni bo‘lsa, qilgan amallarim va qoldirgan izim meni qoniqtiradimi?

Bu savol sizni hayotingizning har bir lahzasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Har bir amalingiz va qaroringiz Alloh oldidagi javobgarligingizni eslatib, chuqur tafakkurga undaydi.

O’ylayman-ki, o’zingiz bilan bo’lgan bu suhbat sizni boshqa odamga aylantiradi. Sinab ko’ring!

@ibratlivaqt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birovlarning xohishi uchun qurilgan kelajak siz uchun zindon boʻlishi mumkin...

P.s Bu gap bilan to’g’ri berilgan maslahatlarga quloq tutmang demoqchi emasman. Qadriyatlarimizga mos bo’lsa va atrofdagilar bu qarorni tushunmasa, unda ularni qarorlaringizga aralashtirmang.

@ibratlivaqt
Tashqi ko’rinish.

Tashqi ko’rinish ilk taassurot uchun juda muhim, lekin uzoq muddatli ta’sir uchun faqatgina go’zal tashqi ko’rinish yetarli emas.

Uzoq muddatli ta’sir va ishingizning muvaffaqiyati uchun avvalo nutqingizning chiroyli bo‘lishi va fikrlaringizni aniq, tiniq yetkazib bera olishingiz juda muhim. Agar bir fikrni to'g'ri yetkaza olmasangiz, tashqi ko’rinishingizning zo’rligi o’zingizga hech qanday foyda keltirmaydi.

Shunday ekan, nutqingizni rivojlantirish yo‘llarini o‘ylab ko‘ring. Bu har bir sohada muhim.

@ibratlivaqt
Besh soniya qadri.

Agar sizga bir yil ichida 360 million dollar egasi bo’lishingizni kafolatlasam va buning uchun har kuni atigi 5 soniya ma’lum bir ishga bag’ishlashingizni so’rasam, hech ikkilanmasdan har kuni uyg’ongan zahotingizda shu ishni qilardingiz.

Endi tasavvur qiling, kuniga 5 soniya ajratish orqali 1 yil ichida 360 million savobga ega bo’lishingizni dalillar bilan kafolatlasam-chi? Bu taklif, shubhasiz, faqatgina dunyo uchun yashamayotgan insonlarni qiziqtiradi.

10-noyabr kuni yangi audiokitobim chiqadi, va unda biz arzimas deb hisoblaydigan soniya va daqiqalar ichida millionlab savoblar qo’lga kiritish imkoniyatlari haqida so‘z boradi. Bu shunchaki so‘zlar emas, balki aniq dalil va kafolatlar bilan taqdim etiladi.

@ibratlivaqt
🎉Yangi audiokitob chiqdi

Hayotimizda bir daqiqa ichida tog‘dek savoblar olish imkoniyati borligini bilasizmi? Har kuni bandlik va shoshqaloqlik bilan o‘tadi, lekin shu daqiqalarda katta savoblarga erishish mumkin!

“Sanoqli daqiqalarda tog’day savoblar” audiokitobi bilan siz:

- Hayotning har soniyasini foydali o‘tkazish,
- 3, 5 yoki hatto 10 soniyada qanday katta savoblar olish,
- Yengil amallar ila, cheksiz mukofotlarga erishish usullarini o‘rganasiz.

Bu audiokitobni hoziroq "Audiokitob hamjamiyati"ga obuna bo'lib eshitishingiz mumkin!

🎁1-kun obuna bo'lish BEPUL!
2024/11/12 12:24:36
Back to Top
HTML Embed Code: