Telegram Web
Forwarded from Zarnews.uz
Вилоят ҳокимлигида давлат хизматчилари учун сиёсий-маърифат ўқув соати бўлиб ўтди.

Вилоят ҳокимлиги аппарати ходимлари иштирок этган ўқув соатида Президентимизнинг жорий йилнинг 18-20 ноябрь кунлари Олий Мажлис Сенати ва Қонунчилик палатасидаги чиқишларидаги ижро органлари раҳбарлари зиммасига юклатилган асосий вазифаларнинг мазмун-моҳияти хусусида сўз юритилди.

@Zarnews_uz
Forwarded from Samarqand TVR | MTRK
👉 Husnbuzarlar qachon qonunga amal qiladi

🔰 Samarqand shahri hokimligi Ishchi guruhi tomonidan muntazam ravishda shahar ko‘chalarida tartibsiz, o‘zboshimchalik bilan, shaharsozlik me’yorlariga amal qilinmasdan joylashtirilgan tashqi reklama vositalari tartibga keltirilmoqda.
🔈Hurmatli tadbirkorlar!
🔵 O‘z mahsulotlaringizni targ‘ib etishda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga amal qilishlaringizni qat’iy so‘rab qolamiz.

Norbek ALQAROV,
Shahar hokimining maslahatchisi

https://www.tgoop.com/SamTvr
🔰 Inson qadri ulug‘langan yurt

🟢 Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi tashabbusi bilan Samarqand viloyatidan joriy yil 7-9-dekabr kunlari Xorazm viloyatiga ishchi-xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun sayohat tashkil etilgan.
🔵 Ushbu sayohatda viloyat hokimligining Davlat tilida ish yuritish masalalari bo‘yicha jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Ishchi guruhi a’zolari ham boʻlib, ular Xorazm viloyatining tarixiy obida va qadamjolariga tashrif buyurishdi.

Sherali Temirov,
Viloyat hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
🏫 Qoʻqon universitetida davlat tili maslahatchilari uchun amaliy seminar boʻlib oʻtdi

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchilari ishtirok etishdi.

Seminarda asosan davlat tili va reklamaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosiga e'tibor qaratilib, oʻzbek tili xalqimiz uchun bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyat ekanligi ta'kidlandi.

Shuningdek, seminar davomida Qoʻqon shahrida davlat tilini rivojlantirish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan taqdimot boʻlib oʻtdi.

Kanalga ulanish 👉  https://www.tgoop.com/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
2025/07/10 13:56:52
Back to Top
HTML Embed Code: