Telegram Web
#Oʻrganish

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shrabot tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Q.Arziqulov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari J.Usarov hamkorligida savdo majmualari, umumiy ovqatlanish joylari, xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga tartibsiz, ruxsatsiz o‘rnatilgan, “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar talablariga to‘g‘ri kelmagan tashqi reklama vositalari tartibga keltirildi.

Tashqi reklama vositalarida yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tuzatish bo‘yicha  xizmat ko‘rsatish ob’ektlari va do‘kon egalariga tushuntirish ishlari olib borildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga ulanish:
TELEGRAM|FACEBOOK|INSTAGRAM|YOUTUBE
Forwarded from PAYARIQ TUMANI HOKIMLIGI (Alimardon)
Tuman hokimligi ishchi guruhi Xolqabod mahallasida reklama hamda davlat tilida ish yuritish qonunchiligi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

Hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan muloqot davomida “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelmagan hamda yo‘lning qatnov qismiga, piyodalar yo‘lagiga, simyog‘och va daraxtlarga noqonuniy o‘rnatilgan vositalar olib tashlandi.

Tushuntirish ishlariga qaramay noqonuniy reklama o‘rnatish, moliyaviy sanksiya (jarima) qoʻllanilishiga asos bo‘lishi haqida ogohlantirish berildi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
📱Telegram   📱Instagram
📱Facebook 🌍Veb-Sayt
Forwarded from Samarqand TVR | MTRK
📌jarayon

👉Joriy yilning 11-mart kuni Shahar hokimligining ishchi guruhi o‘rganish ishlarini Shohizinda ko‘chasida olib bordi.

Ijtimoiy tarmoqlarda: “Xitoyliklar Samarqandga ham kirib keldi” sarlavhali video rolikda reklamasi nimaga xitoy tilida, o’zbek tilida emas degan haqli e’trozlariga asosan hamda 60 ga yaqin “Davlat tili haqida”gi Qonun va "Reklama to'g'risida"gi Qonun talablariga mos kelmagan reklamalarni devorlarga noqonuniy o‘rnatib olgan tashqi reklama vositalari bartaraf etildi.

Tadbirkorlar qonun talablariga rioya etishlari to‘g‘risida ogohlantirildi.

Norbek Alqarov,
Samarqand shahar hokimining maslahatchisi.


https://www.tgoop.com/SamTvr
2025/07/14 03:25:46
Back to Top
HTML Embed Code: