Telegram Web
#Vatan_tayanchi

📍Qurolli Kuchlar muzeyi hududidagi “Vatanga qasamyod” yodgorligi yonida “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🤩 Agentlik tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan 8 ta: Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 160 nafar oʻquvchisi "Vatan tayanchi" bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

📆 Mazkur tadbirlar joriy yilning oktyabr oyi davomida barcha hududlarda markazlashgan holda amalga oshiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligining delegatsiyasi IB dasturi boʻyicha hamkorlik maqsadida Moskva shahridagi Letovo xalqaro maktabida boʻlib turgani haqida xabar berilgan edi.

Tashrifning ikkinchi kuni doirasida delegatsiya a’zolari Letovo xalqaro maktabi oʻqituvchilari uchun kasbiy rivojlanish dasturi hamda taʻlim-tarbiya jarayonida innovatsion yechimlar, raqamli qoʻllab-quvvatlash tizimi va "Letovo" diplom tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Letovo xalqaro maktabining bir qator rahbar xodimlari, jumladan akademik direktor oʻrinbosarlari, xalqaro bakalavriatning "MYP" hamda "DP" dasturlarining koordinatorlari va maktab maslahatchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Maktab kafedralari boʻyicha sayohat, fizika, matematika, axborot texnologiyalari hamda ingliz tili darslari kuzatildi.

Delegatsiyaning Rossiyaga safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meeting
#IT #community
#Shavkat
#Karimov #TOP

SHAVKAT KARIMOV BILAN UCHRASHUV


⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekistondagi IT COMMUNITY asoschisi Shavkat Karimov  tashrif buyurib, maktabimizning 9-11-sinf o'quvchilari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Sh.Karimov qiziqarli davra suhbatini olib bordi. Mehmon o'z nutqida O’zbekistonning IT sanoatini rivojlantirish, ITni butun mamlakat bo’ylab ommalashtirish, IT mahsulotlari va xizmatlari sifatini oshirish, tajriba va bilim almashishga ko’maklashish, ko’plab yuqori sifatli IT ta’lim dasturlarini taqdim etish, innovatsiyalarni rivojlantirish va innovatsiyalar orqali mamlakat aholising turmush darajasini oshirish haqida gapirib o'tdi.

🖥Shuningdek, IT community  borasida o'zining proektlari, 300dan oshiq  volontyorlari borligi, bu sohada erishgan qator  yutuqlari haqida ham so'zladi.

O'quvchilar bilan turli treninglar ham o'tkazildi.Yig'ilganlar o'z savollariga javob olishdi.🔥
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vatan #tayanchi

VATAN TAYANCHI

🇺🇿Bugungi kunda yoshlarimiz orasida vatanparvarlik tuyg'usini oshirish maqsadida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu yo’lda olib borilayotgan eng katta islohotlardan biri "Vatan tayanchi" harakati a'zolarining tashkil etilganligidir.

Kuni kecha Qurolli Kuchlar muzeyi hududidagi “Vatanga qasamyod” yodgorligi yonida “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi bo'ldi.
Mazkur tadbirda Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabining  "Vatan tayanchi" harakati a'zolari ham ishtirok etishdi.

O'quvchilarimiz O'zbekiston Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi rahbariyati tomonidan taqdim etilgan "Vatan tayanchi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/27 01:46:04
Back to Top
HTML Embed Code: