Telegram Web
🔰 Ayni paytda Kattaqo'rg'on shahri Qoriravot mahallasi Samarqand shoh ko'chasida shahar Ishchi guruh tomonidan qonun talablariga zid bo‘lgan, ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari joyida tartibga keltirilmoqda.
🔵 Hurmatli tadbirkorlar, o‘z mahsulotingizni targ‘ib etishda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga qat’iy amal qilishlaringizni so‘raymiz. Zero, qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Sherov Jahongir,
Kattaqo'rg'on shahri hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎞 NO COMMENT

Viloyat hokimligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
💐 Shoh va shoirga ehtirom

🔰 Joriy yilning 14-fevral kuni Samarqand viloyati hokimligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilli munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy, abadiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Unda SamDU dotsenti Gulsanam Xoliqulova Boburning davlat boshqaruvidagi faoliyati hamda ijodi haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, tadbirda talabalar tomonidan Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qilib, san’atkorlar tomonidan qo‘shiqlar kuylandi.

Sherali Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Forwarded from PAYARIQ TUMANI HOKIMLIGI (Alimardon)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Payariq tumanidagi 74-umumta'lim maktabida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi nishonlandi

Kanalga ulanish:
👇👇👇
📱Telegram   📱Instagram
📱Facebook 🌍Veb-Sayt
#live

"Milliy tiklanish" uchun til – dard, og‘riq


Fraksiya yig‘ilishida qonunchilikda ilk bor qo‘llanilayotgan xorijiy so‘z – “proaktiv” so‘ziga eʼtiroz bildirildi.

Kozim Tojiyev: xalqaro so‘zlarning o‘zbekcha muqobili yo‘q, degan qarash bilan amaliyotga kiritaversak, o‘zbek tili qachon qonun tiliga aylanadi.

"Milliy tiklanish" uchun til – dard, og‘riq. Partiya xorijiy so‘zlarning shunchaki muomalaga kirib kelishini davlat tiliga hurmatsizlik deb baholaydi.


MTDP | Telegram
Forwarded from Zarnews.uz
Жомбойга бориб, Ўзбекистонда юрганимни ҳис қилдим

Пойтахтда яшаб, кўчалардаги русча, инглизча ёзувлардан ғашиқиб ўрганиб қолган эканман.
Илгари сартарошхона деган жойлар бўлар эди. Кейин “парикмахерская” бўлиб кетди. Энди “barbershop”га айланди. Машина ювадиган жойлар “автомойка”дан “car wash”га айланди… аммо ўзбекча бўлмади.


——-

Jomboyga borib, O‘zbekistonda yurganimni his qildim

Poytaxtda yashab, ko‘chalardagi ruscha, inglizcha yozuvlardan g‘ashiqib o‘rganib qolgan ekanman.
Ilgari sartaroshxona degan joylar bo‘lar edi. Keyin “parikmaxerskaya” bo‘lib ketdi. Endi “barbershop”ga aylandi. Mashina yuvadigan joylar “avtomoyka”dan “car wash”ga aylandi… ammo o‘zbekcha bo‘lmadi.


👉 https://zarnews.uz/7nof

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
Forwarded from PAYARIQ TUMANI HOKIMLIGI (Sirojiddin Nishonov)
Tuman hokimligi ishchi guruhi Qumchuq, Javshar ota va Alisher Navoiy mahallalarida reklama hamda davlat tilida ish yuritish qonunchiligi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

Hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan muloqot davomida “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelmagan hamda yo‘lning qatnov qismiga, piyodalar yo‘lagiga, simyog‘och va daraxtlarga noqonuniy o‘rnatilgan vositalar olib tashlandi.

Tushuntirish ishlariga qaramay noqonuniy reklama o‘rnatish, moliyaviy sanksiya (jarima) qoʻllanilishiga asos bo‘lishi haqida ogohlantirish berildi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
📱Telegram   📱Instagram
📱Facebook 🌍Veb-Sayt
2025/07/13 04:11:55
Back to Top
HTML Embed Code: