Telegram Web
#bilasizmi

📌Joylarning nomlanish tarixini bilasizmi?

JOBUTOY
– Qo‘shrabot tumanidagi qishloq. Bu qishloq “Yuqori Saroy” MFYda joylashgan. Bu mikrotoponim jobu va toy qismlardan iborat. Jobu (yobu) ham, toy (toy baday) ham urugʻ nomlari qatoriga kiradi. Shunga koʻra bu etnomikrotoponimni jobu va toy urugʻi vakillari tomonidan barpo etilgan yashash maskani, qishloq deb izohlanadi.

📝Manba: Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉
https://www.tgoop.com/qushrabottumanhokimligi
📌Qonun ijrosi ta’minlanmoqda

Bugun Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi hamda tuman hokimligi bilan birgalikda tartibsiz, o‘zboshimchalik bilan, “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga amal qilinmasdan joylashtirilgan tashqi reklama vositalari o‘rganib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi (reklama joyining pasporti – reklamani o‘rnatish huquqini tasdiqlashi)ga va 6-moddasi (davlat tilida yozilishi va tarqatilishi)ga ko‘ra Qonun talablarining buzulganligi bo‘yicha ushbu qonunning 47-moddasiga asosan reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantiriladi.

🔈Hurmatli tadbirkorlar!

🔵 O‘z mahsulotlaringizni targ‘ib etishda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga amal qilishlaringizni qat’iy so‘rab qolamiz.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati
🇺🇿 Hokimlik xodimlari “Ommaviy diktant” savodxonlik aksiyasida ishtirok etdi

🔵 Joriy yilning 23-may kuni jamiyatning turli qatlamlarida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Samarqand viloyati hokimligi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi hamkorligida “Ommaviy diktant” savodxonlik aksiyasi o‘tkazildi.
🟢 Unda apparat xodimlari diktant yozib, aksiya yakunida yuqori natijalarga erishgan xodimlarga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sherali Temirov,
Viloyat hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Forwarded from Bulung'ur.uz
⚡️Qonunlar ijrosi bilan go'zal

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi hamda tuman hokimligi xodimlari tomonidan tartibsiz, o‘zboshimchalik bilan, “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga amal qilinmasdan joylashtirilgan tashqi reklama vositalari o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi (reklama joyining pasporti – reklamani o‘rnatish huquqini tasdiqlashi)ga va 6-moddasi (davlat tilida yozilishi va tarqatilishi)ga ko‘ra Qonun talablarining buzilganligi holatlari yuzasidan tadbirkorlik subyektlari ushbu qonunning 47-moddasiga asosan reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantiriladi.

❗️Hurmatli tadbirkorlar!

O‘z mahsulotlaringizni targ‘ib etishda belgilangan normlarga qat'iy amal qilishlaringizni so‘rab qolamiz.

Ulaning va ulashing:
Web-sayt •  Facebook •  Telegram •  Twitter •  YouTube •  Instagram
2025/07/14 03:12:21
Back to Top
HTML Embed Code: