Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
33395 - Telegram Web
Telegram Web
3-dekabr — Mehr va e’tibor bayrami: “Mettle Kids” markaziga ezgu tashrif

👍 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Til va tarjima fakulteti hamda Institut Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Davlatobod tumanidagi “Mettle Kids” nogironligi bor bolalarni parvarishlash markaziga tashrif uyushtirildi.

Tashrifda fakultet tyutorlari va ko‘ngilli talabalar bolajonlar bilan dildan suhbatlashib, ular uchun quvonchli lahzalar ulashishdi. Bolalarning ko‘zidagi quvonch, ishonch va mehr — bu ularga ko‘rsatilgan e’tibor va e’tirofning eng yuksak ifodasidir.

Nogironligi bor insonlar — jamiyatning ajralmas qismi.
Ularning har bir muvaffaqiyati — matonat,
har bir intilishi — qat’iyat,
hayotga bo‘lgan har bir qadami esa — kuch va ilhom manbai.
Shu bois, ularga imkon yaratish, qo‘llab-quvvatlash, jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratish — barchamizning burchimiz.

Chunki imkoniyat bor joyda — iqtidor porlaydi,
Mehr berilgan jamiyatda esa inson qadri ulug‘lanadi.

Bugun emas — har kuni mehr, e’tibor va tushunishni ulashaylik!
Har bir inson baxtli yashashga loyiq!

👍 Axborot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting
Telegram| Instagram| Facebook| Youtube| Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥32🔥2🤩1😍1
Forwarded from Edu.uz
#Dayjest #3_dekabr
#Xalqaro_nogironlar_kuni

Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari tomonidan 3-dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan bir qator tashabbuslar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda hayriya aksiyalari tashkil etilmoqda

➡️Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi;

➡️O‘zbekiston Milliy universitetida imkoniyati cheklangan talabalar ishtirokida musobaqalar tashkil etildi;

➡️Termiz davlat pedagogika instituti talabalari tomonidan bir nechta oilalar holidan xabar olindi;

➡️Samarqanddagi ixtisoslashtirilgan texnikum o‘quvchilari Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurishdi;

➡️Jizzax davlat pedagogika universiteti tomonidan videorolik tasvirga olindi;

➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari maktab-internatiga tashrif buyurdi;

➡️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi;

➡️O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali professor-o‘qituvchilari hamda talabalari hayriya tadbirini o‘tkazdi;

➡️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari bo’lib o’tdi;

➡️Andijon davlat chet tillari instituti talabalari Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdi;

➡️Qarshi davlat universiteti talabalari kar va zaif eshitadigan bolalar uchun mo‘ljallangan maktab-internatiga bordi;

➡️Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi Buxoro shahar Bolalar muruvvat uyiga tashrif buyurdi;

➡️Andijon davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan “Ranglar ifori” nomli ijodiy ishlar ko‘rgazmasi hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi;

➡️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan talabalar o‘rtasida parasport yo‘nalishlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi;

➡️Termiz davlat universitetining yosh jurnalistlari “Meni ko‘zlarim ko‘rmaydi, menga universitetni tasvirlab bering” loyihasini tashkil etishdi;

➡️Buxoro davlat pedagogika instituti tomonidan hayriya tadbiri tashkil etildi;

➡️Namangan davlat texnika universiteti tashabbusi bilan “Mehrli qalblar” loyihasi doirasida hayriya tadbiri uyushtirildi;

➡️Urganch davlat universitetida Kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda universitet ma’muriyati hamrohligida tadbir o‘tkazildi;

➡️Namangan davlat pedagogika instituti talabalari “Nurli Maskan” maktab internatiga tashrif buyurishdi;

➡️Urganch davlat tibbiyot institutida talabalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi;

➡️Buxoro davlat universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi;

➡️Qarshi davlat texnika universiteti rektori nogironligi boʻlgan talabalar bilan uchrashdi, ular bilan dildan suhbat qildi;

➡️Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti talabalari Olmaliq shahar 80-maktab internatiga tashrif buyurdi;

➡️Olmaliq davlat texnika instituti mutasaddilari alohida e’tiborga muhtoj talabaning uyiga borishdi;

➡️Guliston davlat pedagogika institutida bayram tadbiri o’tkazildi;

➡️Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumga tashrif buyurdi;

➡️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talaba-yoshlari “Chuvama ayollar muruvvat uyi”ga tashrif buyurdi;

➡️Namangan davlat chet tillari instituti tashabbusi bilan “Mettle Kids” nogironligi bor bolalarni parvarishlash markaziga tashrif uyushtirildi;

➡️Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti vakillari ishtirokida yordamga muhtoj bolajonlarga mehr va e’tibor ulashildi;

➡️Qoʻqon davlat universitetida tadbirlar o‘tkazildi;

➡️O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi;

➡️Toshkent gumanitar fanlar universitetida ko’zi ojiz va nogiron talaba-yoshlar uchun sport musobaqalari tashkil etildi;

➡️Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida tadbir bo‘lib o‘tdi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Cheklov emas — Cheksizlik!

👍 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakulteti jamoasi mehr va e’tibor bilan 48-maktab internati o‘quvchilari bilan uchrashdi. Fakultet dekan o‘rinbosari Sh.Ne’matjonov boshchiligida tashrif buyurgan “Ibrat izdoshlari” volontyorlari, BT yetakchilari va koordinatorlar ushbu aziz bolalarga quvonch, iliqlik va samimiy tuyg‘ular ulashishdi.

Bu bolalar — kuchning, irodaning, hayotga bo‘lgan cheksiz muhabbatning timsoli. Ularning qalbidagi porloq umid, tabassumidagi yorug‘lik bizga hayotning asl qiymatini eslatadi.

Tadbir davomida raqs va qo‘shiqlar, jonli suhbat va qiziqarli o‘yinlar orqali ularning har bir lahzasi quvonchga to‘ldi, ko‘zlarida esa alohida ishonch jilvalandi.

Biz uchun muhim bo‘lgan bir haqiqat yana bir bor tasdiqlandi:
Nogironlik — holat, ammo insonning qadr-qimmati, orzu va salohiyatiga hech qachon mezon bo‘lolmaydi.

Ushbu tashrifning bosh maqsadi — ijtimoiy hayotda har bir bolaga munosib e’tibor, hurmat va teng imkoniyat yaratish, ularning jamiyatimizda alohida o‘ringa ega ekanini yana bir bor his qildirishdir.

👍 Axborot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting
Telegram| Instagram| Facebook| Youtube| Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥3🎉1
2025/12/07 14:38:47
Back to Top
HTML Embed Code: