tgoop.com/idrisxodjayevaf/1163
Last Update:
To'ygacha va to'ydan keyin bo'ladigan nomahramlar bilan "Ishqiy" munosabatlar sulola karmasiga juda jiddiy tarzda salbiy taʼsir etadi!
So'ngi paytlarda inson nafsini "Bu seni o'zingiz!" deb o'rgatib, odamlarni nafsi istaklariga ko'ra yashashiga va nafsi lazzatlarini tuyushini bu sening ruhiy kamoloting deb ko'pchilikni poklanishga emas, aksincha kirlanishga majburlayotgan ta'limotlar ham paydo bo'lgan.
Karma bu his tuygʻularimiz sabab nozik tanamizga to'planadigan va tozalanishi kerak bo'lgan informatsiyalardir. Bu tuygʻular negativ bo'ladimi yoki nafsoniy lazzat bo'ladimi baribir karma yaratadi.
Odam (yigit, qiz) kimnidir (qarama qarshi jins vakilini) nafsoniy hirslariga ko'ra yoqtirsa va u bilan chuqur his tuygʻular darajasida munosabatlarda bo'lsa (hatto jinsiy aloqada bo'lmasa ham) bu o'sha odam bilan nozik darajadagi informatsiyalari oqimida birlashib ketishiga sabab bo'ladi. Ya'ni kim bilandir ishqiy munosabat bu o'sha odam karmasi va sizning karmangiz endi birlashib, uning ba'zi karmalari sizniki, sizning ba'zi karmalaringiz esa unikiga o'tganini anglatadi.
Bejizga Dinlarda nikohlanish marosimi mavjud emas. Nikoh bu juftingizni to'liq (faqat tanasini emas, ruhiy darjada ham) o'z yarmingiz sifatida qabul qilish va birgalikda poklanish uchun harakat qilishga ond ichishdir. Ya'ni siz endi uning shahsiy va sulolaviy karmasiga, o'z shahsiy va sulolaviy karmangizni birlashtirasiz va yangicha tarkibdagi oila ruhini yaratasiz! Keyinchalik esa, ushbu oila ruhiyatiga mos bo'lgan ruhlar sizning farzandingiz tanasida bu dunyoga kelishadi. Va o'ziga mos oila muhitida yashashni boshlaydi.
Agar oila qurgan yigit va qiz hozirgi juftidan avval ham kimlar bilandir ishqiy munosabatlarda bo'lgan bo'lsa, endi bu oila ruhiga o'sha o'tmishdagi "mashuq va mashuqalar" karmasi ham qo'shilib ketadi. Bu nafaqat o'tmishga balki to'ydan keyingi uchinchi shaxslar bilan his tuyg'ular darajasidagi munosabatlarda ham sodir bo'ladi. Bunday hiyonatlar ruhiy qatlamlardagi informatsiyaga tezda ta'sir etgani bois, oiladagi juft hiyonatni real aniqlamagan bo'lsa ham ruhiy darajada sezadi. Natijada oilalarda tushunarsiz kelishmovchiliklar sodir boʻla boshlaydi!
Xo'sh, agar hiyonatlar jinsiy aloqagacha borgan bo'lsachi?
Bir manbada o'qigandim: Aniqlanishicha bir erkakdan ajrashib, boshqa erkakka turmushga chiqqan ayol agar yangi eridan farzandli bo'lsa, o'sha yangi tug'ilgan bolaning genlarida ayolning avvalgi eri genlari ham mavjud bo'ladi ekan. Ya'ni ayol bir erkak bilan tanaviy jihatdan yaqinlik qila boshlasa, bu endi o'sha erkak bilan bir tanaga aylanib ketishini ko'rsatadi.
Endi o'ylab ko'ring, hozirgi ba'zi ta'limotlar inson nafsini bu sening erkinliging, kim bilan istasang o'sha bilan hirslaringdi qondir! deb Yevropani chiritgan ta'limotni bizning xalqimizga ham kiritishi ortida qanday kuchlar turibdi ekan?
Bu albatta shaytoniy ta'limotdir!
Shaytonning maqsadi shunday ta'limotlar asosida insonlar karmasini, va oilalarning ruhiy qudratini bulg'ash orqali, yangi keladigan avlodlarga ham karmik eng quyi darajadagi ruhlarni jalb qilish orqali, jamiyat ichida buzg'unchilik va faxshlarni yanada kengaytirishdir!
Agar bir avlod zinolar sabab dunyoga kelsa, undan keyingi avlod o'z jinsini qabul qilolmaydigan va faqat nafsiga qullik qilib yashash darajasiga tushib qolgan ong darajasida hayot kechirishni boshlaydi. Yevropani chiritayotgan "Havoranglar" ham bir necha avlod avval zinolarga ruhsot berilishi oqibatidir!
Shunday ekan, nafaqat o'z ruhiyatingizni balki avlodlaringiz, hamda butun millatni pok saqlash uchun nomahramlar bilan turli darajadagi zinolardan saqlaning. Ayniqsa allaqachon oilali bo'lsangiz. Agar oila qurmagan bo'lsangiz lekin kimlar bilanidir ishqiy munosabatlarda bo'lgan bo'lsangiz. Sulolangizni pok saqlash uchun faqat o'sha bilan butun umr qolishga, ya'ni nikohlanishga harakat qiling.
*Shaytoniy ta'limotlardan ongingizni va oilangizni saqlang!
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY Feruzka.com
Share with your friend now:
tgoop.com/idrisxodjayevaf/1163