Telegram Web
🔈 Qishlog‘ingiz nega shunday atalishini bilasizmi?

    👉 BAXSHITEPA – Samarqand viloyati Toyloq tumanida qishloq va mahalla nomi. V.V.Bartoldning fikricha, baxshi sanskritcha bxikshu – “sufizm darveshi”.
    🔰 Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida baxshi – “kotib, mansabdor shaxs” ma’nolarini ifodalagan. 1920-yili Kalkuttada nashr qilingan Chig‘atoy lug‘atida baxshi so‘zi “noib, tabib, nozir, ovchi” sifatida tushuntirilgan (Л.Будагов. Сравнительный словарь, т. I. – С.245).
    🔷 Buxoro xonligida kirim-chiqim resurslari bilan shug‘ullanuvchi, mamlakat qurilishi uchun mablag‘ ajratuvchi baxshi deb atalgan.
    🔶 Hozirgi o‘zbek tilida baxshi: 1) to‘quvchi; 2) ruhoniy, sehrgar.
    🟢 Qo‘ng‘irot qabilasining bir qismi baxshi deb atalgan (Б.Х.Кармышева. Очерки этнической истории. – С.93).

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
💐 Bugun tug‘ilgan kun Manuchexr Murtazoqulov 💐

💐 7-iyul Samarqand tumani hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Manuchexr Murtazoqulov tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Manuchexr Murtazoqulovni viloyat va tumanlar hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐 Tumanda davlat tilining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Manuchexr Murtazoqulovga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Sherali Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
📌Til - millat ko‘zgusi

Tuman axborot-kutubxona markazida “Til - millat ko‘zgusi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi maslahatchisi, xalqaro “Oltin me’ros” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi rahbari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limasi, tuman axborot-kutubxona markazi, “Xalq banki” xodimlari, “Umid” ijodkorlar klubi a’zolari va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda o‘zbek tili tarixi va “Davlat tili haqida”gi qonunning ahamiyati haqida so‘z bordi.
So‘zga chiqqanlar o‘zbek tilini rivojlantirish borasida olib borilayogan ishlar va kelgusida amalaga oshirilishi muhim vazifalar to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Asqarbek Qurbonov
Tuman hokimining maslahatchisi.


Ulaning va ulashing:
🌐
Veb-sayt |Facebook |
Telegram |🌐Instagram
🏷 Kattaqo‘rg‘on tumanida tashqi reklama va peshlavhalar davlat tiliga moslashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli tashqi reklama va peshlavhalar o‘rganildi.

🔍 Charog‘on va Mirzo Ulug‘bek mahallalarida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganilib, qonun talablariga rioya etmagan YATTlarga tegishli reklamalar va peshlavhalar bartaraf etildi.

🔧 Tuman hududidan o‘tuvchi Balandravot, Polvontepa, Qoradaryo, Zarqo‘rg‘on, Navbahor, Olmazor, Alijon va Uyshun mahallalarida qonunga zid tashqi axborot vositalari demontaj qilindi.

📌 Ushbu choralar davlat tilining nufuzini oshirish, vizual axborotlarni qonuniy talablarga muvofiq tarzda joylashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
📌 Geografik obyektlarga nom berishda aholi fikri inobatga olinadi

Viloyat ishchi guruhi Jomboy va Bulung‘ur tumanlarida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash jarayonini o‘rgandi. Jarayonda, mahalla va ko‘chalarning nomlanishi, raqamlash holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonun talablari yuzasidan mahalla faollari va aholi vakillariga tushunchalar berildi. Shuningdek, geografik obyektlarga nom berishda hudud aholisi fikri asosiy mezon bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Ulaning va ulashing:
🌐Veb-sayt |Facebook |
Telegram |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ishtixon tuman hokimligi
#Bugun

Ishtixon tumanida davlat tilida ish yuritish sohasini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi qadam


✔️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga muvofiq, davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Samarqand viloyatida tashkil etilgan.

✍️Ushbu markaz davlat tashkilotlari xodimlarini davlat tilida ish yuritish sohasida o‘qitish va ularning malakasini oshirishga qaratilgan.

👨‍💼Mazkur yo‘nalishda Ishtixon tumani hokimligi ham faol ishtirok etib, xodimlarning ro‘yxatini shakllantirish ishlarini amalga oshirmoqda.


Bu tashabbus davlat tilining rivojlanishi va ish yuritishda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MILITSIYA UZB | Расмий канал
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Тўғрисини айтганда, гапларида жон бор. вазият яхшиланди - тартибсиз рекламалар олиб ташланди ва кўчаларда «визуальный шум» йўқолди. Ишласа, натижа бўларкан 👏🏽👇🏽

@Militsiya_Uzb👈🏽
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/10 21:32:16
Back to Top
HTML Embed Code: