Telegram Web
Forwarded from Samarqand TVR | MTRK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_kontent

🇺🇿 Bayroq – G’urur va Mustaqillik Ramzi 🇺🇿

🔰Bizning bayrog'imiz beqiyos bir merosdir. U har birimiz uchun nafaqat ranglar va naqshlardan iborat, balki tariximiz, madaniyatimiz va milliy g'ururimizni ifodalaydi.

Keling, bayrog'imizni ulug'laymiz, uning tarixi va ma'nosini har doim yodda saqlaymiz. Har birimiz bayrog'imiz ostida birlashib, kelgusi avlodlarimizga mustaqillik va qadr-qimmatni meros qilib qoldiraylik!

📌TATU Samarqand filial talaba-yoshlari 18 noyabr bayrog'imiz faxrimiz nomli video lavhasini taqdim qilib qolamiz!

🌐TATU Samarqand filiali axborot xizmati

@SamTvr
Forwarded from Samarqand TVR | MTRK
📌J A R A Y O N

👉Ayni vaqtda Samarqand shahri hokimligi ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyati hokimining 2024-yil 11-noyabrdagi 730/01-26-sonli “Samarqand shahridagi aniqlangan kamchiliklar” haqidagi xatida berilgan topshiriqqa asosan Dahbed ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishmasida tadbirkorlar tomonidan piyodalar yo‘laklariga noqonuniy qo‘yilgan tashqi reklama vositalarini o‘rganish ishlari bo‘yicha reyd tadbirlari olib borildi.

⏺️O‘rganish natijalariga ko‘ra 90 ga yaqin “Davlat tili haqida”gi Qonun va "Reklama to'g'risida"gi Qonun talablariga mos kelmagan hamda yo‘lning qatnov qismiga, pyodalar yo‘lagiga, gazonlar ustiga noqonuniy o‘rnatib olgan tashqi reklama vositalari bartaraf etildi.
Bu kabi reyd tadbirlar boshqa ko‘chalarda ham davom etadi.

⏺️Tadbirkorlar qonun talablariga rioya etishlari to‘g‘risida ogohlantirildi.

Norbek Alqarov,
Samarqand shahar hokimining maslahatchisi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmning Ichan qal’asi Buxoroning Arki uzra mag’rur hilpiragan bayrog‘imiz Samarqandning Registoniga ulug‘vorlik bilan yetib keldi.

Bayrog‘imizda o‘tmishimiz qudrati, bugunimiz sharafi, ertamiz umidi bor!

U doim Vatan uzra baland hilpirayversin!

Vatan bayrog'i ertaga Jizzax shahrida mehmon bo'ladi.

Mazkur bayroq 18 noyabr kuni poytaxtimizga yetib keladi.

@Samarqand_live
Forwarded from Samarqand TVR | MTRK
📌Reyd tadbirlari davom etadi

👉Shahar hokimligining ishchi guruhi 16-noyabr kuni navbatdagi o‘rganish ishlarini Mstafo Kamol Otaturk, Universitet xiyoboni ko‘chalari va Dari Zanjir mahallasida olib borildi.

⏺️O‘rganish natijalariga ko‘ra 100 ga yaqin “Davlat tili haqida”gi Qonun va "Reklama to'g'risida"gi Qonun talablariga mos kelmagan hamda yo‘lning qatnov qismiga, pyodalar yo‘lagiga, hostel va mehmonxona egalari tomonidan o‘z reklamalarini gaz turbalariga, simyog‘ochlarga, ko‘cha yoritgichlariga, devorlarga noqonuniy o‘rnatib olgan tashqi reklama vositalari bartaraf etildi.

⏺️Tadbirkorlar qonun talablariga rioya etishlari to‘g‘risida ogohlantirildi.

Norbek Alqarov,
Samarqand shahar hokimining maslahatchisi.


https://www.tgoop.com/SamTvr
2025/07/13 10:44:38
Back to Top
HTML Embed Code: