Telegram Web
👉 Tadbirkor ham zamon bilan hamnafas bo‘lmog‘i lozim

🔰 Xalqaro magistral yo‘lining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidan o‘tgan qismida ma’nan eskirgan, yaroqlilik muddati o‘tgan, o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari mas’ullar tomonidan bartaraf etilmoqda.

Nargiza Shodiyeva,
Paxtachi tumani hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkor ham zamon bilan hamnafas bo‘lmog‘i lozim

Xalqaro magistral yo‘lining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidan o‘tgan qismida ma’nan eskirgan, yaroqlilik muddati o‘tgan, o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari mas’ullar tomonidan bartaraf etilmoqda.

Nargiza Shodiyeva
Tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish, Davlat tili to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi


Biz👉 http://myurls.co/paxtachi
#Bugun

2-iyul – O‘zbekiston fuqarolari uchun qadrli va unutilmas kunlardan biri: bundan 33 yil muqaddam ayni shu kunda "O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi
.

Qonunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | 2-iyul – davlat gerbi qabul qilingan kun
#2july

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
🔈 Qishlog‘ingiz nega shunday atalishini bilasizmi?

    👉 BAXSHITEPA – Samarqand viloyati Toyloq tumanida qishloq va mahalla nomi. V.V.Bartoldning fikricha, baxshi sanskritcha bxikshu – “sufizm darveshi”.
    🔰 Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida baxshi – “kotib, mansabdor shaxs” ma’nolarini ifodalagan. 1920-yili Kalkuttada nashr qilingan Chig‘atoy lug‘atida baxshi so‘zi “noib, tabib, nozir, ovchi” sifatida tushuntirilgan (Л.Будагов. Сравнительный словарь, т. I. – С.245).
    🔷 Buxoro xonligida kirim-chiqim resurslari bilan shug‘ullanuvchi, mamlakat qurilishi uchun mablag‘ ajratuvchi baxshi deb atalgan.
    🔶 Hozirgi o‘zbek tilida baxshi: 1) to‘quvchi; 2) ruhoniy, sehrgar.
    🟢 Qo‘ng‘irot qabilasining bir qismi baxshi deb atalgan (Б.Х.Кармышева. Очерки этнической истории. – С.93).

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
💐 Bugun tug‘ilgan kun Manuchexr Murtazoqulov 💐

💐 7-iyul Samarqand tumani hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Manuchexr Murtazoqulov tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Manuchexr Murtazoqulovni viloyat va tumanlar hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐 Tumanda davlat tilining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Manuchexr Murtazoqulovga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Sherali Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
📌Til - millat ko‘zgusi

Tuman axborot-kutubxona markazida “Til - millat ko‘zgusi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi maslahatchisi, xalqaro “Oltin me’ros” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi rahbari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limasi, tuman axborot-kutubxona markazi, “Xalq banki” xodimlari, “Umid” ijodkorlar klubi a’zolari va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda o‘zbek tili tarixi va “Davlat tili haqida”gi qonunning ahamiyati haqida so‘z bordi.
So‘zga chiqqanlar o‘zbek tilini rivojlantirish borasida olib borilayogan ishlar va kelgusida amalaga oshirilishi muhim vazifalar to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Asqarbek Qurbonov
Tuman hokimining maslahatchisi.


Ulaning va ulashing:
🌐
Veb-sayt |Facebook |
Telegram |🌐Instagram
🏷 Kattaqo‘rg‘on tumanida tashqi reklama va peshlavhalar davlat tiliga moslashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli tashqi reklama va peshlavhalar o‘rganildi.

🔍 Charog‘on va Mirzo Ulug‘bek mahallalarida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganilib, qonun talablariga rioya etmagan YATTlarga tegishli reklamalar va peshlavhalar bartaraf etildi.

🔧 Tuman hududidan o‘tuvchi Balandravot, Polvontepa, Qoradaryo, Zarqo‘rg‘on, Navbahor, Olmazor, Alijon va Uyshun mahallalarida qonunga zid tashqi axborot vositalari demontaj qilindi.

📌 Ushbu choralar davlat tilining nufuzini oshirish, vizual axborotlarni qonuniy talablarga muvofiq tarzda joylashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
2025/07/12 23:31:01
Back to Top
HTML Embed Code: