Telegram Web
Forwarded from Samarqand TVR | MTRK
🇺🇿 18-noyabr – Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

💐 Shu munosabat bilan joriy yilning 11-noyabr kuni Samarqand viloyati Milliy gvardiyasi boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🟢 Tadbirda viloyat hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sherali Temirov ishtirok etib, tadbir qatnashchilariga “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirib berdi.
👉 Sof o'zbek adabiy tilida gaplashamiz!

1) ujen emas, kechgi ovqat,
2) student emas, talaba,
3) zavtrak emas, nonushta,
4) malades emas, barakalla,
5) xolodilnik emas, muzlatkich,
6) makiyaj emas, pardoz-andoz,
7) zakaz emas, buyurtma,
8) srazi emas, darhol,
9) kanikul emas, ta'til,
10) skameka emas, o'rindiq.

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin.
"Davlat tili haqida"gi Qonunning qaysi moddasiga tegishli?
Anonymous Quiz
32%
17-moddasiga
25%
18-moddasiga
16%
19-moddasiga
26%
20-moddasiga
Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
👉 Boshqarmalarda davlat tilida ish yuritish hujjatlarining holati qanday?

🔰 Joriy yilning 13-noyabridan boshlab Samarqand viloyatidagi boshqarmalarda davlat tilida ish yuritish hujjatlarining holati, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish borasidagi ishlari viloyat hokimligi Ishchi guruhi tomonidan tahlil etilmoqda.
🔵 Xodimlarning imlo savodxonligi yuzasidan diktantlar olinmoqda.
🟢 Xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan boshqarmalar mas’ullariga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rilmoqda.

Sherali Temirov,
Viloyat hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Forwarded from Samarqand TVR | MTRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KUN XABARLARI | 18-NOYABR – O‘ZBEKISTON REPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN


13.11.2024-YIL

#samarqandmtrk

@SamTVR
👉 O‘rganish ishlari davom etmoqda

🔵 Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 13-noyabridan boshlab Samarqand viloyatidagi boshqarmalarda davlat tilida ish yuritish hujjatlarining holati, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish borasidagi ishlari viloyat hokimligi Ishchi guruhi tomonidan tahlil etilmoqda. Xodimlarning imlo savodxonligi yuzasidan diktantlar olinmoqda.
🟢 Navbatdagi o‘rganish ishlari “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minotida bo‘lib o‘tdi.
Jarayonlar davom etmoqda.

Sherali Temirov,
Viloyat hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Forwarded from Samarqand TVR | MTRK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_kontent

🇺🇿 Bayroq – G’urur va Mustaqillik Ramzi 🇺🇿

🔰Bizning bayrog'imiz beqiyos bir merosdir. U har birimiz uchun nafaqat ranglar va naqshlardan iborat, balki tariximiz, madaniyatimiz va milliy g'ururimizni ifodalaydi.

Keling, bayrog'imizni ulug'laymiz, uning tarixi va ma'nosini har doim yodda saqlaymiz. Har birimiz bayrog'imiz ostida birlashib, kelgusi avlodlarimizga mustaqillik va qadr-qimmatni meros qilib qoldiraylik!

📌TATU Samarqand filial talaba-yoshlari 18 noyabr bayrog'imiz faxrimiz nomli video lavhasini taqdim qilib qolamiz!

🌐TATU Samarqand filiali axborot xizmati

@SamTvr
2025/07/12 00:33:34
Back to Top
HTML Embed Code: