Telegram Web
Forwarded from Zarnews.uz
Ҳукумат қарори ижросида сусткашликка йўл қўйган раҳбарлар огоҳлантирилди

Бугун вилоятдаги бошқарма ва ташкилотларда давлат тилида ва лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосида иш юритиляптими?

———

Hukumat qarori ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar ogohlantirildi

Bugun viloyatdagi boshqarma va tashkilotlarda davlat tilida va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritilyaptimi?

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/6fvv

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
💐 Bugun tug‘ilgan kun Jahongir Shirov 💐

💐 5-yanvar Kattaqo'rg'on shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jahongir Shirov tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Jahongir Shirovni shahar va tumanlar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐 Kattaqo'rg'on shahrida davlat tilining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Jahongir Shirovga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Forwarded from Zarnews.uz
Zarafshon gazetasi №5.pdf
896.7 KB
"Zarafshon" gazetasining 2025-yil 14-yanvar kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Bugungi sonda:


- Tinchlik uchun kurashmoq - sharaf;

- Dasturlar haqida nega maʼlumot berilmaydi? Tuman va shahar hokimliklari masʼullari hamda matbuot kotiblari eʼtiboriga!

- "Zamin darg‘asi" yoxud bir asar tarixi;

- Lotin yozuviga asoslangan alifbbo toʻliq joriy qilinishi uchun aniq muddat berilgan;

- Qurʼonni besh nusxada koʻchirgan xattot.

Shuningdek, unda “Zarafshon” muxbirlari tayyorlagan yangiliklar va maqolalar chop etilgan.

Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.
Forwarded from O‘zbekcha gapiramiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#davlat_tilida_ish_yuritish

Davlat tilida ish yuritish qoidalarini o‘rgatishga qaratilgan navbatdagi 4-video qo‘llanma bu – bayonnoma haqida.

Qanday hujjat yozmang, unda sizning savodxonligingiz va salohiyatingiz aks etishini unutmang! O‘zbek tilida bexato va uslubiy jihatdan to‘g‘ri yozishga harakat qiling!

1-video qo‘llanma. Asosiy faoliyatga oid buyruq tayyorlash qoidalari haqida edi.
2-video qo‘llanma. Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid buyruq
3-videoqo‘llanma. Ariza

https://www.tgoop.com/ozbekcha_gapiramiz
👉 Viloyat hokimligi apparat xodimlari “Biz – buyuk ma’naviyat egasimiz” mavzusida diktant yozishdi.

🔰 Avval xabar berganimizdek, muntazam ravishda tashkil etilib kelinayotgan “Iqtisodiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy” o‘quv soatining navbatdagisi joriy yilning 17-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi.
🔵 Har o‘quv soatida apparat xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalaridan yetakchi professor-o‘qituvchilar jalb etilib kelinmoqda.
🟢 Navbatdagi o‘quv soatining ikkinchi qismida hokimlik apparat xodimlarining imlo savodxonligini yanada mustahkamlash uchun diktant olindi.

Sherali Temirov,
Viloyat hokimining maslahatchisi

https://www.tgoop.com/SamTvr
#Ayni_damda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida tuman hokimligida muhokama o‘tkazilmoqda.


Yig‘ilishda tumandagi barcha korxona va tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Davlat tilini muhofaza qilish va uning o‘z vaqtida, to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:

- Ish jarayonida qo‘llanilayotgan atamalarning adabiy til me’yorlariga muvofiqligi va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritilishining doimiy nazoratda bo‘lishi;

- Qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, shu jumladan buyruqlar, farmoyishlar, muhrlar, tamg‘alar va rasmiy blanklarning davlat tilida qabul qilinishi va e’lon qilinishi;

- Ish hujjatlarining, jumladan statistika va moliya hujjatlari, davlat tilida yuritilishi;

- Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar, yo‘riqnomalar va ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlarining davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida rasmiylashtirilishi va e’lon qilinishi;

- Joriy yilning 1 iyuliga qadar barcha xodimlarni davlat tilida ish yuritish asoslariga o‘rgatish, hamda malaka oshirish markazining Samarqand viloyatidagi hududiy bo‘linmasida malaka oshirish tadbirlarini o‘tkazish.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
💐 Bugun tug‘ilgan kun 💐

💐 19-yanvar Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Asqar Qurbonov tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Asqar Toyirovichga viloyat hokimligi, qolaversa, shahar va tumanlar hokimlarining maslahatchilari nomidan muborakbod etamiz.
💐 2022-yil "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" shiori ostida o'tkazilgan Respublika ko'rik-tanlovining "Eng namunali hudud" nominatsiyasida Jomboy tumani faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritgan edi. Bunda Asqar Toyirovichning xizmatlari katta.
💐 Tumanda davlat tilining rivoji uchun olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Asqar Toyirovichga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Sh.Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Davlat tili va reklama tartiblariga rioya qilish barchamizning vazifamiz!

Ishtixon tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-37 avtomobil yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Natijada:

- Belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan;

- Davlat tilida bo‘lmagan;

- Shaharsozlik qoidalariga zid tashqi reklama vositalari aniqlanib, bartaraf etildi.

Hurmatli tadbirkorlar!

Reklama va axborotni joylashtirish qoidalarini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima belgilangan.

Qonun talablariga rioya qilgan holda faoliyatingizni davom ettirishingizni so‘raymiz.

O.Tojixonov,
Ishtixon tuman hokimining maslahatchisi.

@ishtixonovozi 🌐Instagram
Facebook 📹Youtube
🌐Sayt
2025/07/13 11:25:16
Back to Top
HTML Embed Code: