Telegram Web
Forwarded from Samarqand TVR | MTRK
Tadbirkor ham qonunga amal qilishi kerak

Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahrida tashqi reklamalarni tartibga keltirish bo‘yicha muntazam reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari joriy yilning 15-may kuni shaharning Rudakiy, Afrosiyob,Toshken, Shobod, S.Ayniy ko‘chalarida olib borildi.

“Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga amal qilmasdan, belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari Ishchi guruh tomonidan joyida bartaraf etildi.

Shu o‘rinda hurmatli tadbirkorlardan tashqi reklama vositalarini joylashtirishda qonun talablariga amal qilishlarini so‘raymiz!

Norbek ALQAROV,
Samarqand shahar hokimining maslahatchisi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
B R I F I N G

Tuman hokimining maslahatchisi Elbek Murodullayev tashqi reklamalarni tartibga solish toʻgʻrisida…

@urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zarnews.uz
#Қишлоғингиз_тарихини_биласизми?
Улус - қишлоқ, вилоят, мамлакат маъносини билдиради

Улус – Нуробод туманидаги қишлоқ.

Улус сўзининг халқ, юрт маънолари бор. Маъносидан қатъи назар, қанжиғали ва қўштамғали уруғларининг бир бўлими, даҳаси улус деб аталган.
Хон ёки унинг хонадонига тегишли қишлоқ, мулк улус деб аталган. Бу сўз қадимги туркий тилда қишлоқ, вилоят, мамлакат маъносида бўлган. Ҳозирги туркий тилларда улус «қабила, халқ», мўғул тилида «давлат» маъносида қўлланилади.

———-

#Qishlogʻingiz_tarixini_bilasizmi?
Ulus - qishloq, viloyat, mamlakat maʼnosini bildiradi

Ulus – Nurobod tumanidagi qishloq.

Ulus soʻzining xalq, yurt maʼnolari bor. Maʼnosidan qatʼi nazar, qanjigʻali va qoʻshtamgʻali urugʻlarining bir boʻlimi, dahasi ulus deb atalgan.
Xon yoki uning xonadoniga tegishli qishloq, mulk ulus deb atalgan. Bu soʻz qadimgi turkiy tilda qishloq, viloyat, mamlakat maʼnosida boʻlgan. Hozirgi turkiy tillarda ulus “qabila, xalq”, moʻgʻul tilida “davlat” maʼnosida qoʻllaniladi.

@Zarnews_uz
Forwarded from Samarqand TVR | MTRK
🔔 Jarayon

👉Ishchi guruhning navbatdagi o‘rganish ishlari joriy yilning 22-may kuni Gulobod ko‘chasida olib bordi.
🔷 O‘rganish natijasida o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan, “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelmagan 60 dan ortiq targ‘ibot vositalari Ishchi guruhi tomonidan joyida bartaraf etilib, tadbirkorlik subyektlariga tegishli ogohlantirishlar berildi.
🔈 Hurmatli tadbirkorlar, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasi 4-bandiga asosan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik uchqun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravar miqdorda jarimaga tortilishingiz haqida ogohlantiradi. Targ‘ibot vositalari va reklamalarni joylashtirishda qonun talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.

Norbek Alkarov
Samarqand shahar hokimining maslahatchisi


https://www.tgoop.com/SamTvr
Forwarded from Zarnews.uz
#Қишлоғингиз_тарихини_биласизми?
Сабалоқ - қимиз солинадиган меш


Шу номдаги қишлоқ Булунғур ва Жомбой туманларида бор.


———-

#Qishlogʻingiz_tarixini_bilasizmi?
Sabaloq - qimiz solinadigan mesh

Shu nomdagi qishloq Bulungʻur va Jomboy tumanlarida bor.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/2uza

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
👉 Ortiqcha reklama joylashtirish tadbirkorga nima foyda keltiradi.

🔵 Ayni paytda Samarqand shahri Motrid ko‘chasida davlat tili hamda reklama berish qoidalariga mos kelmagan, belgilanmagan, ruxsat etilmagan joylarga o'rnatilgan, tegishli hujjatlarsiz joylashtirilgan tashqi reklama vositalari Ishchi guruh tomonidan bartaraf etilmoqda.

🔴 P/s. Hurmatli tadbirkorlar, ortiqcha sarf-xarajat qilib, o‘zingizni urintirmang. Zero, qonunni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Bu kabi o‘rganishlar muntazam olib borilayorganligini eslatib o‘tamiz.


Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
💐 Bugun tug‘ilgan kun Elbek Murodullayev 💐

💐 30-may Samarqand viloyati Urgut tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Murodullayev Elbek Izzatillo o‘g‘li tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Elbek Murodullayevni viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐 Tumanda davlat tilining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Elbek Murodullayevga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Keyingi faoliyatida ulkan zafarlar yor bo'lsin.

Sherali Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori.


Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
2025/07/13 15:24:25
Back to Top
HTML Embed Code: